^ Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi. Sof qum, tosh yoki shag’aldan tashkil topgan gruntlarning mustahkamligi, asosan ularning qattiq zarrachalari orasidagi ichki ishqalanish kuchlariga bog’liqdir. Chunki, zarrachalar orasidagi bog’lanish (tishlashish) kuchlari bunday gruntlarda juda kichik va ularning ta‘sirini inobatga olmasa ham bo’ladi. Sochiluvchan gruntlarning mustahkamligi (siljishga qarshiligi) asosan ularning g’ovakligiga bog’liqdir. Sof sochiluvchan gruntlar uchun с = f(p) bog’lanishining grafigi 4.6 – rasm (a) da ko’rsatilgan va uning analitik ko’rinishi quyidagicha:
с = p tg , (20)
bu yerda tg = f – ishqalanish koeffitsienti; - ichki ishqalanish burchagi.
(20)-bog’lanish 1773-yilda frantsuz olimi Sh.Kulon tomonidan o’rnatilgan bo’lib, siljishga qarshilik va normal kuchlanishlar orasida to’g’ri mutanosiblikni tavsiflovchi ushbu bog’lanish Kulon qonuni deb ataladi.
Sochiluvchan gruntlarning tarkibida ko’pincha, chang va gil singari mayda zarrachalar ham mavjud bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, grunt qattiq zarrachalarining qisman tishlashishiga olib keladi. Agar bunday gruntni sinash natijalari bo’yicha с = f(p) bog’lanishining grafigi qurilsa, u 6-rasm(b) dagi kabi ko’rinishga ega bo’ladi. Ushbu bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin:
с = p tg + се , (21)
bu yerda се – zarrachalar orasidagi bog’lanish miqdorini baholovchi solishtirma tishlashish kuchi.
6 – rasm. Gruntlarniing siljishga qarshilik bog’lanishlari: a – sof sochiluvchan gruntlarda; b – chang va gil aralashmali sochiluvchan gruntlarda; с – gilli gruntlard
Tajribalarning ko’rsatishicha, zarrachalari kuchsiz bog’langan sochiluvchan gruntlarda se ning qiymati asosan ularning g’ovakligiga bog’liqdir. Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi ularning namlanish darajasiga bog’liq emas.
^ Gilli gruntlarning siljishga qarshiligi. Gil, sog’ va qumok tuproqlarda mineral qattiq zarrachalar bir biri bilan u yoki bu darajada o’zaro bog’langan bo’ladi. Bog’lanish kuchlari o’z navbatida, gruntning namligi va zichlanish darajasiga bog’liqdir. Bunda namlik ta‘siri konsistentsiya ko’rsatkichi orqali, zichlanish darajasi esa g’ovaklik koeffitsienti yordamida hisobga olinadi.
Ko’plab o’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, gilli gruntlar zarrachalari orasidagi solishtirma tishlashish kuchining qiymati, zarrachalari kuchsiz bog’langan sochiluvchan gruntlarnikiga qaraganda birmuncha yuqori bo’lib (4.6-rasm, с), gilli gruntlarning siljishga qarshiligi:
с = p tg + с , (22)
Foydalanilgan adabiyotlar
Geomexanika - Baklashov V.I 1-tom
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |