shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xos xususiyatlari
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar. Yosh davrlari psixologiyasi. Genetik, tug’ma yoki orttirilgan ijtimoiy omillar.
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar. Yosh davrlari psixologiyasi. Genetik, tug’ma yoki orttirilgan ijtimoiy omillar.
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish. Davrlarga bo’lishga qaratilgan klassifikasiyalar. J.Piaje bo’yicha intellektni rivojlanish bosqichlari. 1965 yili XFAning maxsus simpoziumida qabul qilingan yosh davrlari sxemasi. E. Eriksonning shaxs “Men”ini rivojlanish bosqichlariga tayangan klassifikasiyasi.
Bolalik – ilk yoshlik davri. 1 yoshdan keyingi taraqqiyot. 3 yoshgacha bo’lgan taraqqiyot. Maktabgacha tarbiya yoshi davri. Bolalikning maktab davri.
O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xos xususiyatlari. O’smirlik davri va uning o’ziga xos psixologik talqini. O’spirinlik davri xos qonuniyatlar. Professional o’z-o’zini anglash bosqichlari. Yoshlardagi attraksiya va emosional munosabatlar. Do’stlik. Sevgi.
Yetuklik davri psixologiyasi – Akmeologiya. Levinson tasnifi bo’yicha yetuklik davrining bosqichlari. Akmeologiya va uning lug’aviy ma’nosi. Akmeologiya fanining asosiy vazifasi.
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar
Mashhur rassom Pablo Pikasso 80 yoshga kirganda: “Yoshlik va keksalik tushunchasi inson o’zi ruhan qarigandagina ma’lum ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda men ancha keksayib qolganimga qaramay, o’zimni 20 yoshliday his qilmoqdaman”, – deb yozgan ekan. Ya’ni, inson umri ma’lum davrlarga bo’linar ekan, uning har bir bosqichi shaxsning o’zi va yaqinlariga qilgan ezgu ishlarining qadr-qimmatiga ko’ra baholanadi. Shu bois ham, shaxs taraqqiyotining u yoki bu bosqichidagi yosh xususiyatlarini bilish ta’lim-tarbiya jarayonida amaliy ahamiyat kasb etadi
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o’zgarishlariga ega bo’lgan ko’rsatgichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala ko’rsatgich nuqtai nazaridan o’rganishi va shaxs xulqini boshqarish, unga ijobiy ta’sir ko’rsatishda ularga tayanmog’i lozim. Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o’ta murakkab jarayon bo’lib, har bir davrning o’z qonuniyatlari mavjud. Har bir bosqichda shaxsning biror bir xususiyatlari o’zining yetuklik bosqichiga erishadi.