14. “Zaruriyat” kategoriyasining ta’rifini aniqlang. A) Imkoniyatning yuzaga chiqishi.
B) Sabab ta’sirida yuzaga keladigan natija, yakun.
V) Muayyan sharoitda albatta yuz berishi lozim bo’lgan narsa, hodisa.
G) Tamoyil tushunchasining ayni o’zi.
15. “Sabab” kategoriyasining ta’rifini toping. A) Vokelikning embirional ko’rinishi.
B) O’ziga muvofiq keladigan biror natijani keltirib chiqaruvchi holat, vaziyat.
V) Imkoniyatning ayni o’zi.
G) Mazmunning ifodalanish usuli, tashkil etuvchisidir.
16. “Til” tushunchasi ta’rifini bering. A) Og’iz bo’shlig’idagi ta’m bilish organi.
B) Moddiy predmetlarning belgi yoki simvolik funktsiyasi.
V) Fikrning bevosita voqe bo’lish usuli, aloqa vositasi
G) Ollohning insonga ato etgan mo’jizasi.
17. Bilishning dialektik yo’lini qanday tushunasiz?
A) Aqliy bilishdan xissiy bilishga va undan tajribaga.
B) Xissiy bilishdan aqliy bilishga va undan amaliyotga.
V) Bilish umuman dialektik xarakterda emas.
G) Tajribadan aqliy bilishga.
18. Amaliyot turlari sirasida qaysi biri belgilovchi sanaladi? A) Texnik faoliyat.
B) Ijtimoiy faoliyat.
V) Madaniy-maishiy faoliyat.
G) Moddiy ishlab chiqarish faoliyati.
19. Ijtimoiy ongning shakllari- A) Mifologik va diniy.
B) Individual, ijtimoiy, psixologik va mafkuraviy.
V) Siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik, ekologik.
G) Ilmiy va noilmiy.
20. Jamiyat iqtisodiy hayotiga bevosita va eng kuchli ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy ong shaklini aniqlang. A) Axloqiy ong.
B) Huquqiy ong
V) Diniy ong.
G) Siyosiy ong
21. “Inson”ning mohiyati nimada? A) Inson - ijtimoiy mavjudot.
B) Inson – bioijtimoiy vujud.
V) nson- barcha buyumlar mezoni (o’lchovi).
G) Inson – aqlli biologik organizm.
22. “SHaxs”ni siz qanday tushunasiz? A) Davr ruhini o’z “men”ligida gavdalantira olgan faol inson.
B) Bioijtimoiy mavjudot.
V) Kishi, inson, individ tushunchalarining sinonimi.
G) Har qanday odam, inson.