Estetikaning asosiy sohalari:
1.San’atning umumiy nazariyasi – san’atning tabiati, mohiyati, taraqqiyoti va faoliyatining mushtarak qonuniyatlarini aniqlaydi.
2.Estetika fanining xususiy – uslubiy asoslariga oid tadqiqotlar – mavzui, ilmiy maqomi, burch vazifalari, usul – uslublarning o‘zaro munosabati masalalari.
3.Moddiy boyliklar yaratish estetikasi – mehnat qilish jarayonida moddiy ishlab chiqarish sharoiti va mahsulida estetik jihatlar masalalari.
4.Muhandislik – loyihachilik faoliyati va ilmiy tadqiqot ishlari sohasida estetik jihatlar.
5.Tabiat estetikasi – tabiatga munosabat masalasida o‘ziga xosliklarni aniqlash va tabiatdan foydalanishga oid estetik omillar.
6.Insoniy munosabatlar estetikasi.
7.Kundalik turmush va odob estetikasi.
Estetik g‘oyalar dastavval qadimgi Misr, Messopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, eron va Turon mamlakatlarida vujudga kelgan. Mixxat, Finikiya alifbosi, Urxun–Enisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari, Misrda Fir’avn Tutanxamon maqbarasidan topilgan asori atiqalar, Amudaryo xazinasi, DoroI tasviri solingan oltin tangalar, skiflarning oltin buyumlari, ulug‘ me’morchilik obidalari, Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdor saroylari, ibodatxona devorlaridagi tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlari bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraqqiy etganini ko‘rsatadi.
Go‘zallik qonunlari : 1.Me’yor; 2.Predmetning yaxlitligi;
3.Rang-baranglikning organik birligi(uyg‘unligik); 4.Predmet tuzilishining maqsadga muvofiqligi; 5. «Buyum qonunining hissiy ifodasi sifatida estetik forma».
Qadimgi yunonlar uchun jismoniy va ma’naviy barkamol inson go‘zalligining ideali bo‘lgan. Tana va ruh garmoniyasi hammadan ko‘p qadrlangan. Vatani qadimiy Gretsiya bo‘lgan Olimpiya o‘yinlari shunchaki sport musobaqasi emas edi, balki kishilardagi jismoniy va ma’naviy fazilatlar bayrami – ko‘rigi bo‘lgan. Masalan: kimki birovni jamiyatga zid hatti-harakatlar bilan badnom qilgan bo‘lsa, bunday kishilarni ko‘rikda qatnashtirmaganlar. Adolat, mardlik, yaxshilik doim go‘zal hisoblangan.
O‘rta asrlarda go‘zallik – real hayotda emas, balki u dunyodagi «osmoniy» olamda deb hisoblaganlar. Tanani «ruh» uchun o‘ldirish jismoniy va ma’naviy garmoniya emas, balki ularni ajratish, bir-biriga zid qo‘yish go‘zallik hisoblangan. Go‘zallikni turli xil toifa va tabaqadagi kishilar ham o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib baholaganlar. Masalan: dehqon nazarida: sog‘lom, baquvvat, yonoqlari naqsh olmadek qiz go‘zal hisoblangan bo‘lsa, dvoryan nazarida: zaiflik, noz, tantiqlik, purvuqorlik jononlarning go‘zalligi sanalgan.
Go‘zallik hamma davrlarda ijobiy hodisa va xususiyat deb tushunilgan. Kishilar u yoki bu predmet, voqea va hatti-harakatlarni go‘zallik deb ataganlarida go‘zallikdagi barcha narsalar, hayotning ijobiy va progmativ belgilarini aks ettiradi va ifodalaydi deb bilganlar. Go‘zallik tabiatda, insoniy munosabatlar, san’atda namoyon bo‘ladi. Go‘zal narsa bizni hamisha zavqlantiradi, yorqin his-tuyg‘ular uyg‘otadi, kayfiyatimizni chog‘ qiladi.
Chernishevskiy «Go‘zallik kishida hosil bo‘ladigan his, yorqin quvonch, sevgan kishimiz yonimizda bo‘lganda qalbimizni qanday quvonch bilan to‘ldirsa, xuddi shunday cheksiz quvonch tuyg‘usidan iboratdir. Biz go‘zallikni beg‘araz sevamiz, uni ko‘rib quvonamiz, sevgan kishimizni ko‘rib qanday xursand bo‘lsak, go‘zallikni ko‘rib shunday xursand bo‘lamiz», deydi.
Tabiatdagi, jamiyatdagi kishining ijodiy faoliyatidagi, odamlarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlaridagi jamiki ijobiy voqealarni, ya’ni: - bizda quvnoq his-tuyg‘u paydo qiluvchi; - mamlakatga yordam beruvchi; -kayfiyatni ko‘taruvchi,- bizni oliyjanob ishlarga ilxomlantiruvchi; - voqealarni, insonning progmativ tarao‘o‘iyotiga, uning olg‘a bosishiga yordam beruvchi barcha omillarni go‘zallik deb atash mumkin.
Go‘zal olam – shundaygina ko‘z o‘ngimizda turibdi, faqat tevarak – atrofni diqqat bilan kuzatmoq lozim xolos.
-Bulutlar orasida ko‘rinib turgan moviy osmon;- Bulutlarning ajib bir jilosi; - ko‘m-ko‘k chaman o‘tloq; - undagi cho‘g‘dek tovlanib turgan rang-barang gullar; - kun botishidagi quyoshning taram-taram oltin nurlari.
Inson atrof-tevaragida sochilib turgan nurni ko‘radi, gullarning rang-barang tovlanishlarini kuzatadi, predmetlarning turli-tuman formalarini bir-biriga tao‘o‘oslab ko‘radi. Shu tariqa inson olamdagi har bir hodisada- kishi ko‘z o‘ngida uzanib ketgan, uni bepoyon uzoq-uzoqlarga chorlovchi har bir hodisada go‘zallikni ko‘radi.
Tabiat go‘zallikni eng qadimiy va boy manbaidir. Tabiatdagi go‘zallik insonda mustaqil suratda mavjuddir, lekin, go‘zallikning barkamolligini faqat insongina tushunishga qodirdir, u faqat inson uchungina ijodiy ilxom, o‘zgartiruvchi mehnat manbaidir. Tabiatga qancha chuqur kirib borsak: - moddalarning shakli va rangi; - o‘simliklar; -jonivorlar; chig‘anoq va meduzalarning ajoyib formalari; -gullar, kapalaklar, qushlarning go‘zalligini shunchalik yorqinroq his qilamiz.
Bularning barchasini o‘ziga xos shakllari, rangi, harakatlari bilan tanishish uchun butun bir inson umri ham etmaydi.
Tabiatning eng go‘zal mahsuli uning eng tarao‘o‘iy etgan bosqichi: - aql –zakovat, iroda egasi bo‘lgan; - ijod qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan insondir
Tabiatdagi go‘zallikni ana shu inson o‘z aql zakovati orqali bilib oladi, moddalarning qonunlari va xossalarini ochib, o‘z ijodiy mehnati bilan ularni yanada takomillashtirish uchun bu qonun va xossalarda foydalanadi.
«Oltinni oltin qilgan bolg‘a» deyishganda, albatta insonning qo‘li va mehnati aks ettiriladi. Tabiatda uchraydigan tug‘ma oltin chiroyli bo‘ladi, ammo u qidirib topilib, yuvilib, yuzlab qo‘llardan o‘tib, oxiri og‘ir quyma holda yaltiragunicha, yupqa tilla taxtachalarga aylagunicha odam qanchadan-qancha mehnat sarflaydi. Bu ishning boshlanishi, xolos. Oltin qo‘li gul insonlar tomonidan yaratilgan turli buyumlar o‘z go‘zalligini to‘la-to‘kis namoyish qilmog‘i uchun zargarlar, tajribali ustalar, talantli rassomlar qanchadan-qancha mehnat sarflashlari kerak bo‘ladi. ...Butun go‘zalliklarni ko‘rsatish faqat insonning qo‘lidagan keladigan ishdir.
Insonning go‘zalligi jamiyatga, uning yuksak g‘oyalariga xizmat qilishida, ishga, o‘z do‘stlariga bo‘lgan munosabatida ayniqsa yao‘o‘ol namoyon bo‘ladi. Jamiyat manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yadigan kishilarni, do‘stlik va birodarlikni, o‘zaro munosabatlarning asosi deb biladigan kishilarni go‘zal, ajoyib kishi deb ataymiz.
Ularni uzoq geologik ekskursiyalarda, studentlar auditoriyalarida; yulduzlar tomon uchuvchi kema kabinalarida; zavod tsexlarida; kolxoz dalalarida uchratamiz. Bunday odamlar qaerda bo‘lmasin, qanday og‘ir ahvolga tushmasin, har doim ham jasorat va haqiqiy inson go‘zalligi namunasini ko‘rsatadilar.
San’atda go‘zallk. San’at - inson jasoratining go‘zalligini uning oliyjanobligini, fidoyiligini aks ettiradi. San’at tabiat va insonni hao‘o‘oniy yuksak badiiy formada aks etirsa, yuksak ideallar uchun kurashsa, u go‘zal bo‘ladi. San’at sotsial yovuzlikni, tubanlikni, razillikni ham fosh etadi. San’at hayotning xunuk jihatlari va hodisalarini tasvirlash bilan bizni go‘zallikka chorlaydi.
Xunuklik. Hayot halok qilgan tarao‘o‘iyotga to‘siq bo‘lgan, insonni mayib qilgan nimaiki narsa va hodisa bo‘lsa, uni xunuklik tushunchasi bilan ifodalaganlar. Go‘zallik va xunuklik qarama - qarshidir. Ijtimoiy hodisalar, insonning yaramas va qoloq odat hamda xususiyatlari xunuklikning go‘zallikdan farqini bildiradi:
- boshqalar hisobiga yashash uchun harakat qiladigan tekinxo‘r ham; - hamma joyda faqat o‘zini o‘ylaydigan va boshqa kishilarga beparvo qaraydigan shaxsiyatparast ham; -xalqlarning do‘st va birodarlik munosabatlarining go‘zalligini his qilmaydigan millatchi ham xunukdir.
Xunuklik xilma-xil ko‘rinishga ega. U bezorilik hatti-xarakatida ham, qo‘pollikda ham, insonning hayotiy manfaatlarining chegaralanganligida ham ko‘rinishi mumkin. Hayot go‘zalligini qaror toptirish uchun kurashni xunuklikning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashdan ajratib bo‘lmaydi.
Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi
Ulug‘vorlik.
Ulug‘vorlik insonga his-tuyg‘uni ta’sir etuvchi, uni quvonch va hayratga soluvchi kuchdir. Ulug‘vorlik tuyg‘usining manbai – dahshat yoki shunga o‘xshash tuyg‘ular qo‘zg‘atadigan barcha narsalar, voqea – hodisalardir. Go‘zallik singari ulug‘vorlik ham qo‘pol, sof foyda ma’nosidagi manfaatdan holi bo‘lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik tasavvurlarini o‘zida mujassamlashtirgandir.
..Halokat bilan tugallansa ham, bari-bir qayg‘u va tushkunlik emas, balki yashash va kurash istagi, bu kurashda o‘zining halok bo‘lishini bilib turgan insonning mag‘rur qiyofasi gavdalanadi.
Inson ulug‘vorligini tarannum etish hammadan ham ko‘proq va yorqinroq san’at fojia turida o‘z ifodasini topadi.
Kulgililik kategoriyasi. Estetika kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligi.
Kulgililik. Arastu kulgulilikni xunuklik va go‘zallik o‘rtasidagi ziddiyat ifodasi desa, Kant : - kutilayotgan voqeaning ahamiyatliligi va natijaning arzimasligi deb ta’kidlaydi. Gegel: - mohiyati jihatidan pastkash, soxta, ahamiyatsiz va shakli jihatining ahamiyatli jarayonini kulgulilik desa, Bergson: - bexosdan sodir bo‘lgan va jonli muloqot natijasini kulgu deb ataydi.
Sharq va G‘arb mutafakkirlari kulgulilikni xunuklik bilan bog‘lab mushohada qilishadi. Xunuklikning o‘zi kulgili emas, balki uning go‘zallik da’vo qilishi va o‘zini go‘zallik o‘rniga qo‘yishga harakat qilishi kulgililikdir deb ta’kidlanadi. Kulgililikning ichki tomoni – keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir.
Hazil tuyg‘usi insonni hayvondan ajratib turadigan eng muhim xislatlrdan biridir. Hazil tuyg‘usi murakkab aqliy tuyg‘u bo‘lib, unda shaxs o‘zining butun borlig‘i bilan namoyon bo‘ladi. Unda insonning his-tuyg‘u va aql madaniyati, orzu-umidlari namoyish etiladi.
Kulgining turli sabablari bo‘lishi mumkin: to‘yimli va mazali ovqatlanishdan keyin rohatlanib kuladigan odamlar bo‘lishi mumkin. Bunday odamlar uchun kulgi hayotni sof fiziologik - jismoniy idrok etish ifodasi bo‘lib xizmat qiladi.
Inson tashqi ko‘rinishi bilan uning asl mohiyati o‘rtasidagi nomuvofiqliklar ziddiyati, tafovutlar, beo‘xshovliklar, kelishmovchi-liklarni tabiiy anglash natijasida ham kulgi kelib chiqadi. Ba’zi bir odamlar o‘zining pastkash, johil, loqayd, xudbin mohiyatini tashqi viqor, oliftalik, takabburlik bilan «bezab» ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, bu ham kulgini kelib chiqaradi.
Bundan ham kulamiz, ham quvonamiz, sabab bu odamdagi ichki ruhiy mohiyat bilan uning tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi beo‘xshovlikdan kulsak, quvonishimizga sabab mazkur haqiqatni anglashimizda, haqiqatni yolg‘ondan ajratish qobiliyatimiz mavjudligida kelib chiqadi. Uchinchi sabab quvonchimizga «sog‘lom» xudbinlik hissi ham qo‘shilib ketishi mumkin, chunki mazkur odamning asl mohiyatini anglash qobiliyatimiz bilan ma’naviy-insoniy jihatdan u odamdan yuqori turish kayfiyatida bo‘lishimiz ham bizga yoqadi. Bunday kulgu inson ruhini ko‘taradi, unda insoniy g‘urur tuyg‘usi vujudga keladi.
Kulgi va qo‘rquv bir-biriga qarama-qarshi tushunchalardir. Inson yaramas va xunuk hodisalar ustidan kulishiga o‘rgana bilsa, u qo‘rquv hissini tark etadi va nomatlub illatlardan forig‘ bo‘ladi. eng qadim davrlarda ham xalqning o‘tkir so‘zli hozirjavob, zukko vakillari vositasida kulgi quroli bilan ijtimoiy illatlarga qarshi kurashgan kamchilik va illatlar ustidan kulganlar. Masalan: Askiya.
Kulgi o‘z xususiyatiga ko‘ra demokratik mazmunga ega. Chunki u barcha odamlarni bir-biriga qovushtiradi. Ular kulgi vositasida o‘zaro tenglashadilar. Kulgi noinsonning noaxloqiy illatlar bilan kurashning omilkor vositasi. Kulgi noinsonning kuch-qudrati va ozodligi timsoli hamdir. Kulgi rang-barang va xilma-xil qirralarga ega. Mayin rag‘batlantiruvchi, xushfe’l, hazil-mutoyiba hissiyotidan tortib, to ayovsiz, achchiq istehzo hissiyoti darajasigacha ham etib boradi.
Dostları ilə paylaş: |