1 – LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Ishning nomi: Turli plastik xususiyatli materiallar shakl elementlarini hosil qilish.
Ishdan maqsad: Turli plastik xususiyatli materiallar shakl elementlarini hosil qilishni o’rganish.
Ishni bajarish uchun kerakli asbob uskunalar: Moda jurnallari, qalam, qog’oz, chizg’ich, lekalo va hokazolar.
Asоsiy ma’lumоtlar
Har qanday tarixiy davrdagi kostyum shaklining zaminida odamning muayyan darajada plastik nafis obrazi va gavdasi (qaddi - qomati) yotadi. Kompozitsiyada har bir buyum garmoniyasi (yo’noncha «harmonia» - buyumlar, voqealar, buto’n qismlarning turli sifatlarining bog’’liqligi, kelishkanligi, muvofiqligi, monandligi) va barkamolligi haqida inson gavdasining estetik ideali o’zining tushunchasini rivojlantiradi, bundan esa kostyumdagi mutanosiblik, ko’lam, geometrik hajm, shakl va ranglarning turli - tumanligi kelib chiqadi. Antik estetikada me’yor go’zallikning asosi, me’yor yo’qligi esa uxshovsizlik ekanligi haqida qoida bor.
Qadimiy Yo’non kostyumning uslubi gazlama bilan inson shakli va tabiiy mutanosibligining garmonik birga qo’shilganligi bo’lib, bu yelkadan pastga tomon bemalol osilib turadigan kiyimdagi behisob xilma-xil taxlamalarda o’z ifodasini topgan edi. Kiyim to’g’ri to’rtburchak gazlamadan iborat bo’lib, o’ni yelka ustida bog’’lab yoki yelkaga tashlab qo’yib, gavdaning tabiiy go’zalligi va harakat bemallolligini ko’rsatadigan va o’nga halaqit bermaydigan nafis taxlamalalardan iborat bulardi.. Qiyinish san’atidan baxramand bulish va "standart" shakldagi hilma - xillikni topish uchun katta ustalik, madaniyat va did kerak bulardi.
O’rta asrlar kostyumi gavdani turli vositalar (shnurlar, korsetlar) yordamida qattiq qisib, tabiiy shakldan o’zoqlashtiradigan "g’ilof" sistemasi rivoj topishini boshlab berdi. Bunday kostyum yuqori tomon intilgan butxonalar arxitektura shakllarining dabdabador, cho’ziqligida, turmush va odatlarning sertakallufligida namoyon bulgan o’sha davr umumiy uslubining ifodasi edi. Ruhiy omil bilan moddiy omil o’rtasidagi ziddiyat kuchayib ketganligi natijasida O’rta asrlar san’atida disproportsiya bilan asimmetriya alohida ifodasini topgan edi. Uyg’onish davrida estetik dunyoqarashlarni qayta baholash yo’z beradi: yangi gumanistik ideologiya shakllanadi. Bu buyuk geografik kashfiyotlar, ilm va texnika yutuqlari davri, san’at davri edi. Bu Leonardo da Vinchi, Rafaelg’ Santi, Mikelanjelo kabi ulug’ allomalar davri edi. Bu davr kishisi faol, kuchli, g’ayratli, harakat qila olardi. U O’rta asrlardagi singari gavdasidan uyalmaydi, balki undan faxrlanadi. Odamning tabiiy qomati - estetik ideal hisoblanadi. Taxlamalar bilan basavlat turadigan yubka, ko’plab burmali yengli, ochik dekolteli kostyumlar og’ir duxobadan, parcha, atlas, movut va muynalardan tiqilardi. Kostyumlar juda ko’plab qimmatbaxo toshlar bilan bezalardi. Soch oddiy, tabiiy holda, tur yoki harir gazlama tutib, qimmatbaxo ziynatlar takib bezatilardi. Poyabzal - oyoqda bemalol turadigan keng boshmok.
Uyg’onish davridagi vazmin garmonik shakllarning asli tariqasida absolyutizm, dvoryanlar madaniyati va dunyoni bo’lib olish maqsadidagi urushlar ta’sirida tarkib topgan. Barokko uslubidagi XVII asr san’ati yo’zaga kelib, san’atda tantanavorlik, ulug’vorlik, dabdabadorlik, tiyiksiz zeb - ziynat, teatrona qalbaki xususiyatlar hukmron bo’lib qoldi. Endilikda odam ma’naviy qudratini gavda proportsiyalarining go’zalligini namoyish qiladi, ijtimoiy moliyaviy dunyodagi qudratli odam obrazi e’tibor markaziga o’tadi. Ataylab sohta holatda turish, teatrona harakat, dabdabali sersavlat alomatlar yo’zaga keladi. Gavdaning plastikasi o’zgardi, cho’nki podsho saroylarida oyoq uchida yurish lozim bo’lib, bu poshnali poyabzal paydo bulishiga olib keldi. Gavdani mo’nosib qilib ko’rsatish uchun kostyumning yelkasi, qorin qismiga har xil tagliklar qo’yardilar. Ayollar kiyimida qimmatbaxo gazlamalardan (parcha, vual, atlas, duxoba) ko’pqavatli qilib tikilib, naksh jimjimalari, bantlar, tur tiqilgan, kimmatbaxo toshlar taqilgan kostyumlar, erkaklar kiyimida - harbiy kostyum (mushketyorlar kostyumi), parik hukmronlik qilardi.
XVII asrda Barokko uslubi o’rniga nozik - nafis Rokoko uslubi yo’zaga keladi. Bu uslub o’zidan oldingi uslubning bevosita davomi bo’lib, undan shakllarinig nazokatliligi, murakkabligi bilan va g’aroyib jimjimadorligi bilan farq qiladi. Bu uslub uchun mavjud voqelikdan kechib, orzu - umidlar, sevgi - muhabbat olamiga intilish xarakterlidir. Bu uslub ta’sirida manfaatdorlik vazifasiga aloqador bulmagan kostyum qaror topdi. Bunday kostyumda gavdaning bel, kukrak, buksa qismlari ko’zga tashlanib turardi. Kostyum yengil, nozik bo’lib, boshdan-oyok gul tiqilgan turdan va «gazsimon» materialdan, «ko’pchitib» qo’ygandek tikib bezatilardi.
Qadimgi Xitoy xalqi - bayramona kiyimlarning rangini fasllarga o’xshatishgan. Qizil rangi - bu yoz faslini, olov rangini bildiradi. Oq rang - ko’z faslini bildirgan. Bu rang taziyani bildirgan. Qora rang - kish ramzi, shimol rangi, quduqdagi suvning rangini bildirgan. Sariq rangi - yozning oxiri, nonning pishgan vaqtini anglatgan. Bu ranglarning kiyimga ta’siri juda katta bulgan.
Har qanday kostyum o’zining fo’nktsiyasiga ega va kerakli axborotni yetkazadi. 1921 yilda yaratilgan modellar rangli kostyumlar yoki bahor kostyumi deb atalgan. Cho’nki kostyumda har xil ranglar tasvirlangan. Shunday kostyumlar yaratildiki, o’nda geometrik shakllar tasvirlanardi. Kostyum to’g’risida har xil pozitsiyadan gapirish mumkin. Keyinchalik vaqt o’tishi bilan kiyimlar manekenlarga kiyg’izib tikiladigan buldi. Bunday kiyimlar tanaga yopishib turadigan, loyiqqina qilib tikiladigan buldi.
XIX asrdagi yevropacha kostyum tarixi 1789 yildagi frantso’z burjua revolyutsiyasining buronli voqealaridan boshlanadi. kapitalizmning, fan va texnikaning gurkirab taraqqiy etishi, yangi materiallar, tikuv mashinasi paydo bulishi xarakterli edi. Natijada ilgarigi uslublarning barchasi: antik dunyo va qadimgi rim san’atiga o’xshab ketadigan klassitsizm, ampir, soxta gotika, borokko, yangi uslublar - kaleydoskopdagi singari birin-ketin o’tadi. Bu taqlid qilish asri edi.
Konstruktsiyaning vazifasi, mantiqi bilan kiyim materiali o’rtasida mustahkam aloqa hali yo’q edi. Kostyumda qator shakllar, siluetlar; karkaslardan xalos bulish ko’zatilib va gavdani moslab tikish urf buldi.
XX asr shakl va materiallar tanlashda katiyan xizmatboplikni, soddalikni, bemalollikni o’z printsipi deb e’lon qildi. Bu asr fan - texnika taraqqiyoti asri, sanoatning gurkirab o’sish asri, ayol kishining mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida va ijtimoiy ishlab chiqarishda faol katnashuv asri, kosmos asridir. Bu asr o’zi uchun anchagina barqaror elementlar topib, shularni ishlatish yordamida murakkab shakllarning nihoyatda ko’p hilma - xilligiga erishdi. Kostyumning obrazli ifodaliligi endilikda ilgarigidek boshqa vositalar yordamida erishiladi, ya’ni siluetlar tez-tez almashinib turadi, chiziqlar injiq va doimiy emas; gavda bilan kostyumning o’zaro bog’’liqligi dinamikada o’z ifodasini topdi - kiyim bir qarasangiz gavdaga yopishib, gohida o’nga salgina tegib, bazan esa gavdadan juda qochib turadigan buldi. Kostyumni shakllantirishda xizmatboplikni asos qilib olgan dizayn, yangi sanoat buyumlarini badiiy loyixalashda asosiy rol o’ynadi.
Dostları ilə paylaş: |