Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Xususiy kapitalning shakllanishi va ularning



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə255/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

10.2. Xususiy kapitalning shakllanishi va ularning
hisobini tashkil qilish

Xo’jalik sub’ektlarining o’z mablag’lari turli moliyaviy mablag’lar hisobidan tashkil topadi. Ustav kapitali, taqsimlanmagan foyda, maxsus maqsadlarga mo’ljallangan fondlar, rezervlar va boshqalar shular jumlasidandir. Turli xo’jalik su’ektlar uchun xususiy kapitalni shakllantirish bir-biridan farq qiladi. Masalan, ustav fondi (ustav kapitali) aktsiyadorlarning aktsiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aktsiyadorlik jamiyati deb e’tirof etiladi.


Ustav kapitali – tashkilotning boshlang’ich kapitali bo’lib, uning asosiy faoliyatini ta’minlash va kelgusida foyda olish uchun zarur.
Ustav kapitali - bu ta’sis hujjatida belgilangan doiradagi faoliyatni ta’minlash uchun ta’sischilarning (ishtirokchilarning) korxona mulkiga qo’ygan mablag’lari (ulushlari, aktsiyalar nominal qiymatida va hokazolar)ning pul ifodasidagi yig’indisidir. Ustav kapitalini shakllantirish jarayoni korxona tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq ravishda O’zR qonunchiligi tomonidan tartibga solinadi.
Ustav kapitali ro’yxatdan o’tkazilgan hajmda yoki to’langan aktsiyalarning nominal qiymati yig’indisi miqdorida aks ettiriladi. Ustav kapitalining hajmi ro’yxatdan o’tkazilgan ta’sis hujjatlaridagi summadan oshib ketishi mumkin emas. Korxona ustav kapitalining ko’payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori asosida va ta’sis hujjatlariga tegishli o’zgartirishlar kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, xo’jalik sub’ektlari faoliyati uchun davlat yoki ta’sischilar tomonidan ajratilgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, naqd pullar, hisob-kitob hisobvarag’idagi pul mablag’lari ustav kapitalining tashkil topish manbalari hisoblanadi. Ustav kapitali esa quyidagicha shakllanishi mumkin:
- ustav kapitaliga ta’sischilarning pul mablag’i ko’rinishidagi hissasi hisobiga;
- korxona tashkil topishida davlat qo’yilmasi hisobiga;
- moddiy boylik, qimmatbaho qog’oz, nomoddiy aktiv va boshqalar ko’rinishida ta’sischilarning qo’shgan ulushi hisobiga;
Korxona faoliyati davomida xo’jalik mablag’lari tashkil topish manbalari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kengayib, ko’payib boradi:
- soliq to’langandan keyin, korxona ixtiyorida qoladigan foydadan tashkil topadigan turli fondlar hisobiga (zahira kapitali, qo’shimcha kapital va h.k.)
- qarzga va kreditga olingan pul mablag’lari hisobiga;
- hissadorlar umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra, ustav fondi oshishiga yo’naltirilgan dividendlar hisobiga;
- maqsadli moliyalashtirish hisobiga;
- boshqa majburiyatlar hisobiga.
Hozirgi iqtisodiy sharoitida turli mulkchilik shakliga asoslangan kichik korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari, hamkorlikdagi korxonalar tashkil topishi bilan korxonalar mablag’ining manbasi bo’lib, ta’sischilar tomonidan korxonalarga quyilgan ulushlar yuzaga kela boshladi.
Hozirgi vaqtda mulkchilikning turli shakllari rivojlanayotgan bir paytda korxonalarda ustav kapitalining miqdori mazkur korxona tashkil topayotgan vaqtda tasdiqlangan ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan miqdori bilan muvofiq kelishi lozim. Uning miqdori o’z mulkchilik shaklini o’zgartirmaydigan korxonalarda o’zgarmaydi.
Davlat korxonalari xususiylashtirilganda mazkur korxona mulkini sotib olinish qiymatini aniqlash talab qilinadi, chunki ta’sis hujjatida ustav kapitali miqdorini aks ettirish lozim.
Aktsiyadorlarga korxona ustav kapitalidagi ulushining qaytarilishi ustav kapitali miqdorini kamaytirmaydi va bu muomala aynan aktsiyadorlik jamiyatining sotib olingan xususiy aktsiyalari kabi 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar – oddiy” va 8620 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar – imtiyozli” hisobvaraqlarining debetida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda hisobga olinadi.
8310 “Oddiy aktsiyalar” hisobvarag’i oddiy aktsiyalarni o’zida mujassamlashtirgan aktsiyadorlik kapitalining holati va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Aktsiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin uning ustav kapitali emissiya prospektida ro’yxatga olingan summada 8310 “Oddiy aktsiyalar” hisobvarag’ining krediti va 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari” hisobvarag’ining debetida aks ettiriladi. Korxonaning aktsiyadorlik kapitali hisobda ro’yxatdan o’tgan, lekin emissiyasi tugallanmagan miqdorda hisobga olinishi sababli e’lon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan) chiqarilgan (aktsiyadorlar tomonidan obuna amalga oshirilgan) va muomaladagi oddiy aktsiyalarning har qaysi emissiyasi bo’yicha alohida analitik hisob yuritish talab etiladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari o’z ustav kapitalini muomalaga qo’shimcha aktsiyalar chiqarish yoki muomaladagi aktsiyalarning nominal qiymatini oshirish yo’li bilan oshirishi mumkin. Aktsiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali miqdori aktsiyalar nominal qiymatining pasayishi, korxonalar tomonidan aktsiyalarning bir qismi aktsiya egalaridan sotib olinishi natijasida kamayishi mumkin.
Aktsiyalar likvidliligini oshirish maqsadida ularni maydalab yuborish, ya’ni, ularning nominal qiymatini mutanosib ravishda kamaytirib umumiy miqdorini ko’paytirish usuli qo’llaniladi. Aktsiyalarni maydalash natijalari aktsiyadorlar kapitalining hajmiga ta’sir ko’rsatmay, faqatgina yangi muomaladagi aktsiyalarning nominal qiymati pasaytirilishi va miqdorini ko’paytirishi sababli ushbu muomalalar bo’yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi. Ushbu muomalalarni 8310 "Oddiy aktsiyalar" hisobvarag’iga ochilgan analitik hisob registrlarida qayd qilish zarur.
8320 "Imtiyozli aktsiyalar" hisobvarag’i imtiyozli aktsiya ko’rinishida chiqarilgan aktsiyadorlik kapitalining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Aktsiyalar 8310 “Oddiy aktsiyalar” va 8320 “Imtiyozli aktsiyalar” hisobvaraqlarida nominal qiymatlari bo’yicha hisobga olinadi.
8310 “Oddiy aktsiyalar” va 8320 “Imtiyozli aktsiyalar” hisobvaraqlari bo’yicha analitik hisob korxonaning ta’sischilari va kapitalning shakllanish bosqichi bo’yicha ma’lumotlarning shakllanishini ta’minlashi shart.
8330 “Pay va ulushlar” hisobvarag’i korxonaning tashkiliy-huquqiy shakllariga asosan qatnashuvchilarning ulushlarini o’zida mujassamlashtirgan ustav kapitalining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Davlat korxonalari davlat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma mablag’lardan tashkil qilingan ustav kapitalini belgilangan tartibda shakllantiradi.
Korxona ro’yxatdan o’tgandan keyin uning ustav kapitali ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan pay va ulushlaridan tashkil topadi va 8330 “Pay va ulushlar” hisobvarag’ining krediti hamda 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari” hisobvarag’ining debeti tomonida aks ettiriladi.
8330 “Pay va ulushlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob korxonaning har bir ta’sischisi bo’yicha alohida yuritiladi.
Quyida ustav kapitali mablag’larini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Ta’sis hujjatlarida ko’zda tutilgan summada, (korxona ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin) ustav kapitali tasdiqlandi:
D 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”
K 8310 “Oddiy aktsiyalar” yoki
K 8320 “Imtiyozli aktsiyalar” yoki
K 8330 “Pay va ulushlar”.
2) Foydaning bir qismi ustav kapitalini ko’paytirishga yo’naltirildi:
a) hisoblangan dividendlar miqdorida:
D 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”
K 6610 “To’lanadigan dividendlar”.
b) ustav kapitalini ko’paytirishga yo’naltirilgan foyda miqdorida:
D 6610 “To’lanadigan dividendlar”
K 8310 “Oddiy aktsiyalar” yoki
K 8320 “Imtiyozli aktsiyalar” yoki
K 8330 “Pay va ulushlar”.
3) Ustav kapitali to’plangan kapital miqdorigacha kamaytirildi:
D 8310 “Oddiy aktsiyalar” yoki
D 8320 “Imtiyozli aktsiyalar” yoki
D 8330 “Pay va ulushlar”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
4) Korxona ta’sischilariga ulushlari qaytarildi:
D 8330 “Pay va ulushlar”.
K 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarz”
5) Aktsiyadorlardan sotib olingan va bekor qilingan xususiy aktsiyalar ustav kapitalining kamaytirilishiga hisobdan chiqarildi:
a) nominal qiymatdan yuqori bahoda sotib olish:
- nominal qiymatiga:
D 8310 “Oddiy aktsiyalar” yoki
D 8320 “Imtiyozli aktsiyalar”
K 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy” yoki
K 8620 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli”;
- nominal qiymatidan oshgan summaga:
D 8410 “Emissiya daromadi” yoki
D 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”
K 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy”
K 8620 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli”
b) nominal qiymatidan past narxda sotib olish:
- sotib olish qiymatiga:
D 8310 “Oddiy aktsiyalar” yoki
D 8320 “Imtiyozli aktsiyalar”
K 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy” yoki
K 8620 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli”;
- nominal qiymatidan past summaga:
D 8310 “Oddiy aktsiyalar” yoki
D 8320 “Imtiyozli aktsiyalar”
K 9590 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy”.
Jamiyatning aktsiyalari maxsus reestrlarda ro’yxatga olinadi. Quyilmalar bo’yicha aktsiyalar bilan olib borilgan hisob-kitobning analitik hisobi aktsiyadorlarning har biri bo’yicha kartochkalar, qaydnomalarda ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha qarzlari, qarzlarini qaytarish muddati, qarzni qaytarish hisobiga topshirilgan aktivlar summasi ko’rsatilgan holda yuritiladi. Sotib olingan aktsiyalar summasini ta’sischilar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, so’mda va xorijiy valyuta pul mablag’lari va boshqa material qiymatliklari bilan to’lashi mumkin.
Analitik hisob yuritish uchun asos bo’lib, ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari va boshqalar hisoblanadi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin