Фарғона давлат универстети


MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOT MAZMUNI



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix02.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137984
1   2   3   4   5   6   7   8
Малакавий амалиёт кундалиги 4 курс 2023 2024

MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOT MAZMUNI
Malakaviy pedagogik amaliyot quyidagi 
uch bosqichda
tashkil etiladi: 
tayyorlov bosqichi – 
amaliyotni o‘tashga ketishdan oldin OTMda fakultet dekani, kafedra 
mudirlari, professor-o‘kituvchilar va amaliyotchi-talabalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkaziladi. 
Yig‘ilishda amaliyotchi-talabalar amaliyot reja-jadvali va dasturi bilan tanishadi, uning maqsadi, 
vazifalari va mazmuniga taalluqli ko‘rsatmalar hamda me’yoriy hujjatlarni oladi, amaliyotchi-talaba 
tomonidan bajariladigan ishlar va ularni amaliyot kundaligiga qayd etib borish tartiblari bilan 
tanishtiriladi. Amaliyotni o‘tash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadi. Amaliyotchi-talabalar 
qabul qiluvchi muassasaga etib borgandan so‘ng amaliyotni o‘tashning dastlabki kunlarida qabul 
qiluvchi muassasaning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari, o‘ziga xosligi bilan tanishadilar. 
asosiy bosqich – 
amaliyotchi-talaba amaliyot reja-jadvali va dasturida ko‘rsatib o‘tilgan 
ishlarni bevosita qabul qiluvchi muassasada bajaradi. 
yakuniy bosqich  
talabalar tomonidan amaliyot dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlanib 
belgilangan muddatda himoyasi o‘tkaziladi, amaliyotni o‘tash jarayonida bajarilgan ishlarning 
natijalari tahlil qilinadi va baholanadi. 
Qabul qiluvchi muassasa huquq va majburiyatlari: 

amaliyot dasturi va tartibi, buyruqlari bilan oldindan tanishishi; 

amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi; 

amaliyotni o‘tash yuzasidan zarur ma’lumotlar olishi; 

amaliyot bo‘yicha uslubiy materiallar bilan tanishish; 

amaliyotni yuqori saviyada o‘tash uchun sharoit yaratish; 

amaliyotchi-talabaga yetarli tajribaga ega pedagog xodim hamda muassasa 
psixologini ustoz-shogird tizimida biriktirish bo‘yicha muassasaning buyrug‘ini 
rasmiylashtirish; 

amaliyotchi-talabaning amaliyotni o‘tash joyiga etib kelishi, amaliyot o‘tashi va 
amaliyot yakuni bo‘yicha hududiy boshqarma hamda OTMga ma’lumotlar taqdim 
etish; 

ta’lim yo‘nalishiga mas’ul fakultet dekani bilan talabaning amaliyotni o‘tashi 
holati bo‘yicha muntazam ravishda aloqada bo‘lish; 




amaliyot muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek pedagogik amaliyot reja-
jadvali va dasturi bajarilishini hamda pedagogik amaliyot kundaligi har kunlik 
to‘ldirilishini nazoratini olib borish, uslubiy yordam kursatish, zarur hollarda, 
OTM vakillarini talabaning pedagogik amaliyot sho‘tash joylariga taklif qilish; 

amaliyotchi-talabaning amaliyot hisobotini yozishi bo‘yicha zarur ko‘rsatma va 
tavsiyalar berish; 

amaliyotchi-talabaning amaliyot yakunida kasbiy layoqati ob’ektiv baholanishiga 
va hisobot himoyasini tashkil qilish. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin