Shota Rustaveli XII-XIII asrlarda yashab ijod etgan. U haqda ma'lumotlar deyarli yetib kelmagan. Rustaveli shoirning taxallusi bo‘lib, joy nomi bilan bog‘liqligi aytiladi. “Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon” shoirning yagona saqlanib qolgan asari bo‘lib, XIV-XV asrga oid manbalarda undan parchalar uchraydi. Asarning eng qadimiy qo‘lyozmasi 1646 yilda ko‘chirilgan. Asar uch qism: kirish, bag‘ishlov va qisqa epilogdan iborat. Kirish qismi Rustavelining dunyoqarashi va badiiy-estetik olami haqida ma'lumot beradi. Bu qismda shoir tangridan ilhom tilaydi, so‘ng shoh ayol Tamarani madh etadi. Poeziya haqida so‘z yuritib, she'riyat tangrining inoyati, shuningdek, qisman donolik mevasi ekanini qayd etadi.
Doston to‘rtlik usulida yozilgan bo‘lib, turli variantlarda 1500-1700 misrani tashkil etadi. Misralar 16 bo‘g‘inli shoiri uslubida yozilgan. Doston ilk bor 1712 yilda Tbilisida tipografiya usulida chop etilgan. So‘nggi gruzin shohi Georgiya XIIning o‘g‘li Teymuraz Bagrationi rustavelishunoslikka asos soldi. Doston turli tillarga tarjima qilingan. Rus tiliga 6 marta o‘girilgan.
Dostları ilə paylaş: |