Fonemalarning integral belgilari - o'zaro qarama-qarshi qo'yilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari.
Fonologik oppozitsiya - differensial belgilar asosida ikki foneinaiiing, bir-biriga qarama-qarshi qo'yilishi (fonologik zidlanish).
Gradual oppozitsiya — pog'onali zidlanish.
Korrelatsiya — bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori.
Artikulatsiya o‘rni - talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi yoki shu a’zoning faol ishtirok etayotgan qismi.
Artikulatsiya usuli — nutq a’zolari hosil qilgan to'siqdan havo oqimining portlab, sirg'alib yoki titrab o'tishi.
Jaranglilik-jarangsizlik belgilariga asoslangan oppozitsiyalar - undosh tovushlarning jaranglilik va jarangsizlik belgilari asosida zidlanish hosil qilishi. Lablanish va lablanmaslik oppozitsiyasi - unli fonemalarning lablar ishtirokiga ko'ra zidlanishi.