Oqova suvlardan neft mahsulotlarini ajratib olishda qo’llasak bo’ladi. Oqova suvlardan mayda va o‘rtacha dispergatsiyalangan aralashmalarni ajratib olish uchun, ajratish faktori 2500 dan ko‘p bo‘lgan sentrifugalar qo‘llaniladi. Iqtisodiy tomonidan qaralganda, ajratib olingan cho‘kma tarkibi qimmatbaho hisoblanib, uni rekuperatsiyalash mumkin bo‘lganda va cho‘kmani ajratib olish uchun reagent qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda sentrifugalardan oqova suvlarni lokal tozalashda foydalanish, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Davriy ishlaydigan sentrifugalarni oqova suv tarkibidagi erimaydigan aralashmalar konsentratsiyasi 2....3 g/l dan ko‘p bo‘lganda va agar, hosil bo‘lgan cho‘kmalar sementatsiyalanganda yoki yuqori abrazivlik xususiyatlarini namoyon qilgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Davriy ishlaydigan sentrifugalar, suv sarfi 20 dan oshmaydigan oqova suvlarni tozalash uchun, zarurati bo‘lganda gidravlik yirikligi 0,05…0,01 mm/s bo‘lgan zarrachalarni ajratib olish uchun qo‘llaniladi.
Suyuqlikli separatorlar Turli suyuq chiqindilarni markazdan qochma kuch bilan ajratib olish uchun qo‘llaniladigan uskunalar orasida suyuqlikli separatorlar keng tarqalgandir, ular yupqa qatlamli sentrifugalash (separatsiyalash) prinsipi bo‘yicha ishlaydilar. Neft sanoatida ulardan, masalan, suv-neftli emulsiyalarni tozalashda, moylarga qo‘shilgan qo‘shilmalardan mexanik aralashmalarni ajratib olishda, neft quduqlarini parmalashda qo‘llaniladigan loyli eritmalarni tozalashda, neftni qayta ishlash zavodlarida hosil bo‘lgan oqova suvlarni tozalashda, nordon gudronni tiniq distillyatlardan ajratib olishda foydalaniladi.
Tarelkasimon separator qurilmasi va ishlashi sxemasi:
1 – kek yig‘gich; 2 — rotor; 3 — tarelkalar; 4 — ta’minlovchi quvur; 5 — to‘kuvchi quvur.
Faol loyqani va nam cho‘kmani quyultirish uchun tarelkasimon kirgizmali suyuqlikli separatorlarni qo‘llash keng tarqalmoqda. Davriy va kekni pulsatsiyalab bo‘shatiladigan separatorlarda namligi 99,4…99,6 % bo‘lgan faol loyqani suvsizlantirishda loyqa namligi 88,1…91,4 % gacha kamaytirilgan. Nam va achitilgan cho‘kmalarni sentrifugalab olingan fugatni ajratishda, kek namligi 89,3…92,1 % ni tashkil qildi. Separatorda faol loyqa 95,6…97,9 % gacha quyuqlashtirildi. Xuddi shu oraliqlarda nam va achitilgan cho‘kmada ishlagan shnekli sentrifugalarda fugatni separatsiyalash vaqtida ko‘rsatkichlar olindi.
Suyuqlikli separatorlarni sanoatning ba’zi soxalarida qo‘llanilishi mumkin, masalan, meditsina sanoati, shuningdek, go‘sht kombinatlarida ham oqova suvlarini tozalash uchun qo‘llash mumkin.