Nima uchun bu aspekt fonologiya deb nomlanadi? Tayanch tushunchalar Tovushning fizik-akustik tabiati — tovushning balandligi, kuchi, tembri, cho‘ziqligi, ularning eshitilish xususiyatlari.
Gers (Hz) — tebranayotgan jismning (masalan, un paychalarining) tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib • kelishi. Ovozning past yoki balandligi gerslar miqdori bilan belgilanadi.
Infratovush- 16 Hz dan kam chastotali tovush.
Ultratovush — 20000 Hz dan ortiq chastotali tovush.
Tovushning balandligi — tovushning un paychalari tebranishi chastotasiga bog'liq sifati.
Tovushning kuchi — 1 sm2 maydondan 1 sekundda o‘tadigan energiya miqdori. U detsibel bilan olchanadi.
Tovush tembri— tovushning asosiy ton (ovoz) va yordamchi tonlar (obertonlar) qo‘shilmasidan tarkib topuvchi sifati.
Formantlar — tovush tembrini ifodalovchi va uning boshqa tovushlar tembridan farqini ko‘rsatuvchi chastotalar.
Spektograf— tovush formantlarini aniqlovchi maxsus apparat.
Tovush cho‘ziqligi — tebranishning oz yoki ko‘p vaqt davom etishi.
Tovushning sifat belgilari — tovushning balandligi, kuchi (intensivligi), tembri.
Tovushning miqdor belgisi — tovushning cho‘ziqligi. Nafas apparati — havo manbayi. Bu apparat o‘pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko'krak qafasi kabi a’zolardan iborat.