Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə8/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

b) Kasbiy bilimlar;
v) Pedagogik qobiliyat;
s) Pedagogik texnika.
A) O‘qituvchi shaxsiyatining insonparvarlik yo‘nalishi.
O‘qituvchi shaxsiy sifatlarida, faoliyatida yetakchi o‘rinni insonparvarlik, sofdillik, poklik va halollikni egallashi mumkin. Bolalar, yoshlar tarbiyasi uchun Vatan oldida, millat va kelajak oldida javobgarlikni his etmas ekan, biz uni haqiqiy o‘qituvchi deya olmaymiz.
O‘qituvchi o‘z shaxsidagi eng yaxshi, oliy sifatlarni, bilim va tajribasini o‘quvchilarga rejali ravishda singdirib boradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ba’zan bir o‘qituvchi bir necha yil davomida bir guruhga rahbarlik qilsa shu guruhdagi o‘quvchilarning xatti-harakatlarida, xulq-atrofida, gap so‘zlarida bu o‘qituvchining ayrim xususiyatlarini ko‘rish mumkin. Avtoritar shaklda ish yurituvchi o‘qituvchilarning guruhlarini uzoq vaqt kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bu guruhdagi o‘quvchilar orasida qattiqqo‘l, shafqatsiz shaxslar o‘sib chiqishi aniqlangan.
B) Kasbiy bilimlar. Ilg‘or o‘qituvchilarning ikki xil qiziqishlari bo‘ladi:

  1. O‘z sohasini – ya’ni o‘z predmetini chuqur bilimlar yoki bilishga intilish. Psixologiya va pedagogika fanining eng yangi yutuqlarini egallash.

  2. Bolalar bilan muloqot ehtiyoji.

Bu ikkala qiziqish ham o‘zaro juda yaqindan bog‘liq bo‘lib, agar o‘qituvchi o‘z sohasini bilsa-yu, o‘quvchilarni yoqtirmasa, muloqot ehtiyoji bo‘lmasa, bunday o‘qituvchining maktabda ishlashi qiyin bo‘ladi.
Shuningdek, o‘qituvchi bolalar va yoshlar psixologiyasini va pedagogikasini, yoshlar va pedagogik-psixologiya fanini etarli darajada bilishi shart. Demak, o‘qituvchi kasbi uchun zarur bo‘lgan bilim va tajribalardantashqari, pedagogik vazifa va pedagogik vaziyatni hal etishiga foydalanish mumkin bo‘lgan pedagogik vositalardan samarador foydalana olishi uchun unda pedagog vazifa va vaziyatni chuqur tahlil eta olish uchun har tomonlama mustahkam bilimli bo‘lishi talab qilinadi. Ayniqsa, o‘qituvchi o‘zi berayotgan bilimlarini jonli, obrazli qilib berish qobiliyatini chuqur egallagan bo‘lishi kerak.
Kasbiy bilimlarning mukammal bo‘lishi uchun quyidagilar talab etiladi:

  1. Fan metodologiyasi – jamiyatning ta’lim va tarbiya sohasidagi talab va vazifalarining falsafiy asoslarini bilish.

  2. Nazariy bilimlar – pedagogika-psixologiya fani va o‘z fanining qonun va qonuniyatlari, qoida va tamoyillarini bilish.

  3. Metodik bilimlar – o‘quv ta’lim jarayoni konstruksiyasining modelini amaliy va nazariy jihatdan tuza olishi kerak (ta’lim jarayonini modellashtira olishi).

  4. Ta’limning texnologik tomoni – konkret sharoitda ta’lim va tarbiya sohasidagi amaliy vazifalarni samarali hal eta olishi.


Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin