Oʻgʻit — tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlar boʻlgan yoki tuproqdagi oziq moddalarni harakatga keltiradigan organik yoki anorganik moddalar. Oʻ. deganda oʻsimlikning oziq elementlari bilan birga, tuproqqa solinganda oziq elementlarini ishga solishga yordam beradigan bakterial preparatlar, tuproq strukturasi, kimyoviy va biologik xususiyatlarini yaxshilaydigan pqeparatlar ham tushuniladi. Odam U.larni qoʻllab oʻsimliklar uchun ijobiy oziqlanish balansi yaratadi, tuproqdagi moddalar aylanishiga faol aralashadi. Kimyoviy tarkibiga qarab Oʻ. organik, mineral va bakterial boʻlishi mumkin.
Organik O’g’itga goʻng, torf, sharbat, har xil kompostshr, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, sanoat va shahar xoʻjaligi chiqindilari hamda koʻkat oʻgʻitlar kiradi. Organik Oʻg’it tarkibida oʻsimliklarning oziq mineral elementlari (azot, fosfor, kaliy, mikroelementlar va boshqalar) hamda organik moddalar boʻladi. Mineral Oʻg’itga azotli oʻgʻitlar, fosforli oʻgʻitlar, kaliyli oʻgʻitlar, kompleks oʻgʻitlar, ohakli Oʻg’it mikrooʻgʻitlar va boshqalar; bakterial Oʻg’itgaga nitragin, azotobakterin, fosforbakterin va boshqalar taalluqli. Bevosita xoʻjaliklarda olinadigan Oʻg’it mahalliy, kimyoviy korxonalarda ishlab chiqariladigan Oʻg’it — sanoat oʻgʻitlari deb ataladi. Oʻg’it tuproqqa solinadi, oʻsimlikka purkaladi (bargidan oziqlantirish) yoki urugʻlikka ishlov berishda qoʻllaniladi.