Tadqiqot natijalarining ishonchliligi muammoning aniq qo‘yilganligi, metodologik mukammalligi, tilshunoslikdagi eng so‘nggi ilmiy yutuqlardan foydalanilganligi, nazariy fikr va xulosalarning asosliligi hamda amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati o‘zbek tili tarixi fanida ilmiy yutuqlar va nazariy asoslar ilmiy to‘ldirilgani, tilshunoslikning zamonaviy asoslari frazeologiyaning ilmiy yutuqlariga tayanib nazariy qarashlar bilan mustahkamlangani bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati XIV asrning ikkinchi yarmi namoyandalari ijodini o‘rganishda, eski o‘zbek tili tarixi bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar va darsliklar yozishda, o‘zbek tilida tuziladigan izohli lug‘at va frazeologik lug‘atlarni boyitishda, frazemalarning etimologik lug‘atini yaratishda, ayni mavzu doirasida oliy o‘quv yurtlari talabalariga maxsus kurs va seminarlar o‘tishda manba sifatida foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Ushbu bobning uchinchi qismi esa bu ikki til, ingliz va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologik birliklarning o‘xshash va farqli jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Dissertatsiyada so‘nggi lingvistik adabiyotlar va ilmiy terminlardan foydalaniladi. Unda keltirilgan nazariy fikr va xulosalar lingvistik jihatdan asoslanadi. Jahon tilshunos olimlarining ilmiy adabiyotlaridan unumli foydalaniladi, har bir varaqda ulardan qanday foydalanganligini izohini keltiriladi, va dissertatsiya so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini ham to‘liq keltiriladi.