Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Hisobotning asosiy shakllari va turlari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə302/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Hisobotning asosiy shakllari va turlari. Iqtisodiy mazmuni va hisobot ko’rsatkichlarini olish manbaiga ko’ra, moliyaviy va statistik hisobotga bo’linadi.
Moliyaviy va statistik hisobot sobiq sovet xo’jalik yuritish tizimida bitta davlat hisoboti deb qaralar edi. Ular asosan yuqori tashkilotlarga, moliya organiga, bank muassasiga, statistik organiga topshirilar edi.
Ammo ular o’rtasidagi eng muhim farq ko’rsatkichlar mazmunida va tegishli hisobot shakllarini tuzish usulidadir. Statistik hisoboti, operativ-texnik, statistik va moliyaviy hisobining ma’lumotlari asosida tuzilsa, moliyaviy hisoboti esa asosan hujjatlar bilan tasdiqlanadigan buxgalteriya hisobi yozuvlari asosida tuziladi.
Moliyaviy hisobotida asosan umumiy ko’rsatkichlar, masalan, korxona mablag’lari, balans foydasi va h.k. Statistik hisobotda bo’lsa, mutloq miqdorlar bilan birga nisbiy va o’rta miqdorlar haqida ma’lumot beradi. Masalan foizlarning o’sish sur’ati, o’rtacha daraja u yoki bu ko’rsatkichlarning o’sish yoki pasayish dinamikasi va boshqalar.
Moliyaviy hisobot xo’jalik faoliyati haqidagi asosiy ta’minot manbaidir. U birinchidan, korxonaning o’ziga kerakdir. Ikinchidan – korxonada ishlamaydigan shaxslarga (hissadorlik ja’miyatlarida), ya’ni o’z mablag’ini ulush sifatida qo’ygan hissadorlar va boshqa kreditorlarga kerak. Uchinchidan hisobot davlatning soliq va boshqa organlariga kerak.
Moliyaviy hisobot turli moliya va tijorat tuzilmalari uchun kerak. Ular qimmatli qog’ozlarni oldi-sotdisini olib boradilar, ya’ni birjalar, banklar.
Moliyaviy hisobot avvalombor korxona mulki tarkibini hamda korxona moliya natijalarini xarakterlaydi. Undan tashqari bu hisobotda boshqa korxonalar bilan bo’ladigan hisob-kitobldar, moliya organlari va bank muassasalari bilan bo’ladigan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotlarini mana shunday to’liq berilishi shu bilan tavsiflanadiki, korxona mustaqil iqtisodiy ob’ekt deb qaraladi.
Statistik hisobot o’z oldiga xarajatlar jarayoni ustidan umumiy nazoratni amalga oshirishni mo’ljallaydi. Statistika ayrim olingan korxonaga mustaqil ob’ekt emas, balki butun iqtisodiyotning bir qismi deb qaraydi. Statistik hisobot hudud, tarmoq bo’yicha, ma’lum bir ko’rsatkichlarni bajarilishini nazorat qilib, ular to’g’risida ma’lumot beradi. Shunga qarab, statistik hisoboti shakllanib boradi.
Hisobot iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab, umumdavlat va korxona ichidagi bo’linish mumkin.
Umumdavlat hisoboti Moliya vazirligi va Davlat statistik qumitasi tomonidan belgilangan shakl va tartibda tuziladi va tegishli organlarga o’z vaqtida topshirilishi lozim bo’ladi. Korxona ichidagi hisobot esa qisqa bo’lib, shu korxona ichida foydalaniladi. Masalan, kassir hisoboti, moddiy javobgar shaxs hisoboti va ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish rejalarining bajarilishi haqidagi hisobot. Bu hisobotlar korxona rahbari, bosh hisobchi belgilagan muddatda tegishli bo’limlarga, ya’ni asosan buxgalteriya bo’limiga topshirilishi lozim.
Hisobotda bir korxona ko’rsatkich ma’lumotlari yoki bir necha korxona ko’rsatkich ma’lumotlari ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Demak, shu xususiyatiga ko’ra hisobot dastlabki va yig’ma bo’lishi mumkin.
Yig’ma hisobot birlashmalar, assotsiatsiyalar, hissadorlik jamiyatlari, bosh boshqarmalar, vazirliklar, tarmoqning boshqa yukori tashkiloti tomonidan tuziladi.
Hisobotni tuzish va topshirish muddatiga ko’ra, yil ichidagi (davomidagi) va yillik hisobotga ham bo’lish mumkin. Yil ichidagi hisobot esa, oylik, choraklik va yarim yillik bo’ladi. Oylik hisobot asosan, ayrim soliq hisobotlari va hisob-kitorlar va statistik hisobotidan iborat bo’ladi.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag’larining harakati to’g’risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunning 22-moddasida yillik moliyaviy hisobot tarkibi keltirilgan:
- buxgalteriya balansi;
- moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot;
- pul oqimlari haqidagi hisobot;
- xususiy kapital to’g’risidagi hisobot;
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Xalqaro standartlar bo’yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi sub’ekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o’z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo’linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O’zR Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin