Фонетик сатҳ бирликлари



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/66
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#112870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
fonetik sath birliklari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 

1

 Нурмонов А. Лингвистик белги назарияси. ―Фан‖ нашриѐти, 2008 й. 




 

11 


I BOB 

 

FONETIKA VA UNING BIRLIKLARI 

1.1§. Nutq tovushlarining biologik va fizik-akustik tabiati 

 

 Til  tovushlar  silsilasi  yordamida  moddiylashadi.  Tovushlar  esa  nutq  birligi 

sifatida  muayyan  nutq  organlarining  faoliyati  natijasida  yuzaga  chiqadi.  Nutq 

tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi.  

Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining tarkibiy 

qismidir.  Har  qanday  nutq  organi  ikki  xil  vazifa  bajaradi:  1)  birlamchi  vazifasi 

insonning fiziologik a‘zosi. Bunday a‘zo sifatida ular inson organizmining normal 

yashashi  uchun  zarur  bo‗lgan  tabiiy  ehtiyojlarni  qondirishga  xizmat  qiladi.  2) 

Ikkilamchi  vazifasi  nutq  organi.  Bu  faqat  homo  sapiyens  ga  xos  xususiyatlar 

bo‗lib,  birlamchi  vazifasi  ustiga  qo‗shimcha  vazifa  –  ma‘lum  nutq  tovushlarini 

talaffuz qilish vazifasi qo‗shiladi. Shunday qilib, bu organlar ham biologiyaning va 

ham tilshunoslikning tekshirish ob‘ekti bo‗ladi.  

Har  bir  nutq  tovushi  uch  belgini  o‗zida  mujassamlaydi:  1)  akustik;  2) 

artikulyatsion; 3) vazifaviy (funksional).  

Nutq  tovushlarining  biologik  asosini  quyidagi  turlarga  bo‗lish  mumkin.  1) 

nutq  a‘zolarining  anatomiyasi;  2)  nutq  a‘zolarining  fiziologiyasi;  3)  nutq 

a‘zolarining ijro kechimi. 

Unli  tovushlar  ham,  undosh  tovushlar  ham  artikulyatsion  belgiga  ega.  Unli 

yoki  undosh  tovushlarning  yuzaga  chiqishida  ishtirok  etadigan  nutq  organlari 

belgisi artikulyatsion belgi sanaladi. Bu belgiga ko‗ra nutq tovushining tavsifi esa 

artikulyatsion  (fiziologik)  tavsif  sanaladi.  Masalan,  unlilar  tavsifida  lab  ishtiroki 

belgisi va og‗izning ochilishi darajasi (tilning ko‗tarilish darajasi) belgisi fiziologik 

tavsif  uchun  asos  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Undoshlar  tavsifida  esa  undoshlarning 

paydo bo‗lish o‗rni belgisi (bo‗g‗iz tovushlari, til tovushlari – til orqa, til o‗rta til 

oldi  tovushlari,  lab  tovushlari,  lab-lab,  lab-tish  tovushlari,  tanglay  va  burun 

tovushlari) fiziologik jihatdan tavsif asosi bo‗ladi.  




 

12 


Nutq  a‘zolarining  anatomiyasi  deyilganda,  shu  a‘zolarning  shakli,  tuzilishi, 

o‗rni nazarda tutiladi. Bunday a‘zolar quyidagi apparatlarga birlashadi: 

a) nafas apparati — o‗pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko‗krak qafasi (1-rasm).  


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin