G‘ijduvon tibbiyot kolleji 223 -o‘quv xonasida 2-11 Feldsherlik ishi guruhi bilan ‘’ Gazetxonlik ma’naviyat belgisi’’mavzusida o‘tkazilgan Ma’rifat soati bayonnomasi
G‘ijduvon tibbiyot kolleji 223 -o‘quv xonasida 2-11 Feldsherlik ishi guruhi bilan ‘’ Gazetxonlik ma’naviyat belgisi’’mavzusida o‘tkazilgan Ma’rifat soati BAYONNOMASI 2022-yil 17-Sentabr Qatnashdilar:G‘ijduvon tibbiyot kolleji 2-11 Feldsherlik ishi guruhi rahbari Ostonova Feruza . Kun tartibi Sh.H.T sammitidagi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nutqlari haqida Eshitildi: G‘ijduvon tibbiyot kolleji 2-11 Feldsherlik ishi guruh rahbari Ostonova Feruza so‘zga chiqib talabalarga ‘‘Gazetxonlik ma’naviyat belgisi ” ! Bugun ijtimoiy tarmoqlarda ham, bosma nashrlarda ham gazetaning keyingi taqdiri va obuna masalasi eng koʻp muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi. Baʼzan shunday mulohazalar ham bildirilmoqdaki, oʻqib ensangiz qotadi. Matbuotning nonini yegan, zahmatini totgan kishigina uning mehnati naqadar mashaqqatli ekanini his etadi. Fargʻona viloyatidagi baʼzi bir shahar va tuman hokimliklari muassisligidagi gazetalarning iqtisodiy ahvoli ancha yaxshi. Qoʻshtepa tumanining “Istiqbol yoʻli”, Buvayda tumanining “Buvayda koʻzgusi” kabi gazeta tahririyatlarida obuna tashkil etish, tahliliy materiallar salmogʻi jihatidan yaxshi tajriba bor. Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi tomonidan shunday yaxshi tajribalarni ommalashtirish, muassis va tahririyat oʻrtasida tuzilgan shartnomani bajarish borasidagi ishlar bilan tanishtirish maqsadida muntazam ravishda seminarlar tashkil etib kelinayotgani ham eʼtiborga loyiq. Albatta, bu jarayonda muassis ham tahririyatning egasi ekanini sezadi, muammolarini amaliy hal etishga yordam beradi.
Afsuski, ayrim shahar va tumanlardagi tahririyatlarning ahvoli yaxshi emas. Aksariyatining oʻz binosi ham yoʻq. U yerda ishlayotgan hamkasblarimiz ahvolini gapirmasa ham boʻladi. Maosh ham obunaga qarab-da… Muassis esa umuman yordam bermaydi. Vaholanki, taʼsis shartnomasi va nizomda unga moliyaviy yordam koʻrsatish, gazetani oʻz vaqtida chiqarish kabi vazifalar aniq belgilab qoʻyilgan.
Matbuot – jamiyat hayotining koʻzgusi, deb bejiz aytilmaydi. Gazetalar ham mamlakatimizda, xususan, oʻz hududida (shahar, tuman gazetalari) amalga oshirilayotgan islohotlarni, voqea-hodisalarni yoritayotgani ham haqiqat. Bugun bir oyda bir yoki ikki marta chop etilayotgan, adadi ming nusxaga ham yetmaydigan gazetalarga eʼtibor berish vaqti keldi, deb oʻylaymiz. Xususan, davlat tomonidan matbuot har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi lozim.
Toʻgʻri, ijtimoiy tarmoqlar bugun axborot yetkazish borasida ancha oʻzib ketgan. Ammo u hech qachon gazetaning oʻrnini bosa olmaydi. Eʼtibor bering. Bir saytda shov-shuvli axborot uzatildi. Yarim soatdan soʻng u oʻzgarib qolishi, hatto olib tashlanishi ham mumkin. Gazeta – bu hech qachon oʻlmaydigan, vaqt oʻtsa ham bosilgan maqolani saqlab qola oladigan hujjatdir.
Xoʻsh, bugun nega gazetalar kam oʻqilmoqda? Albatta, ayb faqat bir tomonda emas. Gazeta ham bugun zamonga moslashishi shart. Tahririyat oʻquvchilar auditoriyasini topishi uchun zamonaviy usullarni faoliyatiga joriy etishi kerak. Baʼzi bir gazetalarning mazmun-mundarijasini oʻzgartirish, tahliliy, chuqur mushohadali materiallar salmogʻini koʻpaytirish borasida aniq tadbirlar belgilab olishi kerakka oʻxshaydi.
Obuna – bu tahririyat uchun bir jarayon. Muassis va tahririyat barcha joyda oʻz gazetasini targʻib qilishi, obuna tashkil etishi mumkin. Bugun ayrim toifadagi kishilar “majburiy obuna” degan narsani notoʻgʻri talqin qilmoqdaki, xuddi obuna qilish mumkin emasdek. Baʼzi bir rahbarlarga obuna masalasini gapirsangiz, xuddi elektr toki urgandek boʻladi. Bunday boʻlishi kerak emas, aslida.
Yana bir gap. Bugun kitobxonlik madaniyatini shakllantirish haqida koʻp gapirilmoqda. Albatta, bu dastlab gazeta oʻqishdan boshlanadi. Shuning uchun gazetxonlik madaniyatini ham shakllantirish kun tartibiga chiqmoqda. Hammamiz ham bolalikda atrof-muhitni, roʻy berayotgan voqea-hodisalarni gazeta orqali bilganmiz. Hatto maktabda gazetalarda bosilgan biror kichik maqoladan diktant sifatida ham foydalanganmiz. Shuning uchun gazetxonlik madaniyatini shakllantirish zarur. Zero, matbuot erkin minbar boʻlib, oʻz gazetxonlari davrasida hamisha sevib oʻqilaveradi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Vobkent tuman bo‘linmasi va tuman Xalq ta’limi bilan hamkorlikda 17-sonli umumta’lim maktabida “Gazetxonlik – ma’naviyat belgisi” mavzusida ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Bunda maktab direktori O.Latipov, MMIBDO‘ G‘.Jumayev, Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi Sh.Rahmonova va maktabning pedagoglar jamoasi ishtirok etdilar. Bugungi ma’rifat soati maktab direktori O.Latipov ochib berib,gazetxonlik madaniyatining hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘rida o‘z fikrlarini bildirdi va direktor o‘rinbosari G‘.Jumayev “Gazetxonlik – ma’naviyati belgisi” xususida o‘z qarashlarini aytib o‘tdi. Faqat yuksak ma’naviyat g‘alaba qiladigan, kundan kunga tomir otib borayotgan johil illatlarga qarshi faqat ma’naviyatgina yengilmas kuch bo‘lib kurasha oladigan davrda yurtimiz ,xususan, viloyatimizda chop etiladigan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy gazetalarga e’tibor masalasi, umuman, gazetxonlik madaniyatidan ko‘ngillar to‘lgulik emas. Matbuot – jamiyat hayotining koʻzgusi, deb bejiz aytilmaydi. Gazetalar ham mamlakatimizda ,xususan, oʻz hududida (shahar, tuman gazetalari) amalga oshirilayotgan islohotlarni, voqea-hodisalarni yoritayotgani ham haqiqat.
Toʻgʻri, ijtimoiy tarmoqlar bugun axborot yetkazish borasida ancha oʻzib ketgan. Ammo, u hech qachon gazetaning oʻrnini bosa olmaydi. Eʼtibor bering. Bir saytda shov-shuvli axborot uzatildi. Yarim soatdan soʻng, u oʻzgarib qolishi, hatto olib tashlanishi ham mumkin. Gazeta – bu hech qachon oʻlmaydigan, vaqt oʻtsa ham bosilgan maqolani saqlab qola oladigan hujjatdir.
Barchamizga ma’lumki, biz texnika rivojlangan «Axborot asri” da yashayapmiz. Axborotlar oqimi shunchalik rivojlanib ketdiki, ularning qaysi biri kerakli, qaysi biri foydali ekanligidan ikkilanib qolamiz. Internetga kirsangiz bo’ldi, istagan kitobingizning elektron variantini topishingiz mumkin. Ammo u kitobdagidek o’quvchiga zavq bermaydi. Qahramonlarning ichki kechinmalarini his qila olmaydi.
O’quvchilarning kitobga bo’lgan mehrini kuchaytirish orqali ularda yuksak ma’naviy fazilatlar, vatanparvarlik, fidoyilik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi fazilatlarni shakllantiradi. Kitob o’quvchining ongi tafakkurini teran, dunyoqarashini keng, qolaversa nutqini ravon qiladi.
Bunday kishilar bilan muloqot qilish maroqli bo’ladi. Kitob bu guyoki nurga o’xshaydi. U insonlarni ezgulikka, mexr-muhabbat va ma’rifatli bo’lishga chorlaydi.
Bugungi kunda «O’rgimchak to’ri” deb nomlanayotgan internet yoshlarning bilim darajasini oshirish bilan birga ularning ongini ham zaharlayotganligi barchamizga ma’lum. Ommaviy madaniyatni targ’ib qiluvchi dasturlarga qiziqish kuchayib bormoqda. Buning natijasida o’quvchilar milliy madaniyat tushunchasidan yiroqlashmoqda. Bunda kitobning roli kattadir. Chunki ko’p kitob o’qigan inson har qanday yot ta’sirlardan aql bilim bilan himoyalangan bo’ladi, o’zida mafkuraviy immunetni hosil qila oladi. Shuning uchun yoshlarimizni kitob o’qishga da’vat etishimiz, shu yo’l bilan ularni buyuk kelajak sari boshlashimiz darkor. Bolani kitobxon darajasiga ko’tarishda quyidagilarga amal qilishimiz kerak.
Maktabda:
1. O’quvchiga beriladigan uy vazifasidan tashqari, birorta badiiy asarni o’qish va unga bo’lgan fikrini yozib kelish imkonini berish zarur. Yozilgan fikrlarni o’qituvchi yig’ib, asar o’qib bo’linganidan so’ng eng yaxshi fikr uchun o’quvchilarni rag’batlantirish zarur.
2. Maktabda sinflar o’rtasida badiiy kitob mutolaasi yo’nalishida turli bellashuvlar tashkil qilish zarur.
Jumladan, «Eng yaxshi kitobxon o’quvchi”, «Eng ko’p badiiy asar o’qigan o’quvchi”.
4. Kitob o’qishga qiziqish bo’lmagan o’quvchilar bilan alohida ishlash zarur, uning oilaviy sharoitini o’rganib avvalo ota-onasini mutolaa qilishga undash zarur. Bu usul ko’p samara bermasligi xam mumkin
5. Ona tili darslarida badiiy adabiyotlardan muntazam ravishda foydalanish zarur.
O’quvchilar o’zlari bilan birga badiiy kitob olib yurishlarini taqozo etadi.Har bir dars davomida yangi mavzusini mustahkamlash yoki takrorlash yuzasidan asardan foydalanish natijasida o’quvchining kitobga bo’lgan mehrini oshiradi.
Masalan «So’z yasovchi qo’shimchalar” mavzusini yoritishda biror asardan so’z yasovchilari mavjud so’zlarni topib daftarga yozish talab etiladi. Bundan tashqari «Bog’lovchilar” mavzusi orqali asardan kichik matn tanlab parcha tarkibidagi yuog’lovchilarni topishimiz zarur. Yoki grammatik tahlil jarayonda ham asarda berilgan gaplardan namuna yozib tahlil qilishimiz mumkin.
Axborotlashgan jamiyat sharoitida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati tobora oshib borayotganligi tufayli o’sib kelayotgan yosh avlod va bo’lajak mutaxassislarning ma’naviy madaniyatini shakllantirish masalasi muhim ahamiyatga ega ekani, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash ta’lim-tarbiya muassasalari pedagog-o’qituvchilari oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.