Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.
8. Ta'lim shakillari:
Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
9.Ta'lim vositalari:
Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst.
10. Ta'lim shart sharoitlari:
Texnik ta'minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya,TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi.
11.Monitoring va baholash :
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqchilari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.
12. Motivatsiya Hayotimiz davomida doimo quyosh nurlari ta'siri ostida bo‘lamiz. Ular organizmga har xil ta'sir qiladi, bu ularning to‘lqin uzunligiga bog‘liq. To‘lqin uzunligi qanchalik katta bo‘lsa, ular shunchalik ko‘zga ko‘rinmas bo‘ladi. Tibbiyot amaliyotida ko‘zga ko‘rinmas nurlaridan kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida keng foydalaniladi. Tovush to‘lqinlari muhitning mexanik tebranishi natijasida paydo bo‘ladi. Odamning eshituv apparati chastotasi 16 gsdan 16 kgsgacha boradigan tovush tebranishini sezadi. Tebranishlarning soni 16 kgsdan ko‘p bo‘lsa ultra tovush to‘lqinlari deyiladi, tebranishlarning soni 16 kgsdan kam bo‘lsa infra tovush to‘lqinlari deyiladi. Fizioterapiya amaliyotida tebranishlarning soni 600 – 900 kgs keladigan tovush to‘lqinlaridan foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda bosimdan ham tibbiyot amaliyotida davolash maqsadida keng foydalaniladi.