Falsafa va dinning o’zaro aloqadorligi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə3/8
tarix03.11.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#118933
1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafa va dinning o’zaro aloqadorligi

3. Mifologik dunyoqarash


Mifologik dunyoqarash (yunoncha-mifos-naql, rivoyat-tushuncha, ta’limot)
- ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlang’ich davriga xos bo’lgan xalq og’zaki ijodi - naql va afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir.
Mifologik dunyoqarash ilm-fan taraqqiy etmagan vaziyatda keng tarqalgan ijtimoiy ongning shakli bo’lib, uning kelib chiqish sababining asosini insonning o’zini qurshab turgan olamdan ajralib qarashga ojizligi tashkil etadi. Shuning uchun ham mifologik dunyoqarashda jamiyat bilan tabiat, jonli bilan jonsiz narsalar bir xil tarzda ifodalanadi.
Rivoyat, afsonalar tashqi olamni izohlashga qaratilgan bo’lib, unda dunyo qanday paydo bo’ldi, uning asosini nima tashkil qiladi, narsa va hodisalarning birbiri bilan aloqadorligi va bir-biriga aylanishi haqida so’z yuritiladi. Buni biz bushmenlarning oyni paydo bo’lishi haqidagi mifologiyasidan yaqqol ko’rishimiz mumkin. Rivoyat qilishlaricha, “yomg’irdan keyin sehrgar gulxan yoqib, oyog’idagi namlangan sandalni quritishga qo’yadi. Ko’p o’tmasdan qarasa, bitta sandali batamom kuyib kulga aylanib qolibdi, ikkinchisining esa yarmi kuyib bitibdi. Sehrgar zarda bilan yarim kuygan sandalini osmonga uloqtirib yuboradi. U esa, fazoga parvoz etib osmonda oy bo’lib osilib qolgan emish”.
Qadimgi Misr mifologiyasida Ra, Shu, Geb, Osiris nomli xudolar nur, havo, yer, suvni ifodalaydi. Marhumning qabriga bitilgan yodgorlikda shunday so’zlarni o’qiymiz “Ra senga nur beradi. Shu senga havo beradi. Geb senga yashashing uchun zarur bo’lgan har xil mahsulotlarni beradi. Osiris senga hayot kechirishing uchun Nilni baxshida etadi”.
Miflarda inson va tabiat masalalari katta o’rin tutadi. Ularga ko’ra, inson tabiat bilan munosabatda bo’lar ekan, u ayni paytda tabiatni sevadi ham, undan qo’rqadi ham, tabiatni sevishning boisi shundaki, inson tabiat beshigidan chiqqan, undan qo’rqishning sababi, inson tabiat sirlarini bilib olishga ojizdir.
Mifologik dunyoqarashda qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi, boshqa sivilizatsiyalar va ularda hayotning mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Qadimgi Xitoydagi mifologik afsonalarga muvofiq dunyo taraqqiyoti ikkita kosmik qaramaqarshiliklarning In va Yan kurashlari bilan belgilanadi. In qorong’ulik, sovuqlik, namlik, o’lim manbai, Yan esa yorug’lik, issiqlik, olov manbai. In ayollik, Yan erkaklik ramzi. Ularning bir-biri bilan birlashishi tufayli koinot vujudga kelgan. In va Yanning uyg’unligi koinot, davlat, oiladagi jismoniy va ruhiy muvozanatni tashkil etadi.
Bularning hammasi mifologik dunyoqarashda falsafiy fikrlarning mavjudligi, boshqacha qilib aytganda, mifologik dunyoqarash falsafiy dunyoqarashning dastlabki shakli ekanligidan dalolat beradi. Arastuning fikricha, kimki afsonalarni sevsa, u muayyan darajada faylasufdir, chunki afsonalar xayoliy fikrlash asosida tashkil topadi.
Mifologik dunyoqarashning dastlabki ko’rinishlarida narsa va ularning joni, ruhi, bir-biridan ajralmagan yaxlit holda aks ettirilsa, keyinchalik ular bir-biridan ajratilib, alohida tasvirlanadigan bo’ladi. Kishilarning olam haqidagi tasavvurlarining tobora kengayib borishi voqeliqdagi narsa va hodisalar shuningdek, ularning obrazlari (xudolari) barcha insonga xos bo’lgan hissiyot, kayfiyatlar bilan bir qatorda aql-idrok va boshqa insoniy fazilatlarga mansub deb tasvirlanish odatga aylanib qoladi.
Mifologik dunyoqarashning xususiyati shuki, unda fazo, tabiat va jamiyatdagi barcha jonli va jonsiz narsalar va hodisalar biri ikkinchisiga ishtirokchi sifatida idrok etiladi. Buning natijasida tabiat kuchlari jonlantiriladi, ularga insondagi xususiyatlar tarqatiladi. Shuning uchun ham u xayolga keng maydon ochib beradi va bu maydonda mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har qanday o’zgarishlar va jasoratlar ko’rsatishi mumkin bo’ladi.
Mifologik dunyoqarashda tabiat va jamiyatning, olam va odamning, bir butun borliqning umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, inson ichki dunyosining manzarasi o’zining dastlabki ifodasini topadi.
Mifologik dunyoqarashda badiiy dunyoqarashning kurtaklarini ko’rishimiz mumkin, chunki, undagi voqealar badiiy obrazlar yordamida tasvirlangan.
Har bir xalqda o’zining o’tmishiga, boy tarixiga, an’analariga, madaniyatiga xos rivoyat va afsonalar mavjud. Ularda shu xalqlarning dastlabki dunyoqarashlari, ma’naviy dunyosi o’z aksini topgan. Bunga misol sifatida yunon afsonalari “Iliada”, “Odisseya”, hindlarning “Ramayana”, karelo-finlarning “Kalevala”, Eron va O’rta
Osiyo xalqlarning “Avesto” kabilarini ko’rsatib o’tishimiz joizdir.
Mazkur afsonalarda dunyoning kelib chiqishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlari, fazo, tabiat, jamiyatdagi narsa va hodisalarning uyg’unligi, bir-biri bilan bog’liqligi, ularning abadiyligi haqida so’z yuritiladi. Ularda olamning kelib chiqishi tajribiy yo’l bilan noma’lum kuch tufayli yaratilgan degan g’oya olg’a suriladi. Ayrim afsonalarda dunyoning o’tkinchi, u muayyan vaqtda yo’q bo’lib ketishi va qaytadan tiklanishi bayon etiladi.
Shuningdek, barcha xalqlarning mifologiyasida jamiyat, inson, ularning kelib chiqishi, qiyinchiliklar haqida hikoya qilinadi.
Afsonalarda yana bir asosiy mavzusi insonning ma’naviy yutuqlari, jasoratiga bag’ishlangan bo’lib, olov-otashni qo’lga kiritishi, hunarmandchilik, dehqonchilik ishlari tasvirlanadi. Odatda, afsonalarda o’tmish bilan hozirning hamda kelajakning bog’lanishi haqida, ular o’rtasidagi uzviy aloqa qayd qilingan bo’ladi.
Afsonalarda ifodalangan voqealar kishilar tomonidan aniq voqea tarzida qabul qilingan, chunki ibtidoiy jamoa kishilarining tushunchalariga ko’ra, ulardan oldingi avlodlar tomonidan dunyoni his qilish va bilish jarayonida to’plangan tajribalar, ma’lumotlar mujassamlashtirilgan. Ularga shubha bilan qaramasdan mutlaq haqiqat sifatida qabul qilish uqtirilgan.
Mifologik dunyoqarashning yana bir xususiyati shundan iboratki, undagi voqealar, turli hodisalar, afsonaviy xudolar, qaxramonlar obrazlari jozibali va jonli turda kishilarning hissiy a’zolari va tasavvurlariga qattiq ta’sir ko’rsatadigan shaklda berilgan. Yunon mifalogiyasidagi xudolarning xudosi Zevs, barcha dengiz, daryolarning xudosi Poseydon, uning o’g’li Antey, hosildorlik va dehqonchilik xudosi Demetra, muhabbat va go’zallik xudosi Afrodita, donishmandlik, ilm-fan, san’atning xudosi Minerva va boshqalarning obrazlari shular jumlasidandir.
Afsonalarda kishilarning voqelikka bo’lgan qarashlaridan tashqari ularning turli xattiharakatlari, raqsi, urf-odat, an’analari ham tasvirlangan. Ma’lumki, urf-odat, udumlar, afsonalar bilan bir qatorda kishilik jamiyatining ma’naviy qadriyatlari tarkibiy qismini tashkil etadi. Dastlabki vaqtlarda afsonalar diniy an’analar, udumlar bilan uzviy bog’liq bo’lib diniy dunyoqarashni rivojlantirishga asos solgan. Keyinchalik mifologik dunyoqarashlarda kishilarning falsafiy, siyosi, huquqiy, badiiy va boshqa qarashlar kurtaklari ildiz otadi va rivojlanadi. Bu esa mifologik, diniy, falsafiy, siyosiy, badiiy qarashlarning o’zaro tutashib ketganligidan dalolat beradi. Ayniqsa, badiiy obrazlarda mifologik qarashlar ko’proq o’z aksini topgan. Shuning uchun ham og’zaki ijodning mahsuli bo’lgan o’rta asr xalqlarining “Alpomish”, “Manas”, “Go’ro’g’li” kabi eposlarda badiiy obrazlar afsonaviy obrazlar bilan tutashib ketgan.
Mifologik dunyoqarashning ko’rinishlari hozirgi davrda ham turli badiiy asarlarda uchrab turadi. Afsonalar bu xalqlarning dastlabki ma’naviy madaniyatining shakli bo’lib, ularda dastlabki bilimlarning kurtaklari, falsafiy, diniy, siyosiy, badiiy qarashlar o’z aksini topgan. Afsonalar ijtimoiy ongning yaxlit va umumiy shakli sifatida namoyon bo’lgan. Unda xalqlarning o’z davriga mos keladigan dunyoni his qilishi, bilishi, qarashlari mujassamlangan. Miflarda barcha xalqlarning madaniy boyligi, tafakkuri, donoligi, hayotiy tajribalari o’z aksini topgan.
Mifologik dunyoqarashda diniy dunyoqarashning ham ko’rinishlari mavjud. Buni shundan ko’rishimiz mumkinki, mifologiya ham, diniy ta’limotlar ham, dunyoning yaratilishini afsonaviy xudolar bilan bog’lab ko’rsatadi, lekin ularning o’rtasida farq ham mavjud. Mifologiyada narsa va uning obrazi, moddiylik va ma’naviylik bir-biridan ajralmagan yaxlit holatda tavsiflansa, diniy dunyoqarash bularnibir-biridan ajratibtavsiflaydi. Din yagona dunyoni tabiiy va g’ayri-tabiiy turlarga ajratib qarasa, mifologiyada haqiqiy va g’ayri-tabiiy olam bir-biri bilan qo’shilib ketgan.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin