Falsafa asoslari


səhifə157/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   221
Falsafa asoslari

Mehnatsevarlik 
— ijtimoiy foydali mehi at uchun o‘z vaqti 
va kuchini berishga tayyorlik holati. Mehnatsevarlik mehnatga 
bolgan ijobiy munosabatning namoyon bolishidir. Shaxs man-
287


faati nuqtayi nazaridan, mehnatsevar insonning o‘z hayotida mu- 
vaffaqiyatga erishish garovi bolsa, axloqiy nuqtayi nazardan xalq 
farovonligini ta’minlash uchun zarur faoliyatdir. Mehnatsevar- 
likning yo‘qligi va dangasalik esa nuqson sifatida qaraladi. Shu 
bilan birga, ishga haddan tashqari ruju qo‘yish ijtimoiy manfaatlar 
nuqtayi nazaridan biroz qoralanadi ham. Bunday mehnat, ya’ni 
o‘zaro munosabatlar evaziga mehnatga ruju qo‘yish, shaxsning 
o‘z egoistik maqsadi yo‘nalishidagi faolligi deb qaraladi. Shuning 
uchun mehnatga baho berishda masalaning ma’naviy jihati us- 
tunlik qiladi.
Tinchlikparvarlik 
— shaxs axloqi va ma’naviyatini belgilovchi 
fazilatlardan biri bolib, u urushlarga yo‘1 qo'ymaslik, davlatlararo 
nizo va mojarolarni siyosiy vositalar bilan hal etish, mamlakat 
ichidagi kelishmovchiliklarni tinch yollar bilan bartaraf qilish, 
inson huquqi va qonun ustuvorligini ta’minlash tamoyillarini ifo- 
dalovchi tushunchadir.
Tinchlikparvarlikning yana bir ko‘rinishi bu totuvlik bolib,
1) tor ma’noda — odamlar, oila, mahalla yoki guruh a’zolari ora- 
sidaga o‘zaro ma’naviy-murosaviy munosabat; 2) keng m a’noda 
fuqarolarning ma’naviy-axloqiy mezonlari, xatti-harakatlari, 
hayotga munosabatlarida ko‘zga tashlanadigan ma’naviy hodisa. 
Totuvlik jamiyatda turli xil ijtimoiy qatlam va guruhlarning turli 
millat, irq va dinga mansub kishilarning o‘zaro munosabatlari­
da, ularning muayyan davlat siyosatiga bolgan munosabatlarida 
hamfikrlilik tamoyili asosidagi umumiylikni anglatuvchi tushun­
cha hamdir.
Axloqiy me’yorlar ham inson hayotida muhim ahamiyat kasb 
etadi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin