2.3.6. Fakultativ variantlar
1
Muayyan undosh fonemaning ma‘lum hududiy belgi ta‘sirida turli xil
talaffuz etilishi fakultativ variantlarni hosil qiladi. Masalan, lab undoshlari: [p],
[b], [v], [f], [m] o‗zbek tilining turli shevalarida turlicha talaffuzga ega bo‗lishi
mumkin.
J-lovchi shevalarda intervokal holatda va so‗z oxirida [p] bir oz jaranglashib
[b] tarzida talaffuz etiladi:
Tepa > tebe, Ko‗p > keb,
Kepak > kebek,
Gap > gebim.
Bunday holat faqat j lovchi shevalar uchun xos bo‗lib, y lovchi shevalarda
uchramaydi. Y lovchi shevalarda buning aksini, ya‘ni b>p ga o‗tishini kuzatamiz.
[P] tovushi portlash xususiyatini yo‗qotib, eshitilish jihatidan lab-lab, jarangli,
frikativ [v] ga yaqinlashadi, masalan:
Chopib > chevup, topib kel > tevupke
1
Ушбу бўлимни ѐритишда ўзбек тилшунослигида ўзбек диалектологияси юзасидан олиб борилган тадқиқотларга асосланилди.
77
tepalik > tevelik, tepib > tevip
taraf > tarap > terevini.
1
Ayrim shevalarda, xususan, Parkent shevasida p > t o‗zgarishlari kuzatiladi:
Pillapocha > t‘llapechcha
Chala – chulpa > chala - chulta.
2
Fabrika, telefon, fikr, fason, ferma, forma, futbol kabi so‗zlarda aksariyat
hollarda [p] talaffuz etiladi.
Ba‘zan [p] spirantlashib [f]ga o‗tishi mumkin. Ayrim sheva vakillari [p]
qo‗llanilishi kerak bo‗lgan o‗rinlarda ham [f] tovushini ishlatadilar:
to‗plab > teflep,
kapitalist > keftal s
pomeshchik > f meshsh‘k,
predmet > fr dmet.
[B] fonemasi so‗z oxirida barcha shevalarda [p] ga o‗tadi.
Kitob > kit p,
hisob > his p,
maktab > m xt p
Y-lovchi shevalarda [b] tovushi portlovchi va sirg‗aluvchi tovushlar
o‗rtasida tebranib, oraliq bir holatda bo‗ladi. Buning natijasida bir qancha
kombinator-pozitsion variantlar vujudga keladi ya‘ni b [p], v qatorlari paydo
bo‗ladi, masalan: hisob>hes b > h sevlet
belbog‗ > belve, bosh > v sh - bir v sh uzum,
lab > lev
albatta > elvette
Ayrim shevalarda so‗z boshida b>p almashinuvlari sodir bo‗ladi:
Bitgan > pitken,
Butun > putun,
Brigada > prigede
[B] tovushi burunlashib [m] ga o‗tishi mumkin.
Burni > munn‘,
Bo‗yni > moyun, Bilan > m‘nen
J-lovchi shevalarda progressiv assimilyatsiya natijasida [b] [m] ga o‗tadi:
jumboq > djummoq,
kambag‗al > kemmeg‗el, payshanba > peyshemme
Janubiy Xorazm va qorabuloq shevalarida [b] ning tushishi kuzatiladi:
qo‗mmat olado‗ < qimmat bo‗ladi
1
В.Решетов. Узбекский язык. – С.231.
2
Афзалов Ш. Ўзбек тилининг паркент шеваси. Ўзбек диалектологиясидан материаллар. Т.I. Тошкент:Ўзб.ССР ФА нашриѐти, 1957. -
133-б.
78
pulum og‗anda < pulim bo‗lganda.
1
[F] undoshi o‗zbek adabiy tili va ikki tillik mavjud bo‗lgan Samarqand-
Buxoro-Xo‗jand gruppalari uchun xosdir. Bu gruppada [p] va [f] undoshlari aniq
farqlanadi. Boshqa shevalarda esa [f] [p] bilan almashtiriladi:telefon>telep n
fabrika > pebrike, foyda > p yde,
fikr > p‘kr
fursat > purset,
fahm > pehm - pe:m,
fe‘li > pe:l‘
farzand > perzen, fotiha > petehe.
J-lovchi shevalarda [f] o‗rnida jarangli [b] qo‗llanishi mumkin:
afzal > ebzel,
shaftoli > shabdalo‗
Bu o‗rinda faqat f>b almashinuvigina emas, balki jarangsiz [t] ning jarangli [d] ga
almashishi sodir bo‗lgan.
Jizzax shevasida [f] ning [v] ga o‗tishini kuzatish mumkin:
bu safar > busever
2
[V] fonemasi o‗zbek shevalarida lab-lab, frikativ undoshdir. Shevalarda [v] ning
sifat jihatdan ikki turini aniqlash mumkin.
1. Tipik turkiy bilabial [v]
2. .Lab-lab [v] va lab-tish [v] orasidagi indifferent [v] tovushi. Bu turdagi tovush
asosan shahar shevalarida uchraydi.
[v] undoshi so‗zning barcha bo‗g‗inida va har xil pozitsiyada uchraydi. Misollar:
tevarak, avlod, vodiy, volida, vahima, quvmoq, suv, tarvuz, vaqt, juvon, shavkat.
Shevalarda [v] undoshi [b] yoki [p] bilan almashtiriladi.
Tarvuz > terbo‗z
suvamoq > so‗bamaq - sho‗bamaq
tovoq > tabaq
shavkat > shaphat
Bunday almashinuvlar asosan jlovchi shevalar uchun hosdir. Shuningdek, bu
shevada [v>m] almashinuvi mavjud:
vino>mo‗na
1
Решетов В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси. Тошкент, 1962. –Б. 141.
2
Ғуломов Ҳ. Ўзбек тилининг Жиззах шеваси. Ўзбек диалектологиясидан материаллар.Т.1.Тошкент:Ўзб.ССР ФА нашриѐти, 1957.- 71-б.
79
Ba‘zan [v] ning tushishi natijasida oldingi unli tovush cho‗ziladi:
Suv > su:
Bo‗luv > bolu
Tuzuk > tuzuv > tuzu:
Namangan tipidagi ba‘zi ylovchi va jlovchi shevalarda [v>y] hodisasi
uchraydi.
Suvingni > suyun‘
Yuviladi > yo‗y‘l de
sevmoq > suym q
sevikli > suy‘kl‘
sevinadi > suy‘nede
Shevalarda ba‘zi so‗zlarda [m] o‗rnida [b] qo‗llaniladi:
Mayna > jl. beyne
Mo‗ljal > jl. boldjel
Somon > sabon.
So‗z boshida [b] ning [m] ga o‗tishini kuzatamiz: bilan>minen
m>n ga o‗tadi. Mobodo>n vvede
Shevalarda progressiv assimilyatsiyaga uchrash hodisalari ham kuzatiladi:
chopmayman > ch ppeymen
Topma > t ppe
Jlovchi shevalarda [m>ng] hodisasini ko‗rishimiz mumkin:
Nimani > ningeni
|