Go’zallik zinapoyasi, u jonsiz shakllarning go’zalligini ham, san‘atning go’zalligini ham o’z ichiga oladi. Go’zallik tabiatan kelib chiqadi va u sog’liq va uyg’unlik bilan bog’liqligi. Sheftsberi.
Go’zallikn idrok etishda aql emas, tuyg’ularning asosiy o’rin egallaydi deb hisoblanishi. Xatcheson.
Go’zallikka manfaatsiz qarashlar xususidagi dastlabki fikrlar. Xatcheson.
Ko’pchilikni ob‘ektiv ravishda xursand qiladigan narsani go’zallik deb hisoblanishi. Xatcheson.
San‘atda taqlid asl nushadan go’zalroq bo’lishi mumkinligi. Xatcheson.
Ulug’vorlik tushunchasining rivoj topishi va uning qo’rquv va daxshat bilan bog’lanishi. Byork.
Estetik did muammosining vujudga kelishi. Devid Yum.
Go’zallik va hissiyotning yaqin aloqasining e‘tirof etilishi. Xatcheson.
San‘atga oddiy xayotda odam mahrum bo’lgan narsalaing o’rnini qoplash vositasi deb qarash. Ma‘rifatparvarlik davri. Jan Batist Dyubo, Gelvetsiy.
Go’zallikka bir tomondan uning nisbiyligi, boshqa tomondan ta‘limning muhim elementi sifatida qarash, estetik did va daholik munosabatlarini o’rganish. Volter.
Go’zallik ideali xususidagi qarashlar, san‘atni oddiy taqlid sifatida idrok etish. Didro.
San‘atning tsiklik rivoji, ularning qadimiy, yuksak, go’zal va taqlidiy bosqichlari. Vinkelman.
Estetikaga va uning fanga aylantirishning iloji yo’qligi va unga didning tanqidi,- deb qarash.Kant.
Estetik mulohazalar (did) bilish ahamiyatiga ega emas, balki sub‘ektning ob‘ektga munosabatini belgilaydi,-deb qarash. Kant.
Go’zallik va ulug’vorlik kategoriyalarini qarama-qarshi qo’yish, ulug’vorlikni matematik va dinamik xususiyatlari bo’yicha ajratish. Byork.
Istehzoni ijodkorlikning zaruriy sharti sifatida tushunish. Shlegel.
Istehzoning maqsadsiz o’yinga aylanishi.Shiller.
Mimezis g’oyasining rivojlanishi.Taqlidning odatga, odatning uslubga aylanishi haqida fikrlar. Allegoriya va simvolning qarama-qarshi qo’yilishi.Gyote.
4 ta eng asosiy estetik kategoriyalarning ajratilishi. Ular go’zallik, ulug’voorlik, kulgililik va fojeaviylik.San‘atning harakatlantiruvchi kuchining fantaziya ekanligi. Zolger
Estetikani din va falsafa bilan birga Mutloq g’oyaning uch bosqichdan biri sifatida san‘at falsafasiga aylantirilishi.Gegel.
Badiiy asar talqiniga semiotik yondashuv. R. Bart.
Badiiy asar xalqqa, unimilliy ozodlikka olish chiqishga xizmat qilishi kerak. Anbar Otin.
Millatni estetik tarbiya orqali uyg’otishni birinchi vazifa deb bilish. Cho’lpon.
Estetikaning bir qator fundamental kategoriyalari transformatsion o’zgarishni boshidan kechirishi. Postmodernizm3.
Demak, san‘atda estetikaning asosiy qonuniyatlari ifodalansa, san‘at ham, estetikada fanining asosiy tadqiqod doirasini tashkil etadi.
Estetik mezonlar –har bir davrning ijtimoiy, badiiy g’oyalari bilan bog’liq. Shuningdek, mezonlarni shakllanishi va anglashdagi muayyan meʼyoriy unsurlar(garmoniya,ritm va b.) uning darajasini belgilaydi.
Normalar sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko’nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Tabiatda, jamiyatda va san‘at asarlaridagi har qanday go’zallik va uyg’unlik- ma‘lum bir estetik me‘yor va tartibga rioya qilishni taqozo etadi. Shunday qilib mezon – daraja, belgi, asos, qo’yilgan talablarga muvofiq ravishda nimanidir baholash asosida qaror qabul qilish qoidasi.Ularga amal qilish esa, har qanday sohada go’zallikni, jozibadorlikni yaratishda asos bo’lib xizmat qiladi.
YU. Borev sanʼatning kategoriyalarigaquyidagilarni kiritadi.
San‘at gnesologiyasi kategoriyalari (badiiy obraz, metod, badiiy haqiqat, badiiy kontseptsiya).
Badiiy tanqidning nazariyasi va metodologiyasi kategoriyalari (baho, asarning badiiy darajasi, sotsiologik, tarixiy, taqqoslochi, biografik, genetik, strukturaviy tahlil, mikroanaliz, diqqat bilan o’qish)4.
Estetika atamasiga uning tarixi mobaynida qarashlar turlicha bo’lgan. Uni goh,"go’zallik falsafasi" goh, "san‘at falsafasi" deb atashgan. Estetikani bir necha marta mustaqil fanlarga ajratmoqchi bo’lishgan. Masalan; estetik qadriyatlar nazariyasi, estetik idrok nazariyasi, san‘at nazariyasi, lekin tajriba shuni ko’rsatdiki, ushbu nazariyalar o’zaro shunchalik chambarchas bog’liq ekanki, ularni ajratib tashlash, deyarli mumkin emas ekan. Hozirgi kunda estetika ko’proq sohaviy ko’rinishga ega. Masalan: musiqa estetikasi, dizayn estetikasi, landshaft estetikasi va h.k.
Estetik bilimlar o’ziga xos va universaldir. Estetika san‘atning paydo bo’lishi shartlarini, uning strukturaviy va farmal xususiyatlarini o’rganadi. Estetika go’zallikni va boshqa estetik kategoriyalar va ularning go’zallikka nisbatini, estetik hissiyot va uning o’ziga xos xususiyatlarini, san‘at, dizayn, badiiy asar tuzilishi, janrlari, usullari, ifoda vositalari, badiiy ijod va idrok jarayonlarini, nosan‘at ob‘ektlar estetikasini (sport, moda, tabiat va b.), estetik tarbiya masalalarini,
estetik madaniyat va uning o’rnini tadqiq etadi. Shuningdek,
ushbu atamani kundalik hayotimizni barcha jabhalarida juda keng ma‘noda ishlatilishini kuzatishimiz mumkin(masalan: interer estetikasi, spektakl estetikasi), ushbu tushuncha san‘at asarlarining ham, kundalik buyumlarning ham, tabiat hodisalarining ham hissiy ifodali sifatini umumlashtiruvchi yagona printsipni bildiradi.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarni umumlashtirgan holda nafosat falsafasining tadqiqod doirasi va estetik mezonlariga quyidagicha xulosa qilamiz. Estetika" fanining maqsadi tabiat va san‘atdagi go’zal¬likning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish va go’zallikni idrok etish xususiyatlarini tavsiflashdan iborat. Estetika fani nafosat va go’zallikni o’rganadi, tabiatda, jamiyatda va sanʼat asarlaridagi har qanday go’zallik va uyg’unlik esa,- maʼlum bir estetik meʼyor va mezonlarga, tartibga rioya qilishni taqozo etadi.