Divergensiya — til strukturasidagi o'zgarishlar ta’sirida bir fonemaning ikki fonemaga bo'linishi. Masalan, «k»ning «k»va «q»ga ajralishi.
Konvergensiya - tarixiy taraqqiyot natijasida ikki fonemaning bir fonema holiga kelishi: qadimgi turkiy va eski o'zbek tillarida alohidaalohida fonemalar bo'lgan «е» va «о» unlilari shu qonu”:vat asosida hoziigi o'zbek adabiy tilida bitta «o'» fonemasiga birlash^,. .
Pozitsion xususiyatlar — nutq tovushlarining so‘z tarkibidagi o'mi (unlining urg'uli yoki urg'usiz bo'g'inda, undosh tovushning kuchli yoki kuchsiz pozitsiyada bo'lishi), shu omil ta’sirida v ’ eradigan hodisalar.
Segment birliklar - so'z yoki morfema tarkibida (yoki nutq oqimida) gorizontal chiziq bo'ylab birin-ketin keladigan birliklar: nutq tovushi, bo'g'in, fonetik so'z. takt, fraza.
Supersegment birliklar — urg'u, ohang, melodika, pauza kabi ustama hodisalar, ular so'zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit holda aloqador bo'lishi bilan segment birliklardan farq qiladi.