Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


Ulug‘ she'riyat uchun (Hamzatov maqolasidan iqtiboslar)



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə114/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Ulug‘ she'riyat uchun (Hamzatov maqolasidan iqtiboslar) Mening tog‘lik yurtim zargarlarida yaltiroq sa­riq metalning oltin yoki oltin emasligini aniqlaydigan maxsus vosita bor. Ular shu vosita yordamida har qanday sariq yaltiroq metalning oltin yoki oltin emasligini aniqlashadi.

Bizning o‘quvchilarimizda ham shunday tuyg‘u borki, uni zargarlarning o‘sha vositasiga o‘xshatish mumkin. Shu bois misralar qanchalik chuqur o‘ylangan badiiy o‘xshatishlar bilan bezalmasin, o‘quvchilar o‘sha ichki tuyg‘usi bilan qaysi asl she'riyat, qaysisi “chiroyli” tizmalar ekanini darhol biladi.

O‘quvchi yaxshi she'rni o‘qiganda bu men uchun yozilgan, mening she'rim ekan, deb o‘ylaydi. Ha, shoir qachon maqsadiga yetadi, agar o‘quvchi uning she'rlarini o‘qiganda: “Bunda mening o‘ylarim, tuyg‘ularim, muhabbatim, hayotim, tilim, o‘zligim mujassam ekan”, deb aytsa.

Bir xillik, o‘zgalarni va o‘zini-o‘zi takrorlash, muhimi his-hayajonning yo‘qligi, oddiy she'riyat qoidalariga rioya etmaslik, bu – ke­yingi yillardagi she'r deb taqdim etilayotgan tizmalarga xos umumiy xususiyat.

To‘g‘ri, bulardan tashqari shu sohaning ustasi bo‘lgan ijodkorlarning ham she'riy asarlari bor. Ammo ular qanchalik mahorat bilan yozilgan bo‘lmasin, o‘quvchilar qabul qila olmaydi. Chunki, ularda xalqning fikr-o‘ylari, orzu-maqsadlari o‘z ifodasini topmagan. Bu she'riy misralar kimsasiz vohada qaynagan va o‘ziga yo‘l topa olmay singib ketgan buloqlarga o‘xshaydi. Bu buloqlarning suvi qanchalik toza bo‘lmasin, undan odamlarga hyech qanday naf yo‘q. Ularga o‘quvchilar tog‘lik dehqon xon saroyiga qaraganday qarashadi. Ular bir-biriga begona, ular bir-birini tushunishmaydi.

Bizda har xil shoirlar bor. Lekin ularning ijodi hamma vaqt ham millionlab o‘quvchilarning yuragidan joy topa olmayapti. Shuning uchun hayron qoladigan joyi yo‘q. Keyingi yillarda gazeta-jurnallarda she'riyat haqida kuyunchaklik bilan yozishayapti. Bu haqda o‘quvchilarimiz ham o‘z fikrlarini bildirishmoqda.

Bizning she'riyatimiz yashovchan va uning taqdiriga umrboqiylik bitilgan, chunki, ularda bunyodkor xal­qimizning umrboqiy ishlari o‘z ifodasini topadi. Ammo ayrim shoirlar she'riyatning bu umrboqiy hikmatini, ya'ni zamon bilan tengma-teng qadam tashlash, xalqning hayoti, quvonch-tashvishlari bilan yashash degan tushunchani juda yuzaki tushunishadi, shekilli. Negaki, iste'dod – noyob voqyelik ekanini unutishib, Yozuvchilar uyushmasiga layoqati bor kishilarni shoshma-shosharlik bilan qabul qilishyapti. Gazeta-jurnallar, bayozlar zerikarli, qofiyadosh satrlarni she'r deb chop etishayapti, sababi ular zamonaviy mavzuda yozilgan emish. Bu bilan ular nafaqat she'riyatning, balki she'riyatning yuragi bo‘lgan zamonaviy katta mavzularning ham qadrini pasaytirishayapti.

Tushunaman, zamonaviy mavzuda yozish oson emas, lekin zamonaviy mavzuda yozganda, shoirning o‘ziga xosligi, kuzatuvchanligi, fikrlashi, mahorati yetukligi, qisqa qilib aytganda, iste'dodi namoyon bo‘ladi.

Demak, zamonaviylik haqida fikrlashamiz. Agar shoir o‘zgalarni takrorlamasdan o‘z zamoni va zamondoshlari haqida o‘zligiga xos yorqin badiiy asar yozsa, menimcha, she'riyatdagi chinakam yangilik shu. Zamon haqida yozish degani, bu – hamisha xalq bilan birga bo‘lish, odamlar quvonganda quvonish, hayajonlanganda hayajonlanish, mavjud muammolarga bezovta chora izlash va yechimini topish, yana izlanish va yana tadbir topish. Zamon haqida yozish degani, bu – dam olish nimaligini bilmay mehnat qilish, har qanday vaziyatda old qatorda bo‘lish deganidir...

Ba'zi qalamkashlar yozganlarining o‘qilmayotganiga meni targ‘ib etishmayapti yoki ijodim haqida tushuntirish ishlari olib borilmayapti degan bahonani ro‘kach qilishadi. O‘quvchilarning dunyoqarashi va talabini bilgan, she'riyat mening taqdirim deb yashayotgan shoirlar bunday o‘ylashmaydi. O‘quvchilar hyech qanday tushuntirishsiz qaysi bulbul, qaysi to‘ti ekanini yaxshi bilishadi. Xalq hatto devorga mix qoqishiga qarab, kim usta, kim endi qo‘liga bolg‘a ushlaganini ayta oladi.

Shunga qaramay she'riyatda kosiblarning paydo bo‘lishini hayot taqozosi deb qarayotganlar ham bor. Ular bu holni nafaqat yoqlashadi, balki rag‘batlantirishga harakat qilishadi.

...Agar shoir xalqning turmush tarzini bilmasa, yozganlariga yolg‘on aralashadi, yolg‘on aralashgan asar esa hyech qachon yaxshi bo‘lmaydi. Ayrimlar o‘ylaydiki, yozuvchilar hayotni to‘laqonli bilishi kerak, shoirlarga esa ilhomning o‘zi kifoya, ularda iste'dod va she'rni ilg‘ash tuyg‘usi bo‘lsa bas. Shuning uchun bizda xalqimiz hayotidan olingan keng qamrovli umumlashgan she'riy timsollar yaratilgan asarlar kam, aksincha qofiyalashtirilgan tantanavor misralarga to‘la mashqlar ko‘pa­yib bormoqda.

Ko‘pgina shoirlar o‘zlari bilmaydigan narsalar haqida salmoqsiz gaplar aytishga odatlanib qolishdi. Go‘yo ular qizni ko‘rmasdan unashtirishga shoshiladigan sovchilarga o‘xshashadi.

Shoir o‘z xalqining sadoqatli farzandi bo‘lishi kerak. Sadoqatli farzand bo‘lishi uchun esa xalqning hayotini va mehnatini bilishi zarur. Afsuski, ko‘pgina iste'dodli shoirlar o‘zining ijodiy layoqatini erta sarflab bo‘lishadi. Chunki ularda mehnat malakasi, ish tajribasi yo‘q. Ular avval maktab partasida, keyin institut auditoriyasida o‘tirishgan va she'riyatga, Yozuvchilar uyushmasiga kirib kelishgan. Xalqning turmush tarzini qisqa ijodiy safarlardagina ko‘rishadi. Ular qanday yerni shudgor qilishni, otni egarlashni, dalada hosil yig‘ishtirishni bilishmaydi. Shuning uchun ularning bu mavzuda yozgan mashqlari el nazariga tushmaydi.1979 yil.  Ruschadan Asror MO‘MIN tarjimasi).




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin