Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə102/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
falsafa majmua 2023 (1)

32. “Mafkura” nima?
A) Amaldagi ijtimoiy ong.
B) Muayyan maqsadlarni ximoya etuvchi va ommani ana shu maqsadlarga safarbar qiluvchi g’oyalar, qarashlar tizimi.
V) G’oyalar jami.
G) Ijtimoiy ong darajasi, o’zida ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi ustqurmaning bir qismi.
33. Etnik jamoalarning tarihiy turlarini ko’rsating.
A) Urug’, qabila, elat, millat.
B) Qabila, millat, elat.
V) Irq, millat, xalq.
G) Elat, millat, milliy guruh, etnik guruh.
34. Millatning muhim belgilarini ko’rsating
A) Iqtisodiy aloqalar, tili, psixologik moyilligi.
B) Tili, madaniyati, milliy o’zligini anglashi, davlati.
V) Hududi, davlati, iqtisodiy hayoti, tili, o’zligini anglash, madaniyatining umumiyligi.
G) Madaniyati, tili, xududi, milliyligini anglash.
35. Fuqarolik jamiyatining bosh tamoyili, bu-
A). Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish.
B) Ko’p partiyaviylik.
V) SHaxs erkinligi.
G) O’zini-o’zi boshqarish.
36. Ijtimoiy taraqqiyotning “o’zbek modeli” nimaga asoslanadi?
A) O’zimizga xos bo’lgan rivojlanish tamoyillariga.
B) Dunyo hamjamiyati iqtisodiy rivojlanishi omillariga.
V) Konstitutsiyaga.
G) Yangisini qurmay turib, eskisini buzmaslik tamoyiliga.



  1. Talaba bilimini baholashning ruhiy (psixologik), ahloqiy va metodik jihatlari

Metodika kursining bugun mazmunidan va avvalo falsafaning yuksak ma’nodagi mohiyatidan falsafa o‘qituvchisi "donishmandlikniig muridi", haqiqat xizmatchisi ekani ko‘rinadi. U jaholat qorong‘uligida adashganlarga yo‘l ko‘rsatuvchi mayoqdir. O‘qituvchi ziyosi — bilim va axloqi — asosan adashganlarni, nodonlikda yurganlar ongini qoplab yotgan parda ostidagi imkoniyat va qobiliyatlarni namoyoi bo‘lishi, yuzaga chiqishi uchun safarbar etilishi kerak.
Lekin o‘qituvchi uchun eng xavfli bitta illat borki, shu tufayli aslida yaxshi ish buzilishi mumkin. Bu illat ijroning yomonligi, mahoratning etishmasligi illatidir. SHu ma’noda talaba bilimini baholashning ham o‘z ahloqiy, metodik, psixologik jihatlari bor. Bu jihatlar ichida eng muhimi axloqiy jihat bo‘lib, falsafa o‘qituvchisi talabani baholashda ma’ruza o‘qish, seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish, maslahatlar "berish vaqtida ham xushyor va, ayniqsa, adolatli bo‘lish kerakligi jihatidir.
Ishning murakkabligi shundaki, falsafa o‘qituvchisi talabaning faqat bilimini emas, balki uning- ahloqiy jihatlarini ham baholashi kerak. YAna shunisi borki, talabaning bilim imkoniyatlari nihoyat o‘zgaruvchandir. SHuning uchun falsafiy bilimni baholaganda o‘qituvchi o‘z ustiga katta ruhiy, ahloqiy mas’uliyatni oladi. Uning yakuniy baho qo‘ygandagi adolatliligi, ruxiy komilligi talabaning ma’naviy, ruxiy holatiga ma’ruza va seminar vaqtidagidan ham katga ta’sir ko‘rsatadi.
SHu nuqtai nazardan talaba bilimini baholashda eng katta o’ektivlikka erishish qiyin va hatto mumkin emas. Agar o‘qituvchi bilimi yuqori va lekin axloqi, ma’naviyati nisbatan quyiroq darajada bo‘lgan talabaga baho qo‘yganida bilimi hali uncha chuqurlashuvga etib bormagan, lekin intiluvchan va axlokan yaxshi talaba bilan taqqoslaganda bu keyingisini birinchisi bilan barobar qo‘yish yoki xatgo ortiqroq baholashi xam mumkin. Bu hol talabada murabbiyning "adolatsizligi" haqidagi xulosalarga olib kelishi mumkin. SHuning uchun talaba bilimini baholashdan oldin o‘qituvchi baholash jarayonida qanday mezonlarga amal qilishini talabalarga yaxshilab bildirib qo‘yishi kerak.
Talaba bilimini ruxiy va axloqiy jihatdan xam baholaniish talaba hayotida ham, o‘qituvchi hayotida ham katta iz qoldiradi. Xatgo ma’ruza o‘qilganida, seminar va maslaxatlar o‘tkazganda ham bu qadar kuchli o‘zaro ta’sir bo‘lishi qiyin. SHu manoda talabalar bilimini baholash jarayonini, bir tomonidan, butun falsafiy madaniyat uchun xal qiluvchi deb, ikkinchi tomondan, bu baholashni nafaqat talaba uchun, balki o‘qituvchi uchun ham yakuniy baholanish deb bilish joiz. Zero aynan shu yakuniy baholash vaqtida so‘z bilan uning ijrosi, bilim bilan uning qimmati yuzma - yuz keladi. Vijdon, adolat, ezgulik, hayotning ma’nosi kabi falsafaiy kategoriyalarga hayotiy munosabat amaliyot sinovidan o‘tadi.
Talabalar bilimini baholashning metodik jihati shundaki, o‘qituvchining baholashdagi talablari kelgusi yili o‘qiydigan talabalar uchun iborat bo‘ladi. Ma’lumki, har bir talaba xamisha o‘zidan keyingi va o‘zidan oldingi yilda o‘qiydigan talablar bilan muloqotda bo‘ladi va o‘qituvchining baholash mezonlari qandayligi bilan oldindan tanish bo‘lib boradi, SHu bilan o‘qituvchiniig talabchanligi darajasi ham, baholashdagi adolati ham, hamma — hamasi kamida oliy o‘quv yurti ko‘z o‘ngida bo‘ladi, Va, demak falsafa o‘qituvchisi shu bilan xam o‘zining qanchalik donishmandlik ustozi ekanini amalda namoyish etadi.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin