Lingvistik omillar - til strukturasi va sistemasiga mansub bo'lgan, shu tizim qoida-qonuniyatlaridan kelib chiqadigan omillar: fonemalarning funksional xususiyatlari, morfema tiplari, leksik va grammatik tizimlar xususiyatidan kelib chiqadigan faktorlar. Ular lisoniy omillar deb ham yuritiladi.
Ekstralingvistik omillar - tildan boshqa sistemalarga oid faktorlar (nolisoniy omillar). Ular til taraqqiyotiga tashqaridan (til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari jarayonida) ta’sir o'tkazadi.
Uzus- leksema, frazema, so'z shakli va sintaktik konstruksivalaming til egalari tomonidan qabul etilgan qo'llanishi.
Til — fonetik, leksik va grammatik vositalar o'rtasidagi aloqamunosabatlardan tarkib topgan barqaror tizim (sistema).
Nutq - til vositalari ishtirokida fikr ifodalash jarayoni. Ierarxiya — til tizimida quyidan yuqoriga qarab bosqichma- bosqich joylashgan sathlar (yaruslar) yig'indisi: fonetik-fonologik sath (quyi yaais), morfemik sath, leksik sath (yuqori yaruslar), grammatik sath (yanada yuqoriroq yarus) kabi.
Leksik sath- til ierarxiyasining,lug'at bоуitishdan iborat yuqori pog'onasi: so'zlar, iboralar, ularning turli qatlamlari.
Grammatik sath - til ierarxiyasining morfologik va sintaktik birliklardan iborat eng yuqori pog'onasi: so'z turkumlari, grammatik ma’no va grammatik shakllar, so'z birikmalari va gap, ulaming turlari va konstruksiya modellari.