13. Geografiya darslarida manaviy,ekologik tarbiya
Ekologik ta’lim:
har bir yangi geografik tushunchani mahalliy sharoit, o’z o’lkasining geografik xususiyatlari bilan bog’liq holda misollar yordamida mustahkamlash. Shuning uchun har bir geografiya o’qituvchisi o’zining ish rejasi va dasturi yordamida o’tiladigan mavzularni kengaytirilgan rejasini tuzib olib, qaysi mavzuni o’tganda qanday muammolarga ko’proq e’tibor qaratish kerakligini oldindan aniqlab olsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunonchi, hadislardan na’munalar, afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, xalq udumlari, topishmoq, maqol, metal, tabiat bayramlaridan misollar keltirib, ekologik tarbiyani mavzu mazmuniga singdirib bo-rilsa o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi yashashi mumkin, ammo inson tabiatsiz yashay olmaydi. Agar inson tabiatni halok qilsa, o’zi ham halok bo’ladi. Bu asar davomida sinalgan va tajribalardan o’tgan haqiqatdir. Tabiat o’ziga qilingan har qanday mexribonlikni ham, shavqatsizlikni ham unutmaydi. Zero, tabiat shoir aytganidek, necha yillardan buyon insonga xizmat qiladi. 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” qonun qabul qilindi. Ana shu qonunda tabiatni tabiatni muhofaza qilishda xalqaro aloqalar va birgalikda faoliyat yuritish masalalari ham kiritilgan, jumladan qonunning 53-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi tuzgan Xalqaro shartnomada ushbu qonundagidek yoki O’zbekiston Respublikasiningtabiatni muhofaza qilishga doir boshqa qonun xujjatidagidan o’zga qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi[1]. O’zbekiston Respublikasining qonunlarida bir muncha qattiqroq talablar belgilangan hollar bundan mustasno-chizma-
jarayonlar hamda ularni o’zaro ta’siri natijasida shaklllanadi va rivojlanadi. Ekologik muammolardan ta’lim jarayonida foydalanishning muhim shartlaridan biri bo’lib ularni kelib chiqishlariga ko’ra guruhlarga bo’lish mumkin.tabiiy geografik muammolar; iqtisodiy-ijtimoiy geografik muammolar hamda geoekologik muammolardir. Tabiat boyliklardan oqilona foydalanish va atrof- muhitni muhofaza qilishda umumta’lim maktablarining muhandis pedagog jamoasi muhim ro’l o’ynaydi. Uzluksiz ekologik tarbiyani bеrish quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq[15].
bosqich. Mahallalarda ekologik ta‘lim:
bosqich. Oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta‘lim;
bosqich. Maktab, akadеmik litsеy, kasb-hunar kollеjlarida ekologik ta’lim; 4-bosqich. Oliy o‘quv yurtlaridagi ekologik ta’lim;
bosqich. Oliy ta’limdan kеyingi bosqichi kadrlarni qayta tayyorlash va muntazam ravishda malakasini oshirib borishda ekologik ta’lim.
Ekologiya kishilar hayotini mushohada qiluvchi yangi fandir. Har bir kishi biror yеrga axlat yoki chiqindilarni tashlashdan oldin o‘z xatti-harakati oqibatlarini o‘ylashi, tashqi muhitning toza saqlanishiga javobgar ekanligini unutmasligi kеrak. Qisqasi, har bir o‘quvchi-talabani kеlajakka umid bilan qarashga bo‘lgan dunyo-qarashini shakllantirib borish har bir o‘qituvchi- murabbiylarning vazifasidir. Ekologik ta’limni kеng qo‘llashda mahallalarda, bog‘cha, maktab muassasasi, ko‘cha - ko‘y, jamoat tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida amalga oshirilib, o‘quvchi-talabalar ongiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilarga o‘z qo‘llari bilan bog‘lar yaratib ularni parvarish qilishni yoshligidan o‘rgatib borilsa va atrof-muhitni tozaligiga hissalarini qo‘shib o‘z qo‘llari bilan ekkan ko‘chatlarini parvarish qilib borsa o‘quvchilarda vatanga nisbatan mеhr uyg‘onadi, atrof- muhitga har xil chiqindilarni tashlamaslik to‘grisida tushunchalar shakllanadi. Bu masala hozirgi kunning muhim muammolaridan biri bo‘lib, kеlajakdagi avlod sog‘lom bo‘lishi uchun kafolat bеradi. Ekologik bilimlarni tashviqot qilish, о‘quvchilarni ekologik tarbiyalash, ularning ekologik ongini va
dunyoqarashini rivojlantirish sinf va maktabdan tashqari ishlarning mazmunini tashkil etadi. Ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarning ongi va faoliyatiga о‘z ta’sirini о‘tkazuvchi jarayondir. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy aloqadorlikda bо‘lib, uzoq davom etuvchi ijtimoiy jarayondir. Uning uzluksizligi oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy о‘rta ta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy о‘quv yurtlari, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, keng jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilsa, samarali natijaga erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi tо‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, bilimi sayoz bо‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi[9]. О‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish usuli va kо‘nikmalarini shakllantirish yо‘llarini belgilab olish;
dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish jarayonini xususiyatlariga kо‘ra bosqichlarga bо‘lib tashkil etish;
dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish jarayoni bosqichlariga mos keladigan usullarni tanlash;
ekologik maqsad asosida ta’lim yо‘nalishining fanlararo uyg’unlashgan ekotizimni ta’minlash;
ekologik talablar asosida ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish.
Ekologik bilim va tarbiyaning asosiy yо‘nalishlari quyidagi natijalarni beradi: