Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi suv havzalarining sanitar holati


-mavzu: Oqova suvlarni tozalashning kimyoviy usullari



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə23/55
tarix18.11.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#132881
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
suv havza. majmua

8-mavzu: Oqova suvlarni tozalashning kimyoviy usullari.

Oqova suvlarni kimyoviy tozalashga neytrallash, oksidlash YA qaytarish usullari kiradi. Bu usullarni amalga oshirish uchun turli reagentlardan foydalaniladi. Shu sababli ham jarayonni o‘tkazish qimmatga tushadi. Bu usullar erigan moddalarni ajratib olishda, suv ta'minotining yDpiq tizimida ishlatiladi. Odatda kimyoviy tozalash usuli biologik tozalashdan oldin taxminiy tozalash sifatida yoki biologik tozalashdan so‘ng oqova suvni to‘liq tozalash maqsadida o‘tJtaziladi.




Neytrallash
Mineral kislota yoki ishqorli oqova suvni suv havzalariga tashlashdan yoki texnologik jarayonlarda ishlatishdan oldin neytrallanadi. Bunda pH ko‘rsatkichi 6,5—8,5 gacha bo‘1gan suv amalda neytrallangan hisoblanadi.
Neytrallashni: kislotali va ishqorli oqova suvlarni aralashtirib, reagentlar qo‘shib, kislotali suvlarni neytrallovchi materiallar orqali fıltrlab, kislo* mli gazlarni ishqorli suvlar bilan absorbsiyalab, yoki ammiakni kislotali suvlar bilan absorbsiyalab olib borish mumkin. Neytrallash usulini tanlash oqova suvning hajmi va konsentratsiyasiga, uni quyilish rejimiga, qo‘shiladigan reagent- larning miqdori va narxiga bog‘1iq. Neytrallanish jarayonida cho‘kma hosi1bo‘lishi mumkin. Ularning miqdori oqova suvning tarkibi va konsentratsiyasiga, shu bilan birga qo‘llanilayotgan reagentlarning turi va sarfıga bog‘1iq.
Aralashtirib neytrallash. Bu usul biror korxona yoki qo‘shni korxonalarda boshqa komponentlar bilan ifloslanmagan kislotali va ishqorli suvlar mavjud bo‘1ganda qo‘1lani1adi.
Kislotali va ishqorli suvlar aralashtirgichlar yordamida yoki aralashtirgichlarsiz aralashtiriladi. So‘nggi holatda aralashtirish tezligi 20—40 m/s bo‘1ganda havo yordamida olib boriladi (5.1- rasm).
Oqova suvlarning konsentratsiyasi o‘zgaruvchan bo‘1ganda qurilmaga me'yor1ashtirgich qurilmasi kiritiladi yoki oqova suv aralashtirish kamerasiga avtomatik ravishda uzatiladi. Aralashtirish kamerasiga kelgan oqova suvning miqdoriy nisbati stexiometrik tenglamalar orqali hisoblanadi. Kislotali yoki ishqorli oqova suvni ajratish uchun tegishli reagentlar qo‘shiladi. Neytrallangan suv ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladi, cho‘kmasi esa shlam maydonlari yoki vakuum-filtrda suvsizlantiriladi.
Reagentlarni qo‘shish yo‘li bilan neytrallash. Kislotali suvlarni neyirallashda NaOH, KOH, Na2CO3 NH,OH (ammiakli suv) CaCO„ MgCO,; dolomit (CaCO, MgCO,), sement ishlatiladi. Eng arzon reagent kalsiy gidroksid hisoblanadi. Uning tarkibida 5—10a faol ohak bor deb hisoblanadi. Soda va natriy gidroksid sanoat chiqindilari hisobida ishlatiladi. Ba'zida neytrallash uchun ishlab chiqarishning turli chiqindilari qo‘llaniladi. Masalan: po‘1at eritish, ferroxrom va domna sanoati shlaklari sulfat kislotasi bo‘lgan suvlarni neytrallashda qo‘llaniladi.
Reagentlar kislotali suvlarning tarkibi va konsentratsiyasiga qarab tanlanadi. Bunda reagent qo‘shilganda cho‘kma tushishi yoki tushmasligi inobatga olinadi. Kislota tarkibli oqova suvlar 3 turga bo‘linadi:



5.1- rasm. Aralashtirgich neytralizatori:
I — sig‘im; 2 — havoni taqsimlovchi.

1) tarkibida kuchsiz kislotalar (H,CO„ CH,COOH) bo‘1gan oqova suvlar;


2) tarkibida kuchli kislotalar (HC1, HNO3) bo‘1gan oqova suvlar. Ularni neytrallash uchun yuqorida qayd etilgan reagentlar- ning har qaysinisi ishlatilishi mumkin. Bu kislotalarning tuzlari suvda yaxshi eriydi.
3) tarkibida oltingugurt va oltingugurtli kislotalar bo‘1gan oqova' suvlar. Bu kislotalarning kalsiyli tuzlari suvda yomon eriydi va cho‘kmaga tushadi.
Neyırallash uchun oqova suvga ohak kalsiy gidroksid (ohakli suv «ho‘1» me'yor1ash) yoki quruq kukun («quruq» me'yorlash) ko‘rinishida qo‘shi1adi.
Kislotali suvlarni ohakli suv bilan neytrallash. Sulfat kislotali oqova suvlarni neytrallash uchun ohakli suvdan foydalanilganda gips — CaSO4 ,2H2O cho‘kmaga tushadi.

5.2-rasm. Reagentli neytrallash stansiyasi chizmasi: 7—qiimtutgichlar; 2—me’yorlashtirgich1ar; 3—reagentlar ombori; #—eritmali bak; 5—dozator; Waralashtirgich; 7--neytralizator; 8—tindirgich; 9—cho‘kma zichlashtirgich; O—vakuum-filtr;


—suvsizlantirilgan cho‘kma yig‘uvchi; J2—shlam maydonchasi.



5.3-rasm. Kislotali oqova suvlarni kalsiy gidroksid (ohakli suv) bilan neytrallash chizmasi: /—me’yorlashtirgich; 2—ohak (CaO) ni kuydirish uchun qurilma; 3—eritma uchun baklar; Mdozatorlar; 5—neytralizator; 6—tindirgich.
Gipsning eruvchanligi haroratning oshishi bilan o‘zgaradi. Bunday eritmalarning aralashuvida quvur devorida gipsning ko‘chishi va uning to‘lib qolishi ro‘y beradi. Quvur to‘1ib qolmasligi uchun ularni toza suv bilan yuvib turish yoki oqova suvga maxsus yumshatuvchilar, masalan, geksametafosfat qo‘shish kerak. Neytrallangan suvning harakat tezligining ortishi quvur devorlarida gipsning ko‘chishini kamaytiradi.
Ishqorli oqova suvlarni neytrallash uchun turli kislotalar yoki kislotali gazlar ishlatiladi.
Kislotali suvlarni neytrallovchi moddalar orqali filtrlab ne7- trallash. Kislotali suvlarni neytrallash uchun ularni magnezit, dolomit, qattiq chiqindilar (shlak, ku1) qatlami orqali filtrlanadi. Jarayon gorizontal, vertikal ko‘rinishdagi filtr-neytralizatorlarda olib boriladi. Vertikal filtrlar uchun ohaktosh yoki o‘lchami 30— 80 mm li bo‘1gan dolomit bo‘1aklari qo‘11aniladi. Material qatlami qalinligi 0,85—1,2 m bo‘1ganda, tezligi 5 m/s, ta'sir1ashuv vaqti 10 daqiqadan kam bo‘lmas1igi lozim. Gorizontal fıltrlarda oqova’ suvning oqim tezligi 1—3 m/s.



5.4-rasm. Ishqorli oqova suvni tutun gazlari büan neytrallovchi neytralizator.


Hozirda ishqoriy oqova suvni neytrallash uchun CO2, SO„ NO2, N2O, singari gazlardan foydalanilmoqda.


CO2 ning yomon eruvchanligi natijasida neytrallangan eritma deyarli qayta oksidlanmaydi. CO2 ning yomon eruvchanligi neytral- lash, eritmalarning qayta oksidlanishi xavfini kamaytiradi. Hosil bo‘lgan karbonatlar sulfat va xloridga qaraganda ko‘proq ishlatiladi.
Bundan tashqari, suvdagi Ch, ionlarining korroziya va zaharlilik ta'siri, SO4* va C13 ionlariga nisbatan kam. Neytrallash jarayoni aralashtirgichli reaktorlarda, tarelkali, plenkali va changlatuvchi kolonnalarda o‘tkazi1adi.
Tutun gazlar ventilator yordamida aralashtirgich vali atrofı- dagi yumaloq bo‘sh1iqqa uzatiladi va aralashtirgich yordamida pufakcha va oqimlar ko‘rinishida oqova suvlarda taqsimlanadi, natijada reaktorga tushadi. Suv va gazlar orasidagi ta'sır1ashısh yuzasining kattaligi sababli oqova suv tez noytrallanadi. Gazlarda SO2 ishtiroki ishqorli oqova suvlarning neytrallanishiga sabab bo‘1adi.
Tarelkali kolonnalarda jarayonlarni olib borishda neytrallanish darajasi gazning tezligi oshishi bilan ko‘payadi. Neytrallanish uchun zarur bo‘1gan kislotali gazning miqdori massa sarfi teng- lamasi orqali aniqlanadi:
M = -x f-l F öc,
bu yerda, 3f— neytrallanish uchun zarur bo‘1adigan kislotali gazlarning miqdori; x — tezlashtirish faktori; §, — suyuq fazadagi massa berish koeffitsiyenti; J— fazalar ta'sir yuzasi; bc — jarayon- ni harakatlantiruvchi kuch.
Ishqorli oqova suvlarni tutun gazlar bilan neytrallash sanoat korxonalarida, jumladan, asbest-sement ishlab chiqarish korxo- nasida qo‘llani1gan. Bu korxona oqova suvlarining pH muhiti 12—13 (80 mg—ekv/1)9a teng. Suvning ishqorlanishi unda kalsiy gidroksidning doimiy ravishda ishqorlanib turishi bilan tushun- tiriladi. Neytrallash tutun gazlar (5—6 CO,) bilan absorberda olib boriladi.
Aralashtirgichda reaksiya quyidagicha ketadi:
OH* + HCO°, —+ H2O + CO3'°; Ca2++ CO,2‘ —+ CaCO,
Kalsiy karbonat sirkulatsion idishda cho‘kma hosil qiladi.
Oqova suv to‘1iq neytrallanganda absorberda karbonatli cho‘kma hosil qilmaydigan aralashma olinadi. Bunda absorberda quyidagi reaksiya boradi:
2OH* + CO2—+I-{2O + CO3°* , CO,°* + CO2 + H2O 2HCO,°
Neytrallash uchun katta oqimli, yirik, teshikli, tarelkali absorberlardan foydalaniladi. Bunda, tarelkalar erkin oqimi 30 dan ko‘proq va yoriq o‘1cham1ari 20x30 mm, ko‘proq bo‘1adi.



Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin