Fransua Rable (1494-1553 y). Fransuz gumanizmining atoqli nomoyondasi, buyuk fransuz yozuvchisi F.Rable Shinonda tug‘ildi. Yoshlik yillarida monastirda diniy bilimlar bilan birgalikda yozuvchilarni va huquqqa oid risollalarni o‘rgandi. Nomaolum sabablarga ko‘ra, monastirdan ketib meditsinani o‘rganadi. 1532 yildan boshlab Leon gospitalining vrachi lavozimida ishlay boshladi. Parij yepiskopi, kardinal Jan dyu Belle, qirol Fransisk I qo‘l ostida xizmat qildi. 1553 yili Parijda vafot etdi.
Meditsina, huquqshunoslik, arxeoligiyaga oib asarlar yozgan. Yozuvchi sifatida «Gargantyua va Pantagryuelp» romani bilan shuhrat qozondi. Romanni yozishga 1532 yilda Leonda eolon qilingan «Gargantyuaning buyuk va bebaho xronikasi» nomli xalq kitobi turtki bo‘ldi. Shu yili Rablenning «Buyuk dev Gargantyuaning o‘g‘li, dipsodlar qiroli shavkatli Pantagryuelning daxshatli ishlari va qahramonliklari» kitobi yozildi. Yozuvchi xalq kitobidagi sxemalarni saqlab qoldi, unda ko‘plab obrazlar va syujetlar motivini oldi. Shu bilan epopoeyaga Pantagryuelning do‘sti va hamroxi Panurg obrazini olib kirdi. 1634 yili Rable o‘zining «Pantagryuelning otasi buyuk Gargantyuani dahshatli hayoti» nomli asarini eolon qildi. Roman epoyaning birinchi kitobi sifatida yozildi. Bu romanda yozuvchi baozi motivlarni (Gargantyua va uning ota-onasini bahaybatliiligini, uning bahaybat otda yurishi, Notrdam ibodatxonasidan qo‘ng‘iroqni o‘g‘irlashi) ishlatgan holda asosan o‘z ijodiy fantaziyasiga tayanadi. Romanda eski tarbiya usullari tanqid qilinadi va unga gumanistik pedagogika qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘g‘irlangan qo‘ng‘iroqlarni so‘rab nutq so‘zlagan magistr Ianotus de Bragmardoning so‘zlari sarbonnachilarning balandparvoz ritorikasiga parodiyadir. Shundan so‘ng Pikraxolning bosqinchilik rejalari - feodallar, qirollar, feodal urishlari tanqib qilinib, satira ostiga olinadi. Urush fonida jismoniy va maonaviy sog‘lomlik, hayotga ishonch ramzi sifatida monax paydo bo‘ladi. Roman Janni rejasi ostida bunyod qilingan Telem abbatligining ochilishi bilan yakunlanadi. Bu yerga oqil, madaniyatli va ozod shaxslar to‘planganlar.
«Pantagryuelning qahramona hayoti haqida uchinchi kitob» 1546 yili paydo bo‘ldi. U oldingi kitoblardan anchagina farq qiladi, chunki bu paytga kelib qirol Fransisk I siyosati o‘zgargan edi. Reaksiyanerlar g‘alaba qozondi. Ozod fikrlovchilar va kalpvinstlar taoqib ostiga olingan edi.
Ushbu kitobda Pantagryuel tomonidan bosib olingan dipsodlar mamlakatidagi tinch-osoyishta hayot ko‘rsatilgan. Bu zamonaning bosqinchilik siyosatiga antitezadir. Shundan keyin o‘z mulklarida uch yillik daromadni ikki xafta ichida sarf qilib yuborgan Panurgning sarguzashtlari hikoya qilinadi. So‘ngra har qanday voqyealarga yakun yasaladi. Va kitobda botanika, meditsina, huquq haqidagi suhbat va mulohazalarga keng o‘rin beriladi. Bu suhbat va mulohazalarga Panurgni uylanish yoki uylanmasliklari to‘g‘risidagi ikkilanishlari (rog) sabab bo‘ladi. Bu suhbat jarayonida Panurg aqlli gap ayta olmaydigan turli «faylasuf» lar, hamma masalani suyak tashlab hal qiladigan sudpya Brudua bilan uchrashadi.
1548 yili to‘rtinchi kitob yoziladi. Oradan to‘rt yil o‘tib ushbu kitobni kengaytirilgan varianti paydo bo‘ldi. Romanda Panurgning Xitoyga safari haqida hikoya qilinadi. Yo‘lda sayyohlar Prokuratsiya oroli (klyaz, sudyaga), kareaprna (katolik ro‘zadorlar), kolbasa, panefiklar (papaga fig ko‘rsatuvchilar), papimanlar (papa tarafdorlari), mister Gaster («Oshqozon») orollarida bo‘ladi.
Kitobda danil fantazimni qo‘llab-quvvatlovchi yangi qirol tanqid qilinadi.
1564 yili Rablening o‘limidan 10 yil keyin beshinchi kitob nashr etildi. Roman Rablening qo‘lyozmalari asosida do‘stlari tomonidan nashrga tayyorlangan. Asarda Panurgning siyosatini nihoyasiga yetishi haqida hikoya qilingan edi. Rable o‘z romanlari bilan badiiy realimni kengaytirdi va chuqurlashtirdi. «Gargantyua va Pantagryuelp» fransuz renesansining eng demokratik asari hisoblanadi. Roman fransuz tilini rivojlantirishda ham katta xizmat qildi. Uning keyingi davr yozuvchilariga taosiri beqiyosdir. Molper, Lafonten, Lesaj, Volpter, Balpzak, A.Frans, R.Rollan va boshqalar shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |