H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə86/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   170
H jamolxonov

yilning 4- iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi yig‘ilishida «0‘zbek adabiy tilining orfografiyasi» (loyiha) ham ba’zi o‘zgarish va tuzatishlar bilan tasdiqlandi101. Shunday qilib, o'zbek yozuvi tarixining yangi bosqichi — rus grafikasiga asoslangan davri boshlanadi.

  1. 1941- o‘quv yilida maktablarning quyi sinflarida o'quv jarayoni yangi yozuvga ko'chiriladi.

  2. 1942- o‘quv yilida maktablarning yuqori sinflarida ham o‘quv jarayoni yangi (kirillcha o'zbek) yozuvga ko'chiriladi.

1943—1946- yillarda alifbe va imlo asoslarini ommaga singdirish ishlari olib boriladi. Shu yillar ichida yozuv amaliyotida imlo qoidalaridan chetga chiqish, ulargag'ayri qonuniy o'zgartirishlar kiritish, adabiy tilning tayanch shevalariga yetarli amal qilmaslik kabi nuqsonlarga yo'l qo'yilayotganligi ham ma’lum bo'ladi. Bunday nuqsonlarga barham berish, kamchiliklarni tuzatish maqsadida 1946- yilda orfografiya qoidalarining yangi to'plami yaratiladi, imlo lug'ati va qiyin so'zlar lug'atini tuzishga kirishiladi.
1947-1950- yillarda A S .Pushkin nomidagi Til va adabiyot institutida maxsus tuzilgan orfografiya komissiyasi ish olib boradi: bu komissiya 1946- yilda tuzilgan va nashr ettirilgan qoidalar to'plamini matbuotda va turli kengashlarda bildirilgan fikrlar asosida qayta ishlaydi, shu asosda yangi loyiha yaratadi.
1950—1952- yillarda til va imlo masalalariga bag'ishlangan bir necha konferensiya va kengashlar bo'lib o'tadi. Ularda orfografiya loyihasi bo'yicha bir qator tanqidiy fikrlar bildiriladi, alifboni takomiilashtirish kerakligi aytiladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin