Falsafa asoslari


Look: Morris R. Cohen Ernest Nagelan introduction to logic and scientific


səhifə122/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   221
Falsafa asoslari

1 Look: Morris R. Cohen Ernest Nagelan introduction to logic and scientific
method New Dehli. 2007. p.82
2 Look: Morris R. Cohen Ernest Nagelan introduction to logic ... New
Dehli. 2007. p.78.
238


Bizga quyidagi sillogizm berilgan bolsin:
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Bu o‘quvchi matematikani biladi.
Bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Endi bu sillogizmni entimema ko‘rinishiga keltiramiz:
1. Bu o‘quvchi matematikani bilgani uchun, masalaning javo­
bini to‘g‘ri topadi (katta asos tushirib qoldirildi).
2. Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topa­
di, shuning uchun bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi 
(kichik asos tushirib qoldirildi).
3. Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri to­
padi, jumladan bu o‘quvchi ham (xulosa tushirib qoldirildi).
Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayoni va notiqlik 
san’atida keng qollaniladi.
Induktiv xulosa chiqarish. 
Yakka mulohazalarni umumlashtirib 
xulosa chiqarish kundalik hayotda, ilmiy bilishda ko‘p qollaniladi. 
Inson hayotiy tajriba natijalarini, kuzatishlarini umumlashtirib, 
aynan shu usul asosida xulosa chiqaradi. Fikrning yakkalikdan 
umumiylikka qarab harakatlanishini ifodalovchi bunday xulosa 
chiqarish turi induksiya (lot. «inductio» — yagona asosga keltirish) 
deb ataladi. Induktiv xulosa chiqarishda kuzatish va tajriba nati- 
jalari muhim ahamiyatga ega. Induktiv xulosa chiqarish bavosita 
xulosa hisoblanadi. Induktiv xulosa chiqarish asoslari ikkita va 
undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan boladi. Ular, odatda, 
yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladi. 
Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlaming barcha- 
siga nisbatan umumiy mulohaza tarzidagi fikr hosil qilinadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin