Harbiy rahbar mahorati


Shaxsiy tarkibni jangovar tayyorgarlik jarayonida psixologik chiniqtirish (tayyorlash)



Yüklə 45,82 Kb.
səhifə4/5
tarix04.12.2023
ölçüsü45,82 Kb.
#138198
1   2   3   4   5
HRM KURS ISHI NA\'MUNA

2. Shaxsiy tarkibni jangovar tayyorgarlik jarayonida psixologik chiniqtirish (tayyorlash)
Ta’lim va tarbiya sharoitlarini jangovar faoliyat sharo-itlariga yaqinlashtirish jangchini ruhiy tomondan jangga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadil Albatda, haqiqiy jangovar vaziyat faqat jangu jadalar vaq-tidagina buladi. O‘quv-jangovor faoliyat jarayonida esa biz' jangovar sharoit modelini yoki uning alohida qismlarinin yaratishimiz va shu orqali shaxsiy tarkib yoki bo‘linmaning‘ psixologik tayyorgarligini ta’minlashimiz mumkin.
Psixologik tayyorgarlik jarayonida jangovar faoliyatni takomillashtirish maqsadida har xil jang, urush vaziyatla-4 ri yaratilishi lozim.
YAratilayotgan sun’iy vaziyatlar uzining psixologik tarki-biga kura jangovar holatga qanchalik yaqin bulsa, uquv-jango-var faoliyat jangovorlikka shunchalik yaqinlashib boradi. Bu narsa shundan dalolat beradiki, uquv-jangovar faoliyatni amalga oshirayotgan harbiy xizmatchidagi motiv, maqsad va hara-katlar haqiqiy jangovar vaziyatlardagi xuddi shunday psixo-logik elementlar bilan imkoni boricha kuproq o‘xshash buli-shi lozim. Tabiiyki, o‘quv-jangovar faoliyat uzining emotsio-nal tomonlari bilan ham jangovar faoliyatga uxshash bulishi talab etiladi.
Mashqlar paytida jangovar shart-sharoitlarni sun’iy yaratganda jangovar faoliyat modelini hosil qilish psixo-logik jihatdan muhim omil hisoblanadi. Jangda psixolo-gik omillarni modellashtirish deganda shunday vaziyatni yaratish usulini tushunamizki, uning vositasida harbiy xiz-matchilarda haqiqiy jang sharoitida tugiladigan ruhiy holatlar hosil qilinadi.
Jangovar tayyorgarlik mashgulotlari jarayonida jang-ning psixologik omillarini modellashtirish uxshashlik ta-moyili asosida, shuningdek, boshqa usullar vositasida amalga oshiriladi.
Mashgulotlarda jangning psixologik omillarini model-lashtirish ikki xil shaklda amalga oshiriladi:

  1. jangning psixologik tashkil qiluvchilarining tuliq modelini yaratish;

  2. jangning psixologik tashkil qiluvchilarining bitta yoki bir nechtasining modelini yaratish.

O‘quv mashgulotlarini rejalashtirganda nafaqat uning taktik tomonlarini yoki o‘huv savollarini, balki, psixolo-gIk rejani ham aniqlashtirib olish kerak.
Psixologik reja quyidagilarni uz ichga oladi:

  • mashgulot qaerda o‘tkaziladi;

  • harbiy xizmatchilarda qiyinchiliklarni engib o‘tish uchun kerak bo‘ladigan qat’iylik, jasurlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni hosil qilish yo‘llari.

Afsuski, ko‘pchilik komandirlar imitatsiya vositalari yordamida jangning tashqi shart-sharoitlarini yaratish bi-lan jangchilarning psixologik tayyorgarligini amalga oshi-rish mumkin, deb noto‘g‘ri uylashadi.
O‘quv-jangovar faoliyatida jangning psixologik omil-larini yaratish uchun komandirlar har xil usullardan foy-dalanishadi. Psixologik tayyorgarlik usuli deganda jang omillarini modellashtirish usullari tushuniladi.
Jangning psixologik omillarini yaratish usullari quyidagilar:

  1. So‘z-belgi usuli. Bu usul harbiy xizmatchilarga ikkinchi signallar tizimi so‘z orqali ta’sir etib, psixologik holat-lar yaratishdan iborat. Bu oldindagi qiyinchiliklar haqida-gi, jarohat olish ehtimolligi hamda har xil, tarixiy voqealar haqidagi hikoyalar bo‘lishi mumkin;

  2. Ko‘rgazmali usul. Bu usul vositasida harbiy xizmatchi-larga har xil predmetlar (masalan: har xil qurollarni), xatti-harakatlar (har xil to‘siqlarni engib o‘tish, harbiy xizmatchi-lar ustidan tankni haydab o‘tish va hokazo), kinofilmlar, fotodasturlar, chizmalar va hokazolar ko‘rsatiladi;

  1. Kompyuter vositasida ta’sir etish usuli. Kompyu-terlarda jangning psixologik omillari modellashtiriladi va harbiy xizmatchilarga ko‘rsatiladi;

  2. Trenajer usuli. Jangning psixologik omillari sport snaryadlari, texnik vositalar va inshootlarni qo‘llash bilan modellashtirish orqali harbiy xizmatchilar ongiga ta’sir

etiladi;
5. Imitatsiya usuli. Imitatsiya vositalari yordamida jang-
ning psixologik omillari modellashtiriladi;
6. Jangovar usul. Jangning psixologik omillari jan-
govar texnika va qurolllarni qo‘llash orqali modellashti-
riladi.
Psixologik tayyorgarlik metodi deganda dars va dala o‘quv mashgulotlari jarayonida psixologik tayyorgarlik usullari-ning o‘quv-jangovar faoliyat bilan uygunlashuvi tushuniladi.
Faoliyatga harbiy xizmatchining qushilish darajasiga qarab psixologik tayyorgarlik usullari uchta katta guruhga
bo‘linadi:
1. Ko‘rgazmali usullar (qurollarning harakatlarini ko‘rsatish, jangovar yoki himoya harakatlarini ko‘rsatib berish. Ushbu usullarni qo‘llash vaqtida harbiy xizmatchi jan-govar faoliyatdan boshqa faoliyatlar bilan shugullanadi (ma-salan, kuzatnsh).

  1. SHartli vaziyatlar usullari (har xil muammolarni echish, ish o‘yinlari, taktik uquv mashgulotlari, qumondonlik shtab uquv mashgulotlari). Ushbu usullarni qo‘llagandagi faoliyat shartli xarakterga ega (uziga xos «urush-urush o‘yini»). SHartli vaziyatlar usullari jangovar faoliyatning ichki tuzulishi-ni va mantiqini bilib olishga yo‘naltirilgan.

  2. «Real» vaziyatlar usullari. Ushbu usullar yaratilgan shart-sharoitlarning harbiy xizmatchilar tomonidan real jan-govar sharoit sifatida qabul qilinishini hamda ularning haqiqiy jangovar xatti-harakatlarni amalga oshirilishlarini taqozo qiladi.

Harbiy xizmatchi va harbiy jamoalarda jangovar vazi-falarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan psixologik sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimiga psixologik tayyorgarlik deyiladi.
Psixologik tayyorgarlik buyicha tadbirlar komandirlar tomonidan ularga buysunuvchilarning xizmat davri davomida amalga oshiriladi. Ko‘pincha, psixologik tayyorgarlik anglanmagan holda, shakllangan an’ana va tasavvurlardan kelib chiqib, «shunday qilish kerak» degan tamoyil asosida olib boriladi.
Psixologik sifatlarning faqat faoliyatdagina shaklla-nishi psixologiya fanida isbotlangan. Qanday psixologik sifatlar (qat’iylik, tashabbuskorlik)ni emas, balki, ushbu sifatlarni qanday shakllantirish psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Har xil odamlar bir xil vazifani o‘zlarining psixologik imkoniyatlaridan kelib chiqib har xil usullar bilan bajaradilar. Kam rivojlangan bir xil sifatlarning o‘rni yaxshi rivojlangan boshqa bir sifat bilan tuldirilishi mumkin.
Ushbu qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, amaliyot uchun insonning u yoki bu psixologik sifatga egaligi yoki ega emasligi emas, balki, uning psixologik sifatlari jangovar sharoitda ko‘zda tutilgan faoliyatlarni amalga oshirishga imkon berish yoki bermasligi katta ahamiyatga ega.
Psixologik tayyorgarlikni tashkil etishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

  1. Faoliyatni qiyinlashtiruvchi elementlarni harbiy xizmatchi normal sharoitda harakat qilishni to‘liq o‘zlashtirib olgandan keyingina kiritish kerak;

  2. Psixologik omillarni modellashtirish usullari o‘zlashtirilayotgan xatti harakatlar mazmuniga mos bo‘lishi zarur;

  3. Jangovar vaziyatni harbiy xizmatchilar uchun kutilmaganda tartibsiz ravishda modellashtirish lozim, toki ular modellashtirishdagi ma’lum bir davomiylikka o‘rganib qolishmasin;

4. Muayyan mutaxassislik uchun ta’sir etish ehtimolligi
yuqori bo‘lgan omillarni ko‘proq modellashtirish maqsadga muvofiq;
5. Jang omillarini modellashtirishda psixologik yuklama shunday bo‘lishi kerakki, toki ko‘pchilik harbiy xizmatchilar uni engib o‘tib, muvafaqqiyatga erishish imkoniga ega
bo‘lishsin. YUklamaning mana shunday miqdori harbiy xizmatchilardagi o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini mustahkamlay-
di, shuningdek, ularda murakkabroq masalalarni echish istagini uyg‘otadi;
6. Agar harbiy xizmatchi hosil qilingan jangovar vaziyatda qiynalib qolsa, unga engilroq vazifalarni hal etish taklif etiladi.
Harbiy xizmatchi ruhiyatiga ta’sir etuvchi jang omillari (xavf-xatar, favquloddalik, noaniqlik, yangiligi, hara-kat me’yorining oshishi, vaqt taqchilligi...) ikki guruhga bo‘linadi: birlamchi va ikkilamchi omillar.
Birlamchi omil sifatida xavf-xatar e’tirof etiladi.
Ikkilamchi omillarga esa favquloddalik, noaniqlik, yangiligi va hokazolar kiritiladi.
Psixologik tayyorgarlik ma’lum tartibda amalga oshishi uchun jangni psixologik modellashtirish quyidagi komponentlarga ajratiladi: motivatsiya komponenti, bilish xarakte-ridagi komponentlar va motor komponenti.
Bunday ajratish shartli bo‘lib, u psixologik modellarni ongli rejalashtirish va tahlil qilish uchun zarur.

Yüklə 45,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin