kuriga xos bolgan eng muhim xislatlardan biridir. Ma’lumki,
obyektiv voqelikdagi buyum va hodisalar bir vaqtda, bir xil sha-
roitda biror
xususiyatga ham ega bolishi, ham ega bolmasligi
mumkin emas. Masalan, bir vaqtning o‘zida, bir xil sharoitda
inson ham axloqli, ham axloqsiz bolishi mumkin emas. U yo
axloqli, yo axloqsiz boladi.
Bir vaqtning o‘zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taal-
luqli bolmasligi tafakkurda nozidlik
qonuni sifatida shakllanib
qolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yol qo‘ymaslikni
talab qiladi va tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil bolishini
ta’minlaydi.
Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan
ikki o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi (qarama-qarshi yoki zid)
fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bolishi mum
kin emasligi, hech bolmaganda ulardan biri, albatta, yolg‘on
bolishini ifodalaydi. Bu qonun «А ham В ham В emas bola
olmaydi» formulasi orqali beriladi.
Nozidlik qonuni qarama-qarshi va zid mulohazalarga nis
batan qollanadi. Bunda qarama-qarshi
mulohazalarning har
ikkalasi ham bir vaqtda yolg‘on bolishi mumkin; o‘zaro zid
mulohazalar fcsa, bir vaqtda yolg'on bolmaydi, ulardan biri
yolg‘on bolsa, ikkinchisi albatta chin boladi. Qarama-qarshi
mulohazalarda esa,
bunday bolmaydi, ya’ni ulardan birining
yolg‘onligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi. Masalan:
«Aristotel — mantiq fanining asoschisi» va «Aristotel — mantiq
fanining asoschisi emas» — bu o‘zaro zid mulohazalardir. Bu
zid mulohazalarning har ikkalasi bir vaqtda yolg‘on bolmaydi.
Ulardan birinchisi chin bolganligi uchun, ikkinchisi yolg‘on
boladi. 0 ‘zaro qarama-qarshi bolgan «Bu qog‘oz oq rangda»
va «Bu qog‘oz qora rangda» mulohazalarining esa ikkalasi bir
vaqtda, bir xil nisbatdayolg‘on bolishi mumkin. Chunki qog‘oz
oq ham,
qora ham bolmasligi, balki sariq, qizil yoki boshqa
rangda bolishi mumkin.
Ba’zida ikki qarama-qarshi fikr aytilganda mantiqiy ziddiyat
bolmasligi mumkin. Bunda bir masala yuzasidan bayon qilin
gan qarama-qarshi flkrlar turli vaqtda va turli nisbatda aytilgan
206
boladi. Masalan: «Akmal musobaqada qatnashmadi» va «Akmal
musobaqada qatnashdi». Bu mulohazalar
turli vaqtga nisbatan
(bir oy awal yoki keyin), turli munosabatda (suzish yoki shaxmat
bo'yicha) bayon qilingani tufayli bir-birini inkor etmaydi. De-
mak, fikrlash jarayonida vaqt, munosabat va obyekt birligining
saqlanishi Nozidlik qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart-
sharoit hisoblanadi.
Mantiq ilmi umuman har qanday zid mulohazalarni taqiq-
lamaydi, balki bir masala yuzasidan bir xil vaqt va munosabat
doirasida o‘zaro zid, qarama-qarshi
mulohazalarni bayon qilish
mumkin emasligini ta’kidlaydi.
Formal mantiq mantiqiy ziddiyatlar bilan real hayot ziddiyat-
larini chalkashtirib yuborishni qoralaydi. Chunki bulardan bi-
rinchisi tafakkurda yo‘1 qo‘yib bolmaydigan ziddiyat bolsa, ik-
kinchisi buyum, hodisalar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil
qiladigan dialektik ziddiyatdir. Birinchisi subyektiv,
ikkinchisi
obyektiv ziddiyatdir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: