Falsafa asoslari


 Alqarov I.Sh. va boshqalar. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. — Т


səhifə168/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   221
Falsafa asoslari

1 Alqarov I.Sh. va boshqalar. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. — Т.:
2009. - 16 b.
301


ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri si­
fatida qaralgan.
Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma’naviy, axlo­
qiy tamoyillarini shakllantirish. Ajralish va uning axloqiy kamo-
lotga salbiy ta’siri. 
Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning 
m a’naviy, axloqiy tamoyillarini shakllantirish ayniqsa bugun dol- 
zarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Oilada kishi xarakterining, 
uning mehnatiga, eng muhim ma’naviy, g‘oyaviy va madaniy 
boyliklariga munosabatining asosi shakllanadi. Shuning uchun 
ham jamiyat oilaning mustahkam, ma’naviy va axloqiy jihatdan 
soglom bolishidan g‘oyat manfaatdordir. 2012-yilga «Mustah­
kam oila yili» deb nom berildi. Mamlakatimizda oila institutini 
rivojlantirish va takomillashtirish borasida yangi qarorlar, das- 
turlar qabul qilindi. Bugun ham ushbu dasturlarda belgilangan 
vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilmoqda. Chunki 
oila mamlakatimizdagi eng oliy qadriyat sanaladi. Oilaning eng 
muhim vazifasi esa tarbiya hisoblanadi.
Oila — tarbiya maskani, aynan shu maskanda dunyoga kel­
gan farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni oladi, bal­
ki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob qoidalarini ham egallab 
boradi. Ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, 
poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi qadriyatlar ona suti, 
oila a’zolari mehri va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati 
mazmuniga singib boradi.
Ta’lim-tarbiyaning ham da m a’naviy va axloqiy fazilatlar- 
ning rivojlanishida oila uning negizi, ya’ni tayanchi hisobla­
nadi. Oilada farzandlarning yetuk inson sifatida kamolga yetishi 
ko‘p jihatdan ota-onaga bog‘liq. Farzand tarbiyasining bu qadar 
muhimligi shunda namoyon boladiki, hozirgi yoshlar ertaga 
butun yurtning egalari, merosxo‘rlari, davomchilari bolishadi 
va shu sababdan ham butun yurtning kelajagi hozirgi yosh- 
larga bogliqdir. Agar oiladagi m uhit yaxshi b o lsa hamda far- 
zandga alohida e’tibor berilib unda salbiy xislatlarning paydo 
b olishining oldi olinsa, yaxshi xulq bilan shakllanib boradi. 
0 ‘zbek oilasida bola ongida soglom g‘oya bilim lar shakllani- 
shi jarayonida oilaning kattalari — bobolar, momolar, yaqin qa-
302


rindosh u ru g la ri ham bevosita ishtirok etadi. Udumlarimizga 
binoan bola tarbiyasida ota-onadan ham ko‘ra buva va buvilar- 
ning ta ’siri kuchliroq b oladi. U lar oiladagi ma’naviy muhitning 
boshqaruvchilari hisoblanadi.
Bolaning aqliy, axloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, 
ma’naviy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Shu 
boisdan ham «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi»da bu 
masalaga alohida urg‘u berilgan.
Ya’ni:
— «oila oilaviy an’analarni hamda ma’naviy-axloqiy merosni 
saqlab qoluvchi, davom ettiruvchi;
— jamiyatning eng kichik bir qismi bolib, bolaning madaniy
estetik va boshqa ehtiyojlari o‘sishini va soglom turmush tarzini 
ta’minlovchi;
— bolaning xulq-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi 
murabbiy;
— hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo masla- 
hatchisi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatguvchisidir», deyiladi.
Oilada ba’zida farzandlar bilan b o g liq muammolar tufayli, 
qarindosh-uruglarning o'rinli va o'rinsiz oilaga aralashuvlari 
tufayli, kasalliklar, yetishmovchiliklar tufayli qiyin vaziyat- 
lar yuzaga kelishi mumkin. M ana shunday damlarda mavjud 
holatni axloqiylik bilan baholab, bir yoqadan bosh chiqarib 
harakat qilish er-xotinning irodasiga, bilimiga, hayotiy tajri- 
basiga bogliqdir. M ana shu jihatlarning yetishmasligi sababli 
ham ajralishlar ko‘paymoqda. Bundan tashqari, sotsiologlar 
ajralishlarning bir qancha sabablarini sanab o'tishgan: «Badav- 
lat kishilarning bir qismini hisobga olmaganda, bugungi kun- 
da nikoh odam larning o‘z mulki va mavqeini keyingi avlodga 
o‘tkazish maqsadidagi sa’y-harakatlari majmuyi b o lm ay qoldi. 
Ayollar iqtisodiy mustaqilligining ta ’m inlanishi bilan nikoh qa- 
chonlardir bolganidek, iqtisodiy sheriklik zaruriyatining nati- 
jasi hisoblanmay qoldi»1.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin