Falsafa asoslari


səhifə37/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   221
Falsafa asoslari

Borliq va mavjudlik. 
Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jami­
yat, tafakkur, g‘oyalar, o‘y-xayollarimiz barchasi birday mavjud­
dir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bolib, hammasi 
mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi.
96


Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat 
obyektiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bogliq bolmagan 
jismoniy mohiyatga ega bolgan narsalargina kiritiladi. Borliqning 
ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy shakllari bu ta’rifdan 
tashqarida qoladi.
Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraksiya bolib, 
mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o‘ziga qamrab 
oluvchi o‘ta keng tushunchadir. U o‘ziga nafaqat obyektiv real- 
likni, balki subyektiv reallikni ham qamrab oladi.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham 
kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda 
namoyon bolib turgan qismi bolib, olgan va mavjud boladigan 
narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, 
mavjudlikning hammaga ayon bolgan, ular tomonidan tan olin- 
gan qismi. Borliq o‘ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab 
oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajra­
tib kolsatiladi. Ularga: tabiat borligl, jamiyat borligl, ong borligl 
kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borligl va jamiyat 
borliglning quyidagi shakllari ham farqlanadi. Tabiat borligl 
odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borligl 
sifatida tushuniladi. U ikkiga bolinadi: azaliy tabiat borligl (yoki 
tabiiy tabiat borligl, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham 
mavjud bolgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsa­
lar borligl («ikkinchi tabiat» borligl, ya’ni madaniyat). Ikkinchi 
tabiat borligl esa, o‘z navbatida, quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi:
— inson borligl (insonning narsalar olamidagi borligl va 
odamning o‘ziga xos bolgan insoniy borligl);
— ma’naviy borliq (individuallashgan va obyektivlashgan 
ma’naviy borliq);
— sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borligl 
va jamiyat borligl), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.
Keyingi yillarda virtual borliq (lot. virtus — ehtimol tutilgan, 
mumkin bolgan; realis - haqiqiy, mavjud) - zamonaviy texnika 
vositalari va informatsion kommunikatsiyalar yordamida yara- 
tiladigan va insonga olamni o‘ziga xos idrok etish va anglash
97


imkonini beradigan sun’iy dunyo shakli haqida ham ko‘plab 
fikrlar bildirilmoqda. Borliqning turli kompyuter modellari 
va elektron borliq uning sinonimlaridir. XX asrning 60-yillari 
oxirida Mayron Kryuger tomonidan «Sun’iy borliq» tushunchasi 
ilmiy muomalaga kiritilgan bolsa, Jaron Lanyer hozirgi kun­
da keng tarqalgan «vertual borliq» atamasini 1989-yilda ilmiy 
muomalaga kiritgan edi. U 1984-yilda dunyoda birinchi virtual 
borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratila- 
digan muhitda olam, borliq shakllari va insonning mavjudligi 
g'oyasini ifoda etadi.
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois unda mavjud bar­
cha narsalarning manbayi inson ongidir. Binobarin, u obyektiv 
tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud 
boladi. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongi- 
dan qat’i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir 
ko‘rsatadi, mazkur ongning mazmuniga — bilimlar, emotsiyalar, 
kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok 
etiladi.
Borliqning moddiy shakli materiya o‘ziga barcha jismlarni, 
hodisalarni, jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab ola­
di. Bundamtashqari u tafakkurni ham, olamda mavjud bolgan 
barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi 
umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga xos 
umumiylikni axtarishning bir yo‘nalishi moddiy olamning aso­
sida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish yoli bolib, yuqorida 
qayd etganimizdek, substansiyani aniqlash yolidir. Ikkinchi yol 
esa — moddiy olamning asosiy tarkibiga kiruvchi «qurilish ele- 
mentlarini» — substratni axtarish yoli. Uchinchi yol — hamma 
narsaning vujudga keltiruvchi bosh sababchisini, ota moddani, 
ya’ni pramateriyani axtarish yoli. Mana shu yol haqida maxsus 
to‘xtab o‘taylik.
Olamning substansiyasini axtarishning bu usuli go‘yoki meva 
iste’mol qilayotgan kishi, uning kelib chiqishini axtarib, dastlab 
daraxtga, so‘ngra uning guliga, bargiga, ko‘chatiga va uruglga 
nazar solganidek, atrofimizdagi moddiy olamning o‘zagida dast­
labki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, ya’ni ilk materi-
98


yani, azaliy materiyaning «bobokalonini», «pramateriyani» axta- 
rish usulidir.
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish 
falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning maydonga kelishiga 
va rivojlanishiga sababchi boldi. Materiya tushunchasi moddiy 
unsurga nisbatan ham, atomga nisbatan ham, pramateriyaga nis- 
batan ham umumiyroq bolgan tushunchadir. Materiya olamdagi 
barcha moddiy obyektlarni, butun obyektiv reallikni ifoda etuvchi 
eng umumiy tushunchadir. Faylasuflar «Tom ma’nodagi materiya 
faqat fikrning mahsuli va abstraksiyasidir» deb yozishadi. Fay­
lasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumiy 
tarzda ifodalash uchun qollaydigan tushuncha materiya deb ata­
ladi. Demak, materiya moddiy obyektlarga xos eng umumiy tu­
shuncha, falsafiy kategoriyadir.
Borliqning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi ham fan­
ning uzoq o‘tmishiga borib taqaladi. Masalan, qadimgi Hindis- 
ton va Xitoyda, Misr va Bobilda, qadimgi 0 ‘rta Osiyo va Yu- 
nonistonda ba’zi faylasuflar olamning asosida qandaydir modda 
yoki muayyan unsur yotadi, deb hisoblashgan. Ularning ba’zilari 
bu unsurni olov, boshqalari suv yoki havo, ayrimlari esa — tup- 
roqdan iborat deb hisoblashgan. Ba’zi bir falsafiy ta’limotlarda 
esa, olamning asosida — olov, havo, suv va tuproq yotadi, bar­
cha narsalar ana shu to‘rtta unsurning birikishidan hosil bolgan, 
deyilgan.
Olamning asosida yotuvchi substansiyani axtarishning yana bir 
yoli narsalarning tarkibidagi bolinmas eng kichik unsurni, ya’ni 
narsalarning tarkibidagi umumiy substrat (lotincha substratum — 
asos ma’nosini anglatadi)ni axtarishdir. Bunday yo‘nalishga man- 
sub oqimlardan biri atomistik oqim hisoblanadi. Masalan, qadim­
gi Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit va Lukretsiylar 
narsalarning va butun olamning asosida eng kichik bolinmas un~ 
surlar atomlar yotadi, ular o‘zlarining shakli, harakatlanishi va 
vaznlari bilan bir-birlaridan farq qiladi, deb hisoblashgan.
Albatta bu ta’riflarni bir yoqlama mutlaqlashtirib tushun- 
maslik lozim. Bu ta’riflarda ko‘proq sezgi a’zolarimizga bevosita 
ta’sir etishi mumkin bolgan reallik nazarda tutilgan. Nimaiki
99


mavjud bolsa, ularning hammasi birgalikda siz bilan biz man­
sub bolgan dunyoni ifodalaydi. Ammo tabiat, jamiyat va inson 
tafakkurining asosida yotuvchi va ularni birlashtiruvchi shunday 
bir umumlashtiruvchi tushuncha ham borki, u obyektiv olamning 
mazmunini ifoda etadi. Bunday tushuncha haqidagi tasavvurlar 
butun fan tarixi mobaynida rivojlanib kelgan. Dastlab, bu umum­
lashtiruvchi tushuncha, narsalarning asosida nima yotadi, degan 
nuqtayi nazardan kelib chiqib, substansiya (lotincha, substantia
— nimaningdir asosida yotuvchi mohiyat degan ma’noni beradi) 
deb ataldi.
Substansiya — muayyan narsalar, hodisalar, voqealar va jara- 
yonlarning xilma-xil ko‘rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va 
ular orqali namoyon boluvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta 
mohiyat — substansiya yotadi, deb hisoblovchi ta’limotni monizm 
deb atashadi. Faylasuflar substansiya sifatida biror jismni, hodi­
sani, materiyani, g‘oyani yoki ruhni olishgan. Substansiya sifatida 
moddiy jismlarni, materiyani oluvchilar — materialistik monizm 
tarafdorlari. g‘oyani, ruhni oluvchilar esa — idealistik monizm 
tarafdorlari hisoblanadilar. Shuningdek, olamning asosida ham 
moddiy jism yoki materiya, ham g‘oya yoki ruh yotadi deb hi­
soblovchi faylasuflar dualistlar (dualizm lotincha, dualis — ik- 
kilangan degan tushunchani anglatadi) deb hisoblanadi. Arastu, 
Moniy, R. Dekart va boshqalar dualistlardir. Olamning asosida 
ko‘p substansiyalar yotadi deb hisoblovchilarni esa plyuralizm 
(lotincha pluralis — ko‘pchilik so‘zidan olingan) tarafdorlari deb 
atashadi.
Olamning namoyon bolish shakllari xilma-xildir. Faqat mod­
diy jismlarnigina o‘ziga qamrab oluvchi olamni moddiy olam 
deyishadi. Ayrim kishilar uni jismoniy, ya’ni fizik olam deb 
atashadi. Odamning ma’naviy, ruhiy dunyosini qamrab oluvchi 
olamni ma’naviy olam deyishadi. Aynan shu paytda biz bilan 
birgalikda mavjud bolgan olam aktual olam deyiladi. Kelajakda 
mavjud bolish imkoniyati bor va bolishi mumkin bolgan olam 
potensial olam deyiladi. Masalan, sizning bugungi kundagi ta- 
labaligingiz aktual olamga mansub bolsa, kelajakda mutaxassis 
bolib yetishishingiz esa potensial olamga mansubdir.
100


Olamning mavjudligi shubhasiz bolgan va barcha e’tirof etadi- 
gan qismi real olam deyiladi. Kelajakda mavjud bolishi ehtimoli 
bolgan olam virtual olam deb ataladi (virtual so‘zi lotincha virtu- 
alis — ehtimoldagi degan ma’noni beradi). Aniq ma’lum bolgan 
olam konkret olam deyiladi, xayoldagi, tasavvurdagi, idealdagi 
olam obrazi abstrakt olam deyiladi.
Odamning kundalik hayotidagi hammaga ma’lum bolgan, tan 
olingan hayoti real olamga mansub bolsa, uning xayoliy rejalari 
virtual olamga, uning o‘zi va atrofidagilar konkret olamga, ke- 
lajakka yo‘nalgan orzu-umidlari esa abstrakt olamga mansubdir. 
Odam o‘z rejalarini real olamga asoslanib tuzsa, potensial ola- 
mining konkret reallikka aylanish ehtimolligi oshadi.
Odam olamda boshqalardan ajralib, yakka-yu yagona bolib 
emas, balki ijtimoiy hayot kechiradi va jamoa bolib yashaydi. 
Odamlar jamoasi jamiyatni tashkil etadi. Odamlar jamiyatdagi 
o‘zaro munosabatlari, faoliyatlari, o‘y-xayollari, ideallari, maqsad 
va maslaklari bilan birgalikda ijtimoiy olamni tashkil etishadi. 
Odamning jamiyatdagi boshqalar bilan birgalikdagi ijtimoiy 
faoliyati, ularning har biriga xos bolgan takrorlanmas individual 
olamlariga bogliqdir. Individual olam, ayni paytda tashqi olamni 
ham, ijtimoiy olamni ham aks ettiradi, o‘zida ifodalaydi Bular 
bir-birlari bilan chambarchas bogliqdir.
XX 
asrning o‘rtalariga kelib, kvant mexanikasi, nisbiylik 
nazariyasi va hozirgi zamon kosmologiyasi sohalaridagi ilmiy yu­
tuqlar kishilarning obyektiv olam haqidagi tasavvurlarini tubdan 
o‘zgartirib yubordi. Natijada, tabiatshunos olimlar sezgilarimizga 
bevosita ta’sir etishining imkoni bolmaydigan realliklar haqida 
ham tadqiqotlar olib bora boshladi.
Olamning klassik mexanika nuqtayi nazaridan kelib chiqib, 
nisbatan kichik tezlikda harakatlanuvchi sistemalar haqidagi ilmiy 
manzarasi o‘rnini yangicha ilmiy manzaralar egallay boshladi. Bu 
esa materiya haqidagi tasavvurlarning yanada rivojlanishiga sha- 
roit tug‘dirdi. Bu o‘zgarishlarni hisobga olib, marksist-faylasuflar 
bu ta’rifga sezgilarimizga bevosita yoki bilvosita (ya’ni turli asbob- 
lar; qurilmalar vositasida) ta’sir etuvchi, degan qo‘shimcha kiri- 
tishdi. Shunday qilib, bu ta’rif go‘yo materiyaning moddaviy va
101


nomoddaviy shakllarini, ya’ni modda va antimodda ko‘rinishlarini 
qamrab oluvchi ta’rifga aylandi.
Materialistlar materiyani obyektiv reallik, deb ta’riflashadi. 
Obyektiv reallik inson sezgilariga bog‘liq bolmagan holda, undan 
tashqarida mavjud bolgan voqelikdir. Bu butun mavjudlikning 
subyektiv reallikdan tashqaridagi qismi hisoblanadi. Obyektiv re- 
allikning mavjudligi qanday namoyon boladi? Bu savolga javob 
topishda, borliqning ajralmas xususiyatlarini o‘rganishga to‘g‘ri 
keladi. Har qanday jismning ajralmas xususiyati lotincha «atribut» 
so‘zi bilan ataladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin