Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi “A.Qahhorning hikoyanavislik mahorati” fani oliy o‘quv yurtlarida o‘tiladigan “Yangi o‘zbek adabiyoti” fanining bir qismi hisoblanadi. U o‘z xulosalarini chiqarishda adabiyotshunoslikka kirish, adbiyot nazariyasi, adabiy tanqid va estetika fanlari yutuqlariga tayanadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni Umumta’lim maktablari, akademlitsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy maktab filologik ta’limini yo‘lga qo‘yishda ushbu fan muhim ahamiyat kasb etadi. “A.Qahhorning hikoyanavislik mahorati” fanini to‘liq o‘zlashtirish ta’lim tizimi, va boshqa sohalarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar “A.Qahhorning hikoyanavislik mahorati” fanini komyuterlardan, internetdan, kino, radio va televidenie materiallaridan foydalanish. Darslarga matbuotdagi eng so‘nggi yangiliklarini tatbiq etish.
2. Fandan o‘tiladigan mavzular va ular bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti