Fiziologiya kafedrasi "biofizika" fanidan laboratoriya


Yorug‘likning yutilishi ko‘rsatkichini aniqlash



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə32/34
tarix15.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130238
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Biofizika ishlanma laboratoriya

Yorug‘likning yutilishi ko‘rsatkichini aniqlash.
Kyuveta orqali yorug‘lik nurlarning o‘tishida, eritmaga tushayotgan nur tarqalishining tezligi susayadi, chunki eritma yorug‘likning bir qismini yutadi. Eritmaga tushayotgan nurning jadalligi (I0) va u orqali o‘tgan nurning jadalligi (I) o‘rtasidagi miqdoriy nisbat Lambert-Ber qonuniga muvofiq tushuntiriladi:



Bu yerda:
C-moddaning molyar konsentratsiyasi;
L –yorug‘likning optik yo‘li uzunligi (kundetaning qalinligi);
D-kattalik optik zichlik deb nomlanadi, ε esa ekstinksiyaning molyar koeffitsenti, u to‘lqin uzunligiga bog‘liq va muayyan moddaning muhim optik tavsifi ko‘rsatkichi hisoblanadi. O‘lchash natijalari odatda optik zichlik tarzida ifodalanadi. Ba‘zan, masalan, boshqa xil yorug‘lik filtrlaridan foydalanilganda bundan boshqa o‘tkazish kattaligi (T) ahamiyat kasb etadi.



Eritmaning optik zichligi o‘lchanadigan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lib, uning tezligiga bog‘liq emas. Bu nisbatni ifodalovchi egri chiziq yutilish spektri deyiladi. Yutilish spektrining shakli konsentratsiya o‘zgartirilganda ham, yutuvchi qatlami qalinligini o‘zgartirilganda ham o‘zgarmaydi. U yutuvchi modda tabiati va muhitning sharoiti bilan aniqlanadi. Kyuvetaning qalinligi yoki namunaning konsentratsiyasi bir necha baravar oshirilganda unga mos holda hamma to‘lqin uzunliklarida namunaning optik zichligi shunga mos holda oshadi.


Agar moddaning konsentratsiyasi ma‘lum bo‘lsa, yutilish spektrining tasvirini tuzishda ordinataga optik zichlik (D) ning qiymati emas, balki ekstinksiyaning molyar koeffitsienti (ε) qiymatini qo‘yish lozim. U har bir to‘lqin uzunligi bo‘yicha:


(1)

formula orqali aniqlanadi.


Moddalarning konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan hollarda Lambert-Ber qonunidan chetlanish kuzatiladi. Shuning uchun bu chetlanish bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tadqiq qilinuvchi konsentratsiyalar oralig‘i tekshirib (masalan, eritmani ikki marta suyultirib, bunda optik spektr aniq ravishda ikki marta kamayadi) ko‘riladi. Agar spektr muayyan moddaga tegishli ekanligi aniqlangan bo‘lsa, unda moddaning eritmadagi konsentratsiyasini hisoblab topish mumkin. Buning uchun ma‘lum to‘lqin uzunligidagi optik zichligi (D) ni bilish talab qilinadi. Moddaning konsentratsiyasi


(2)
formula asosida hisoblab topiladi. Kyuvetaning uzunligi (L) odatda, uning yon tomonida yozib qo‘yilgan bo‘ladi.
Ba‘zan ilmiy adabiyotda molyar emas, balki boshqa xil ekstraksiya koeffitsientlari keltiriladi u holda konsentratsiya hisoblash yo‘li bilan tegishli birliklarga ko‘chirilishi kerak. Agar konsentratsiyasi oldindan ma‘lum bo‘lgan standart eritmani tayyorlash (moddani analitik tarozida tortib olish yo‘li bilan) imkoniyati bo‘lsa, unda tadqiq qilinuvchi eritmadagi modda konsentrasiyasi quyidagi formula asosida aniqlanadi:


(3)

Bu yerda:


C-tekshiriluvchi eritma konsentratsiyasi;
Cst standart eritma konsentratsiyasi;
D va Dst tegishli eritmalarning optik zichliklari. O‘lchashni bir xil to‘lqin uzunligida (asosiy yutilish maksimumida) bir xil erituvchida va bir xil uzunlikka ega bo‘lgan kyuvetada o‘tkazish lozim.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin