Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə10/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Hissiy tuyg‘ular.

O‘qituvchi, o‘z-o‘zini(kayfiyatini, his-tuyg‘usini, asab va ruhiy holatini) boshqara olishi zarur. O‘z-o‘zini boshqarishni doimo va tinmasdan o‘rganish natijasida o‘zlashtirish mumkin. O‘qituvchi o‘zini tashqaridan ko‘ra olish qobiliyati bo‘lsa, o‘z yutuqlarini oshirish va kamchiliklarni kamaytirish ustida ishlay oladi. Zarur sharoitda pedagog psixologik ta’sir eta olish usullarini o‘rgansa, uning o‘quvchilar jamoasini boshqarishi ham yengillashadi.

  1. O‘quvchining kelajagiga ishonch. O‘qituvchi o‘quvchilarning ijobiy tomonlarini, yaxshi sifatlarini, kelajagini ko‘ra olish va uni shu kelajakka to‘g‘ri yo‘naltira olishi va tarbiyalashi kerak. Buning uchun o‘quvchilarning ijobiy sifatlarini izlash, topish va rivojlantirish zarur bo‘ladi.

o‘quvchini kamsitish; “Sendan yaxshi odam chiqmaydi”, “Sen odam bo‘lmaysan” kabi haqoratlar bolaning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir etishi, pedagogik va psixologik tadqiqotlarda isbotlangan.

  1. Kreativlik – o‘qituvchi voqealikka narsa va hodisalarga, darsga noan’anaviy yondashishni o‘rganishi zarur bo‘ladi. XXI asr yangiliklar, ixtirolar asri bo‘lib, o‘qituvchidan doimo izlanishni talab etadi.

S) Pedagogik texnika.
Pedagogik texnika – bu o‘qituvchi faoliyatining(xatti-harakatining) tashkiliy shaklidir.
Pedagogik texnika ikkita katta guruhda farqlanadi:
Birinchisi - o‘z-o‘zini boshqarish malakasi(gavdasini, gavda a’zolarini boshqarish), hissiy holatini boshqara olishi, nutq texnikasi va madaniyatini o‘zlashtirishi.
Ikkinchisi – bu asosan didaktik malaka va ko‘nikmalar, tashkilotchilik, kommunikatsiya, dars konstruksiyasi va boshqa qobiliyatlarning majmuasidan tashkil topgan.
Pedagogik vazifa – bu ongli ravishda yuzaga keltirilgan pedagogik vaziyat bo‘lib, uning bosqichlari oldindan rejalashtiriladi.
Pedagogik vaziyat to‘satdan yuzaga keladigan pedagogik vazifa yoki vaziyat, o‘zaro munosabatlarning muammoli holatidir.
Pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi yuzaga kelgan pedagogik vaziyatni chalkash “zanjirlarini” tartibga keltiradi. Masalan: Dars boshlanadi. Lekin sinfda o‘quvchilar janjallashib qoldilar - bu pedagogik vaziyat. Bir necha o‘quvchi uy vazifasini bajarmasdan kelgan - bu ham pedagogik vaziyat. O‘qituvchining vazifasi: shu vaziyatlarning yechimini rejali, bosiqlik bilan hal eta olishdir. Guruhda yuzaga kelgan muammolarning yechimini topish o‘qituvchining vazifasidir.
Pedagogik vazifaning yechimini topishning bir nechta bosqichlari mavjud:

  1. Vaziyatni tahlil etish va muammoni chuqur fikrlash orqali yechish. Tajribasiz o‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyatning(nizoning) kelib chiqish sabablarini aniqlamasdan, uni tahlil etmasdan darhol vazifani hal etishga kirishadi. Vaholanki, nizoning asl sabablari aniqlanmadi, demak vazifani hal etish uchun qabul etilgan qaror ham ko‘pincha xato bo‘ladi.

2. Kelishmovchilikni, nizoni keltirib chiqargan butun pedagogik jarayon keng va chuqur tahlil etiladi. O‘quvchining asab va ruhiy holatini, oilaviy sharoiti, o‘rtoqlarining ta’siri va boshqa omillar, ayniqsa o‘qituvchi o‘zining xatti-harakatini chuqur tahlil etishi kerak. Natijada yuzaga kelgan pedagogik vaziyatning sabablari, motivlari ayon bo‘ladi.
3.Pedagogik vaziyat va pedagogik vazifa haqida gipoteza, taxmin ilgari suriladi. Qanday pedagogik chora va vositalardan, usul va metodlardan foydalanish haqida qaror qabul qilinadi va asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. Ammo, vazifani hal qilishda, biror bir uslubdan foydalanish imkoniyati bo‘lmasa, bu uslub boshqasi bilan almashtiriladi. Shuni unutmaslik kerakki, o‘quvchida yuzaga kelgan pedagogik vaziyatning asl sababini o‘qituvchi avvalombor o‘zidan axtarishi kerak.
Albatta, quruq axborotlar hech kimni qiziqtirmaydi. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘z darsini qiziqarli o‘tishga, materialni his-tuyg‘u bilan berish uchun ovozidan, yuz qiyofasidan, xatti-harakati bilan berib, darsning ta’sirchanligini oshirishga harakat qiladi. O‘quvchilarda ijobiy his-tuyg‘u, uyg‘otgan axborot mustahkam bo‘ladi. Psixologiya fanida ko‘pincha his-tuyg‘uni, axloqiy, intellektual, mehnat va estetik his-tuyg‘ular farqlanib uni chaqiruv omillar bo‘yicha turlarga ajratadilar.
Kan-Kalikning fikricha “estetik his-tuyg‘u”dan boshqa his-tuyg‘u yo‘q. Yuqorida keltirilgan sohalar: mehnat, san’at, intellektualli ish va boshqalar faqat estetik his-tuyg‘uni paydo qiladi. Albatta, his-tuyg‘u yuqoridagi sohalarning go‘zalligi, yuksakligi, ajoyibligi bilan ijobiy his-tuyg‘uni yuzaga keltiradi. Agar mehnat, san’at va boshqalar arzimas, ko‘rimsiz, xunuk bo‘lsa salbiy his-tuyg‘udan boshqa hech narsani chaqirmaydi.
Bu his-tuyg‘ular tashqarida namoyon bo‘lganda qaddi-qomatimizda, nafas olishimizda, ovozimizda, qo‘l harakatimizda va boshqa joylarda kuchayadi. Ichkarida esa ichki bezlarning kuchli ishlashi natijasida qonda adrenalinning miqdori oshadi, yurak, qon tomirlari va boshqa a’zolarning ishi kuchayadi. O‘qituvchi faqat inson fiziologiyasini bilib qolmasdan, balki o‘zining his-tuyg‘usini rivojlantirish bilan shug‘ullanishi ham kerak.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin