Gruntlarning mexanik xossalari reja: Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari



Yüklə 20 Kb.
səhifə1/4
tarix17.10.2023
ölçüsü20 Kb.
#130533
  1   2   3   4
Gruntlarning mexanik xossalari reja Gruntlarning zichlanish ko’-hozir.org


Gruntlarning mexanik xossalari reja: Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari


GRUNTLARNING MEXANIK XOSSALARI


Reja:

1.Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari

2.Gruntlarning deformatsiya modulini zichlanish ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlash

3.Gruntlarning suv o’tkazuvchanligi

4.Gruntlarning siljishga qarshiligi
Poydevor zaminidagi gruntlar o’zining xususiy og’irligi va inshootdan uzatiladigan yuklar ta‘sirida, ma‘lum darajada zo’riqgan holatda bo’ladi. Gruntning xususiy og’irligidan hosil bo’ladigan bosim tabiiy bosim deyiladi. Chuqurlik oshgan sayin bu bosimning qiymati ham ortib boradi.
Inshootdan uzatiladigan yuklar zamindagi gruntda qo’shimcha bosimni yuzaga keltiradi. Tabiiy va qo’shimcha bosimlar ta‘sirida grunt qatlamlarida normal() va urinma() kuchlanishlar hosil bo’ladi. Normal kuchlanishlar gruntning zichlanishiga, urinma kuchlanishlar esa grunt qatlamlarining o’zaro siljishiga sabab bo’lishi mumkin.
Ma‘lumki, grunt zarrachalari tishlashish yoki ishqalanish kuchlari hisobiga bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Agar normal va urinma kuchlanishlar zarrachalar orasidagi bog’lanish kuchlaridan katta bo’lsa, zarrachalarning o’zaro siljishi yoki surilishi hisobiga deformatsiyalanish (zichlanish yoki siljish) sodir bo’ladi.
Deformatsiyalanishi bo’yicha gruntlar elastiko-plastik jismlar turiga kiradi. Grunt zarrachalari, ularning sirtidagi bog’langan suv va qamralgan havo elastik deformatsiyalanadi. Plastik (qoldiq) deformatsiyalanish, asosan gruntdagi g’ovaklar hajmining kamayishi hisobiga sodir bo’ladi. Bunda, g’ovaklardagi suv yoki havo pufakchalari qisman yoki butunlay siqib chiqarilishi mumkin.


  1. Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari
    Tashqi yuk ta‘sirida grunt zarrachalarining o’zaro siljishi, surilishi va yanada zichroq joylashuvi natijasida ular orasidagi g’ovaklik kamayib, grunt zichlanadi. Inshootdan uzatiladigan amaldagi bosim qiymatlarida, grunt qattiq zarrachalarining hajmiy deformatsiyalanishi (zichlanishi) deyarlik sodir bo’lmaydi, shu sababli, gruntning zichlanishi undagi g’ovaklar hajmining kamayishi hisobiga yuz beradi.
    Ma‘lumki, serg’ovak va siljishga kam qarshilik ko’rsatadigan gruntlar zichlanuvchan bo’ladi. Gruntlarning zichlanishga moyilligini aniqlashda ular zarrachalari orasidagi bikr bog’lanish kuchining qiymati ahamiyatlidir. Tarkibida yuqori qiymatli bikr bog’lanish kuchiga ega bo’lgan qoya gruntlari amalda zichlanmaydi deb qabul qilingan.
    Gilli va sochiluvchan gruntlarning zichlanishi jarayonida qattiq zarrachalar o’zaro yaqinlashadi, natijada zarrachalar orasidagi bog’lanish kuchi oshadi. G’ovaklari suvga to’yingan gruntlar ma‘lum miqdordagi suvning sizib chiqishi hisobiga zichlanadi. Bu esa o’z navbatida, grunt namligining kamayishiga olib keladi.
    Tashqi yuk ta‘sirida gruntlarning zichlanishi hamma vaqt plastik (qoldiqli) deformatsiyalanish shaklida namoyon bo’ladi. Gilli va sochiluvchan gruntlarga xos bo’lgan bu xususiyat zichlanish qonuniyatiga bo’ysunadi.
    Gruntlarning zichlanish qonuniyatlarini maxsus asboblar (odometrlar, stabilometrlar va h.k.) yordamida o’rganish mumkin. 4.1-rasmda grunt namunasini odometrda sinash sxemasi ko’rsatilgan. Odometr tsilindrsimon taglikdan, xalqadan va porshendan tashkil topgan qurilmadir. Odometrda sinaladigan grunt namunasi suvga to’la to’yingan bo’lish kerak.
    Gruntdagi suvning, zichlanish jarayonida erkin chiqib ketishi uchun, odometr tagligi va porshenda maxsus teshikchalar qoldirilgan. Odometr suvli idish ichiga joylashtiriladi.
    Gruntni zichlanishga sinash jarayonida, porshen orqali namunada qo’shimcha bosim hosil qiladigan har xil qiymatlardagi kuch (N) ta‘sir ettirilsa, gruntning cho’kishi (S) kuzatiladi.
    1 – rasm. Grunt namligini odo-
    metrda sinash sxemasi: 1–taglik; 2 – rasm. Zichlanish egri chizig’i
    2–xalqa; 3–porshen; 4–suvli idish
    Odometrdagi namuna faqat vertikal yo’nalishda siqilgani uchun, grunt g’ovakligining o’zgarishini quyidagicha ifodalash mumkin:
    n = S/h , (1)
    bu yerda h – namunanig boshlang’ich balandligi.
    Namunadagi qattiq zarrachalar hajmi sinov jarayonida o’zgarmasdan qoladi. Agar gruntning boshlangich g’ovaklik koeffitsientini е0 bilan belgilasak va (2.7)-ifodadan s = d(1+е0) ekanligini nazarda tutsak, (2.6)-ifodaga ko’ra, namunadagi qattiq zarrachalarning solishtirma hajmi:
    m = 1/( 1 + e0 ) . (2)
    (1)- va (2) formulalar nisbati g’ovaklik koeffitsientining o’zgarishini tavsiflaydi, ya‘ni:
    e = (1 + e0) S/h.
    e = e0 – e bo’lganligi uchun :
    e = e0 - (1 + e0) S/h. (3)
    Har xil p = N/A (bu yerda A - namunaning ko’ndalang kesim yuzasi) bosimlardagi g’ovaklik koeffitsientlari asosida qurilgan bog’lanishga kompression (zichlanish) egri chizig’i deyiladi (2 - rasm).
    O’zgaruvchan yuklanishning tabiiy pg bosimdan inshootni ekspluatatsiya qilish davridagi pэ bosimgacha bo’lgan oraliqlarida, zichlanish egri chizig’ini shartli ravishda AV to’g’ri chiziq bilan almashtirish mumkin. Ushbu holda g’ovaklik koeffitsientining o’zgarishi quyidagicha ifodalanadi:
    e = e0 - m0p . (4)
    Bunda AV to’g’ri chiziq qiyalik burchagining tangensiga teng bo’lgan m0 kattalik gruntning siqiluvchanlik koeffitsienti deb ataladi va uning qiymati:
    m0 = ( e1 - e2 )/( pэ - pg ) . (5)
    (3) – ва (4) – ifodalarni taqqoslashdan:
    mp = ( 1 + e0 ) S/h ёки m/ (1 + e) = S/( hp ) . (6)
    (6)-tenglamaning chap qismi mv = m0/(1 + e) – nisbiy siqiluvchanlik koeffitsienti deyiladi.


    Yüklə 20 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin