Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3



Yüklə 232 Kb.
səhifə12/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

Fonetik prinsip (tamoyil) - so‘zlarni asli qanday bo‘lishidan qat’i nazar talaffuziga ko‘ra yozish tamoyilidir. Bu tamoyilga asosan so‘zning talaffuz etilishida yuz bergan fonetik o‘zgarishlar hisobga olinadi. Bunday o‘zgarishlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

  1. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasining k, q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilishi bilan bo‘ladigan fonetik o‘zgarishlar: eshik-ka, terak-ka, telpak-ka, kurak-ka, qishloq-qa, qirgoq-qa, huquq-qa kabi.

  2. Ayrim otlarga egalik qoshimchasi qoshilishi natijasida yuz beradigan fonetik ozgarishlar: og‘iz - og‘zi, ko‘ngil - ko‘ngli, burun - burni, shahar - shahri, qorin - qorni, bo‘g‘iz - bo‘g‘zi, bo‘yin - bo‘yni kabi.

  3. Asosi k, q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi bilan yuz beradigan fonetik o‘zgarishlar: bilak - bilagi, yurak - yuragi, qarmoq - qarmogi, qoshiq - qoshigi, qoshiq - qoshigi (ammo bu qoidalarga erk, idrok, ishtirok, kork, ishq, haq, huquq, farq, turq kabi sozlar bo‘ysunmaydi).

  4. Ayrim so‘zlardan fe’l yasalganda: ulug‘ - ulg‘ay, o‘yin - o‘yna, ong - angla kabi.

  5. Unli bilan tugagan sonlarga -ov, -ovlon, -ala qo‘shimchalarini qo‘shganda: ikki - ikkov, ikkovlon, ikkala, olti - oltov, oltovlon, yetti - yettov, yettovlon kabi.

  6. Asosi -a, -i bilan tugagan so‘zlarga -v, -q, -qi qo‘shimchalari qo‘shilib so‘z yasalganda: son - sana - sanoq, bo‘ya - q - bo‘yoq, sayla - v, saylov, tanla - v - tanlov, o‘qi - v - o‘quv, tirna - q - tirnoq, qayna - q, qaynoq, o‘yna - qi - o‘ynoqi kabi

7 Ayrim ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari, to‘liqsiz fe’lli so‘z qo‘shilmalari talaffuziga ko‘ra qo‘shib yoziladi: boroladi (bora oladi), olaveradi (ola beradi), borardi (borar edi), borarkan (borar ekan), borarmish (borar emish) kabi.
Orfografiyaning fonetik prinsipi yozuv bilan talaffuzni bir-biriga yaqinlashtiradi va imlo qoidalarining o‘zlashtirilishini ham osonlashtiradi.
Fonematik prinsip - harflarning (yoki grafemalarning) so‘z tarkibidagi fonemalarga moslab tanlanishidir. Chunonchi, kitob, omad so‘zlarining oxiridagi b va d fonemalari jarangsiz p (kitop) va jarangsiz t (omat) tarzida talaffuz qilinsa-da, fonemaning asosiy ottenkasiga mos ravishda b (kitob) va d (omad) harflari bilan yoziladi.
O‘zbek tilshunosligida “fonematik prinsip” tushunchasi XX asming oxirrog‘ida qo‘llana boshlandi, bungacha u morfologik prinsip bilan bir hodisa sifatida izohlanib kelingan.4
Morfologik prinsip - so‘zlarni qanday talaffuz etilishidan qat’i nazar asliga ko‘ra, qoidaga binoan yozish tamoyilidir. Bu tamoyilga binoan so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishi bir-biriga mos kelmaydi. Masalan: maktabga (yozuvda) - maktapka (talaffuzda), aytgan (yozuvda) - aytkan (talaffuzda), ishga (yozuvda) - ishka (talaffuzda) kabi.
Qo‘shma so‘zlar, juft so‘zlar (ko‘m-ko‘k, qip-qizil kabi sifatlar, har vaqt kabi) o‘zbek tili orfografiyasining morfologik tamoyiliga binoan yoziladi.
Tarixiy-an’anaviy prinsip - so‘zlarni yoki so‘z shakllarini qadimdan odat bo‘lib qolgan shaklda yoki an’anaga mos shaklda yozish qoidasidir. Sodda qilib aytganda, bu tamoyilga binoan so‘zlar hozirgi holatiga ko‘ra emas, yozma nutqda an’anaga aylangan qoidalarga asosan yoziladi:
Bas, yetar, cholg‘uvchi, bas qil sozingni.
Bas, yetar ko‘ksimga urmagil hanjar... (A. Oripov)
Bu tamoyilga asosan maqsad ravishdoshi -gani o‘rnida -gali, -g‘ali, -qali, - kali, hozirgi-kelasi zamon sifatdoshi -r, -ar o‘rnida -ur, chiqish kelishigi -dan shakli -din, so‘roq yuklamasi -mi o‘rnida -mu shaklida, sifatdoshning -gan shakli o‘rnida - g‘on, qo‘shimchalari qo‘llaniladi.
Shakliy-an’anaviy (grafik) prinsip. Bu tamoyil o‘zlashma so‘zlarning asosiy shakliga (u tilda qanday bo‘lsa, o‘zbek tilida ham shunday yozilishi) muvofiq yozilishini nazarda tutadi. Ma’lumki, sof o‘zbekcha so‘z boshida ikki undosh tovush, so‘z o‘rtasida ikki unli tovush qator qo‘llanmagan. O‘zlashgan so‘zlarda bunday hol ko‘p uchraydi: shturm, drama, stol, prokuror, traktor, zoologiya, biologiya, fikr, zikr, aql, mashq kabi.
Differensiatsiya prinsipi. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra shakli bir xil bo‘lgan (omonim) yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan (paronim) so‘zlar yozuvda diakritik belgilarni ishlatish orqali farqlanadi: atlas (geografiya) - atlas (mato), hozir (ravish) - hozir (sifat), tana - ta’na, davo - da’vo.
Semantik-uslubiy prinsip: semantikprinsip so‘z yoki so‘z shakllarining imlosini ulaming ma’nolariga tayanib belgilaydi. Masalan, lola, po‘lat (turdosh otlar) - Lola, Po‘lat (atoqli otlar), ishchi (“-chi" - kasb oti yasovchi) - ish-chi? (“-chi" - so‘roq yuklamasi), senda (“­da" - o‘rin-payt kelishigi affiksi) - sen-da! (“-da" - kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi) kabi;

  1. uslubiy prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari so‘z yoki grammatik shakllarning semantik tarkibidagi uslubiy semalarning nutqdagi faollashuvini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, ota, ona, vatan, siz, ozingiz kabi so‘zlar yoki grammatik shakllar shu so‘zlar (shakllar) orqali ifodalangan shaxslarga yoki tug‘ilib o‘sgan yurtga, diyorga alohida hurmat-e’tibor bildirilganda bosh harf bilan yoziladi: Ota, Vatan, Ona, Siz, Ozingiz kabi. Shuningdek, gap ichida tinchlik, ozodlik, mehnat, baxt kabi so‘zlarning ba’zan bosh harf bilan boshlanishi ham uslubiy prinsip talablaridan kelib chiqadi. Masalan, Yashasin Ozodlik, Tinchlik kabi56.

Bundan tashqari, ba’zi adabiyotlarda grafik, sintaktik prinsiplar haqida hamma’lumotlar uchraydi .
O‘zbek tili orfografiyasida fonetik, fonematik va morfologik tamoyillar yetakchi o‘rin tutadi. Orfografiya tamoyillari, imlo qoidalarini mukammal o‘rganish adabiy tilning imkoniyatlaridan imkon qadar to‘liq foydalanishga, yozma nutqda ham og‘zaki nutqdagi kabi ravon va to‘g‘ri fikr ifodalashga, imloviy, uslubiy, ishoraviy xatolarning oldini olishga yordam beradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Orfografiya nimani o‘rganadi?

  2. Orfografiyaning qanday tamoyillari mavjud?

  3. Qanday turdagi so‘zlar fonetik tamoyillar asosida yoziladi?

  4. Morfologik tamoyilning mohiyati nimadan iborat?

  5. Qanday so‘zlar, so‘z shakllari va qo‘shimchalar morfologik tamoyil asosida yoziladi?

  6. Tarixiy-ana’naviy tamoyilning o‘ziga xos tomoni nimadan iborat?

  7. Qanday qo‘shimchalarni olgan so‘zlar tarixiy-ana’naviy tamoyilga ko‘ra yoziladi?

  8. Differensiatsiya tamoyiliga binoan so‘z va qo‘shimchalarning qaysi jihatlari farqlanadi?

  9. Shakliy-an’anaviy tamoyilga ko‘ra qanday so‘zlar yoziladi?




Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin