4
KIRISh
(Malakaviy amaliyotni tashkil etish boʼyicha uslubiy ko‘rsatmalar)
Malakaviy pedagogik amaliyot ta’lim turlari uchun yuqori malakali pedagog kadrlar
tayyorlash ishining ajralmas qismi bo‘lib, talabalarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini
rivojlantiruvchi pedagogik jarayondir. Amaliyotchi-talabalar malakaviy pedagogik amaliyot davrida
o‘quv-tarbiya jarayonining barcha tomonlarini tahlil kiladi va bu malakaviy pedagogik amaliyot
davlat va nodavlat umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va boshqa
ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Malakaviy pedagogik amaliyot davrida amaliyotchi-talaba
amaliyot o‘tagan ta’lim muassasasida shart-sharoit va ichki tartib qoidalariga moslashish,
pedagogik jamoa bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi va OTMni tamomlagandan
keyin ish bilan ta’minlanishi nazarda tutiladi.
Malakaviy pedagogik amaliyot OTMning qabul qiluvchi muassasalar bilan belgilangan
tartibda tuzilgan uch tomonlama namunaviy shartnomalari asosida tashkil kilinadi. Malakaviy
pedagogik amaliyotni tashkil etishda mas’uliyat OTM va uni o‘tkazish uchun mas’ul qabul qiluvchi
muassasa zimmasiga yuklatiladi.
Amaliyotchi-talabaning malakaviy pedagogik amaliyotni reja-jadvali va dasturlarini to‘liq
bajarilishiga qabul qiluvchi muassasa rahbari javobgar hisoblanadi. Amaliyotchi-talabalar va
malakaviy pedagogik amaliyot uchun mas’ul hodimlar (shu jumladan, ilmiy rahbalar)ning faoliyati
amaliyot dasturiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Amaliyot dasturi ta’lim yunalishining
malaka talablariga va ishchi o‘quv rejadagi fanlar mazmuniga mos kelishi, ta’lim yunalishlarining
o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek fan va ishlab chiqarishning so‘nggi yutuqlarini inobatga olib
tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: