30
Xulosa
Ma’lumki, o’qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda mashaqatli va murakkab
kasbdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning
o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o’qitish va
tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlashtirilgan metodik
g’oyalar bayon etiladi, o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga
olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil,
murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko’p uchrab
turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va
yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
Shuningdek, o’qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borlik,
xushmuomalalik, kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, tashkilotchilik, o’ziga va
boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo’lishi zarurdir.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun
xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya berishishi bilan
shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat
faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy
fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga
ega», -
deyiladi
«Ta’lim
to’g’risida»gi
qonunda.
O’qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy
fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng
murakkab vazifadir. har bir bola o’z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni
tarbiyalashda ularning anna shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o’rganish
nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning
murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik
faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning anna shunday xususiyatlarini
bilishlari lozim. o’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbnomasida
ifodalanadi.
31
Shuni ham unitmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta'sir etuvchi omillar
hozirgi davrda g`oyat darajada ko`paydi: oila, keng jamoatchilik, radio,
televideniya, kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar.
Sinf rahbari bolalarni yaxshi tarbiyalay olishi uchun ularni, albatta,
ajdodlarimiz fikrlari bilan sug’orib borish lozim.
Oilada mehnat madaniyatiga rioya etish uning samaradorligini
ta’minlovchi muhim omildir. Bolaga yoshligidanoq mehnat madaniyatini
o‘rgatib borish ishida tartib bo‘lishini talab qilish muhim. Masalan, ota-ona
quyidagi oddiy, lekin zaruriy narsalarni boladan talab etmog‘i zarur:
„Ishlayotgan joyingni yelim bilan iflos qilmaslik uchun qog‘oz to‘sha,
yaxshisi, maxsus taxtacha ishlat, ishing tamom bo‘lganidan keyin cho‘p-
xaslaringni yig‘ishtir! Yelimni barmog‘ing bilan emas, maxsus cho‘p yoki
mo‘yqalam bilan surka!“ „Tikish ishlariga kirishishdan oldin qo‘lingni
yaxshilab yuv! Ovqat pishirishga yordam qilganingda yoki idish-tovoq, pol
yuvganda belingga fartuk tut, soching xalaqit bermasligi uchun boshingga
maxsus qalpoqcha kiy yoki ro‘mol o‘ra!“ „Ishni tamom qilganingdan so‘ng
mehnat qurollaringni tartib bilan yig‘ishtir, o‘rni-o‘rniga qo‘y (chelak, bolg‘a,
arrachalarni ma’lum bir joyga qo‘y)!“ „Ið, igna, qaychi, pichoq, qog‘oz,
lattalarni bir qutichaga solib qo‘y!“ „Ish kiyimlaringni ma’lum bir joyga osib
qo‘y! Ishdan keyin yuz-qo‘llaringni yuvib, art! bironta ish qilishga kirishar
ekansan, albatta, ish davomida kerak bo‘ladigan narsalarni oldindan tayyorlab
qo‘y!“
Bu talablarni bajarishda ota-onaning o‘zi ham bolaga namuna ko‘rsatishi
kerak. Mehnat madaniyatini egallash, ish qurollarini ma’lum joyda, ma’lum
tartibda saqlash, saranjom bo‘lish vaqtni tejash, ishni tez, sifatli va ozoda
bajarishda juda muhim ekanini bolaga tushuntirish zarur. Xonadonning har
bir a’zosi o‘z zimmasidagi vazifani rejali, to‘g‘ri tashkil etsa, mehnat
qurollaridan ehtiyotkorlik bilan foydalansa, ro‘zg‘or buyumlarini avaylab-
32
asrasa, vaqtdan unumli foydalanish malakasiga ega bo‘lsa, ish o‘rnini
saranjom-sarishta saqlasa, pala-partishlikka, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasa,
har bir yumushni did, qunt, sabrmatonat bilan amalga oshirsagina u mehnati
natijalaridan huzurhalovat topadi. Xalq maqollarida aytilganidek: „Mehnat
rohatning poydevoridir“, „Rohatning onasi — mehnat“, „Halol mehnat —
huzur-halovat“, „Suvsiz hayot bo‘lmas, mehnatsiz — rohat“, „Mehnatsiz
rohat bo‘lmas, tashvishsiz — ne’mat“, „Halol mehnat — yaxshi odat, berur
senga saodat“. Oilaning har bir a’zosi zimmasidagi vazifa umumiy maqsadni
ko‘zlab tashkil etilgan va uning natijalaridan barcha oila a’zolari bahramand
bo‘lgan taqdirdagina unday mehnat foydali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |