Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə69/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103
falsafa majmua 2023 (1)

Takrorlash uchun savollar
1. Globallashuvning – mazmuni?
2.  Global jarayonlarning shakllanish tarixi?
3. Global muammolarning turli darajalari?
4. 2017-2021 yillardagi Uzbekistonni yanada rivojlantirish buyicha Xarakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi?
5. Hozirgi davrning asosiy global muammolarining tasnifi.
6. Global muammolarni xal qilishda falsafaning roli?
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.Otamurodav S. Globallashuv va millat. – T.: Yangi asr avlodi. 2008.
2.Mamashokirov S., Usmanov E. Barqaror taraqqiyotning ekologik
xavfsizlik masalalalari. –T.: Fan, 2009.
3.Qurbonova L. Borliq falsafasi. –Andijon: ADU, 2009
4.Qurbonova L. Inson falsafasi. –Andijon: ADU, 2009
5.Qahhorova Sh. Global ma’naviyat – globallashuvning g’oyaviy asosi. –
T.:Tafakkur, 2009.
6. J.Ya.Yaxshilikov, N.Ubaydov “Mirzo Ulug’byekning tabiiy-ilmiy myerosi” Samarqand, 1997y.
7. J.Ya.Yaxshilikov, N.Uboydullayeva “Jadidchilik va Byehbudiy”.T.: “Fan” 2004.
8. J.Ya.Yaxshilikov va boshqalar “Mustaqillik va muhandis-tyexnik ziyolilar ijodiy faolligi muammolari”. Toshkyent. 2007y.
Internet saytlari:
1.http://www.falsafa.dc.uz.
2.http://www.phenomen.ru.
3.http://www.lib.ru/FILOSOF.
4.www. Ziyo net.uz


9-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati.
Reja:

  1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi.

  2. Diniy va ilmiy manbalarda korrupsiyaga munosabat.

  3. Dunyo bo‘yicha korrupsiya holatining tasnifi.

  4. Ijtimoiy hayotdagi korrupsiyaning amal qilish sohalari.



Tayanch so’z va iboralar:
korruptsiya, mansabdor shaxs, lavozim, noqonuniy, poraxo`rlik, hokimiyat, shaxsiy manfaat, xalqaro huquq, xizmat korruptsiyasi, maishiy korruptsiya, oliy hokimiyat korruptsiyasi, antikorruptsiya
Korrupsiya (lotincha: corrumpō — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham K. deyiladi. K. davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish K. koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib "oʻz qarzini" qaytaradi). Aksariyat K. lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish boʻyicha "Lokxid ishi" eng yirik K. koʻrinishlariga misol boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq "xizmat haqi" toʻlash amaliyotidan foydalaniladi.[1]
Makroiqtisodiy tadqiqotlarga binoan, korrupsiya iqtisodiy oʻsish va taraqqiyotga xalal beruvchi eng katta omildir.
Korrupsiya bir necha ming yillik tarixga ega. Yozma manbalarda korrupsiya haqida eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatib oʻtiladi. Korrupsiya bizning kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham tag-tugi bilan yoʻqotib boʻlmaydi. Hatto rivojlangan oʻarb davlatlari ham korrupsiyadan butkul xalos boʻlolmagan. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish Yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etgan.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin