Geografiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti


Mineral xom-ashyo resurslarini hisobga olish va ularning ko‘rsatkichlari



Yüklə 74 Kb.
səhifə3/5
tarix05.04.2023
ölçüsü74 Kb.
#124835
1   2   3   4   5
2 5251413262498540218

Mineral xom-ashyo resurslarini hisobga olish va ularning ko‘rsatkichlari.

Mineral xom - ashyo resurslari xududlar, rayonlar bo‘yicha yotish cho‘qurligi bo‘yicha noteks joylashgan va xom-ashyo tarkibi bo‘yicha xilma-xil. Shu sababdan ulardan foydalanish samarasi ham bir xil emas. Bunda yuqori sifatli resurslar cheklangan, ayniqsa hududlar bo‘yicha, chunki ular tiklanmaydigan resurslarga kiradi. Shunga bog‘liq holda resurslar tugashi va xomashyo yetishmasligi to‘g‘risida tasavvur paydo bo‘ladi. Haqiqatda esa bunday tasavvur shartli va faqat xomashyoni qazib olishning iqtisodiy sharoitlarini ifodalaydi. Amaliyotda mineral xomashyo resurslardan undagi xomashyoning turli tarkiblarda mavjudligi sharoitida foydalaniladi. Masalan, temir rudasida sof xomashyo 80%, oltin konlarida esa foizning kichik bir qismini sof oltin bo‘lgan sharoitda ular qazib olinadi.
Bir xil xomashyoning tarkibi va sifatiga qo‘yiladigan talablar ham hududlar bo‘yicha ijtimoiy zarur xarajatlarga bog‘liq holda har xil bo‘ladi. Bularning hammasi xom Ashe resurslari qazib olishning hajmi imkoniyatlari va xom ashyo yetishmasligi to‘g‘risidagi tasavvurning ijobiy ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, mineral xom ashyo resurslarning hisob kitoblari ham nisbiydir. U xalq xo‘jaligida Ushbu resurslardan foydalanish nuqtai nazaridan o‘tkaziladi, ya’ni hisob kitoblar iqtisodiy jihatdan o‘zgartirish ma’qul va oson bo‘lgan konlar bo‘yicha ularni o‘rganish darajasi va o‘zlashtirishga tayyorlanishi bo‘yicha olib boriladi. Amaliyotda xom Ashe resurslari A, V, S va yana balansdan tashqari kategoriyalarga bo‘linadi. Ko‘pincha mineral xom ashyolari resurslaridan olinadigan elementlar bo‘yicha hisobga olinadi. Lekin yo‘ldosh elementlar va ochilgan jinslarning resurslarini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

  1. Mineral xom-ashyo resurslarini iqtisodiy baholash va barqaror boshqarish.

Mineral xom ashyo resurslarining holatini baxolashda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlardan foydalanish lozim. Ehtimol tutilgan resurs resurslarida hisobga olinadigan resurslarning salmog‘i, hisobga olingan resurslardan foydalanish muddatlari, hisobga olingan resurslarning o‘rganish darajasi va o‘zlashtirishga tayorlanishi bo‘yicha tizimi, ya’ni A,V,S kategoriyalari bo‘yicha; hisobga olingan resurslarning ularning o‘zlashtirish samaradorligi bo‘yicha tizimi. Hisobga olingan resurslar birligiga to‘g‘ri keladigan yo‘ldosh elementlar va olingan jinslar hisobiga olish davrida mavjud resurslarning yangi resurslar hisobiga o‘sishi.
Ayrim resurslar bo‘yicha ma’lumotlarga asoslanib tabiiy majmualar baholanadi va bunda resurslarning ayrim turlari, ularning majmualigiga va o‘zlashtirish samaradorligining iqtisodiy ahamiyati hisobga olinadi. Mineral xom ashyo resurslari tog‘-kon permajmua shakllanishining moddiy asosi bo‘lib xizmat qiladi va uning tarkibiga metallurgiya, kimyo, va qurilish sanoati tarmoqlararo majmualari kiradi. Mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish jarayonida xom ashyo yerning chuqur qatlamlaridan yer yuziga chiqadilar, undan foydali elementlar olinadi, so‘ngra qayta ishlash uchun xo‘jalik korxonalarida to‘palanadi yoki mahsulot iste’moli uchun tarqatiladi. Bu jarayonlarni hisobga olish quyidagi nisbat asosida amalga oshriladi.
Mo = Mb + X K T
bunda: Mo obyektdagi materialning oxirgi resursi;
Mb obyektdagi materialning boshlang‘ich resursi;
X obyektdagi materialning ko‘payishi va ularning kamayishini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan materialni ishlab chiqarish hajmi;
K qaytariladigan materiallarning hajmi.
Bu nisbatlarni har qanday tizim yoki obyektga, xo‘jalik birliklariga, yer yuzasiga va boshqalarga barobar qo‘llash mumkin. Ushbu nisbatlar asosida materiallarni qayta ishlash va ularni iste’mol qilish bosqichlari bo‘yicha balanslarini tarmoqlararo va hududiy majmualar bo‘yicha tuzish va ular asosida ushbu jarayonlarni tartibga solish mumkin. Materiallardan foydalanishda baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar darajasi qo‘llaniladi: xom ashyodan umuman va qayta ishlash bosqichlari bo‘yicha foydalanish, qayta ishlash bosqichlaridan isrof qilish qazib olishda xom ashyodan material olish, hududiy tizimlar uchun maydon birligiga elementlarning tarqalishi. O‘zbekiston uchun mineral xom ashyo resurslarini to‘liq hisobga olish va ulardan unimli foydalanish ushbu yo‘nalishdagi jarayonlarni tartibga solishga imkon beradi.


  1. Yüklə 74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin