Harbiy rahbar mahorati



Yüklə 45,82 Kb.
səhifə5/5
tarix04.12.2023
ölçüsü45,82 Kb.
#138198
1   2   3   4   5
HRM KURS ISHI NA\'MUNA

Motivatsiya komponenti: motivlar insonni faoliyatga undaydi. O‘quv mashg‘ulotlarida motivlarni faollashtirish bilan motivatsiya komponentini modellashtiramiz. Uch turdaga motivlar mavjud:

  1. Keng ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan motivlar-Vatanga muhabbat, burchga, xalqqa sadoqat, dushmanlarga nafrat;

  2. Jamoatchilik motivlari-jamoatchilik hissi, o‘z bo‘linmasi uchun faxrlanish;

3. SHaxsiy motivlar-boshqalarning e’tiboriga tushishga
intilish, o‘z mavqeini mustahkamlash yoki o‘zgartirish, koman-
dirning maqtovi.
Faoliyat samaradorligiga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab motivlar bir-biridan farq qiladi. Birinchi guruh motivlar faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchi va uchinchi guruh motivlari esa ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bundan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, harbiy xizmatchilarda eng avvalo birinchi guruh motivlarini faollashtirish lozim. Bunda ikkinchi va uchinchi guruh motivlaridan samarali foydalanish zarur bo‘ladi.

Jamoada motivlar o‘rtasidagi kurash vaziyatini yaratish tarbiyaviy jihatdan katta samara beradi. Masalan, shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo‘ysundirish ski xavf-li vaziyatlar yaratish bilan kattaroq yutuqlarga erishish mumkin. Bu ishlar irodani tarbiyalash uchun ham zarur. CHunki motivlar kurashi irodani shakllantirishning shartlaridan biri. Faoliyatning samaradorligi va yo‘nalishi uning motivini tanlashga bogliq. Motivatsiya komponentini modellashtirish psixologik tayyorgarlikda eng qiyin jarayonlardan biri hisoblanadi.


Bilish xarakteridagi komponent. Harbiy xizmatchilarning vaziyatni to‘gri baholashlari ulardagi bilish jarayolari asosida kechadigan idrokka bogliq bo‘ladi.
Biz ruhiyatimizga kursatilayotgan ta’sirotlarning hammasini ham ongimizda aks ettirmaymiz. Tashqi qo‘zgatuvchi-ning ongimizda aks etish darajasi uning hayot faoliyatimiz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga bog‘liq. Sezgi o‘zining quyi va yuqori chegaralari oraligida voqe (sodir) bo‘ladi. Agar qo‘zgatuvchi sezishiing quyi va yuqori chegaralari atrofida ta’sir etsa, ta’sirni to‘gri idrok qilish qiyinlashadi. Jang sharoitida aynan shunday sezish chegaralari atrofida qo‘zg‘alishlar hosil qiluvchi qo‘zgatuvchilar ko‘p bo‘ladi. Uquv jangovar faoliyat jarayonida shunday qo‘zgalishlarni to‘gri idrok qilishga o‘rgatish maqsadga muvofiq.
Bilish xarakteridagi komponentlar modelini yaratish orqali harbiy xizmatchilarda haqiqiy jang haqidagi tasavvurlar boyitiladi. Bu esa psixologik tayyorgarlikning muhim muammolaridan biri hal etilganligini bildiradi.


XULOSA

Islomda tarbiya, aql inson kamolotining mezoni xisoblanadi. Xadislarda xam insoning ma’naviy kamoloti mezoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashini kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallagani, o‘z bilimini atrofdagilarga jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib etishishiga muxim omil-tarbiya deb xisoblanadi.


Respublikamizning istoqlolga erishuvi natijasida o‘zbek peda­gogikasi tarixida uzok davr ta’qiqlangan e’tibordan chettda qol­gan madaniy merosga qiziqish kuchaydi. YOshlarni an’analar asosida tabiyat, jamiyat, ruxiyat, qadryatga muxabatini, qiziqish va ixlosini tar­biyalamay milliy kiyofani shaqllantirib bo‘lmaydi.
Xar bir inson bolalikdan o‘z xalqini, millatining qadryatlarini til boyliklarini, uning tarixini, og‘zaki va yozma adabiyotining xam­ma sa’natini, urf-odatlarini, ilg‘or an’analarini, xalqchilik, ruxiy ma’naviy merosini o‘rgansagina usha xalqqa va millatga mansub bo‘la oladi.
Islom dini g‘oyalari ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir ko‘rsata­di. Qur’on-dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarni muqaddas kitobi bo‘lib, arab tilida "Qiroat" ma’nosini anglata­di. "Qur’on" kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga ezgulikka undaydi. SHunga ko‘ra, u katta axloqiy qimmatga ega, u in­sonning ma’naviy kamolga etishida muxim o‘rin tutadi. SHuning uchun u mana necha asrlardan beri insoniyatning eng ulug‘ qadryati sifatida e’zozlanib kelinmokda. Islom insonni ruxiy tarbiyasiga xam, jismoniy tarbiyasiga xam e’tibor beradi. Islom odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, yomonlikdan kaytaradi. Insonparvarlikni targ‘ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruxiy-ma’naviy poklik va etuklikka undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik,e rkni taranum etadi. Inson shaxsi, jamiyat ilm bilan kamolga etadi, taraqqiy etadi.
Xar bir inson yoshligidanok o‘z millati, xalqning urf odati, qadryati, an’analari, til boyligi, og‘zaki va yozma adabiyoti, san’ati va musiqasini, xulas chukur ma’naviy merosini o‘rganib boradi. SHunday qilmas ekan, u aniq bir xalqqa mansub ekanligini ko‘rsata olmay­di. SHuning uchun xam xalq ta’limi tizimining boshlangich davridayok, ya’ni, bolalar bog‘chani boshlangich maktablardan, yoki xar bir oilaga o‘z xalqining milliy gururi qarashlari, orzu istaqlari, dunyoqarashla­rini milliy asoslardagina shaqllantira bormas ekan ko‘zlangan maq­sadga erisha olmaydi. Biz dars davomida, darsdan tashqari tarbiya soatlarida o‘quvchilarga marosim va an’analarimizni tushuntirib bo­rishimiz zarur. An’analarimizda topishmok tez aytishlar, dostonlar kuylanishi, shuningdek ertak, afsona, rivoyatdagi voqea-xodisalar bola­lar ruxiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. YOsh avlodga dinimizni, tili­mizni o‘rganishimiz zarur maktablarda esa an’anamiz, qadrlashimiz lo­zim.
Xadislardan parchalar yodlatish, xayitning qadimgi bayram ekan­ligini, uni yanada yaxshiroq tayyorgarliklar bilan o‘tkazish, milliy li­boslar xaqida suxbatlar o‘tkazish kerak. Musulmonlarga xos udum­lar, urf-odatlarga oid xulq - odob qoidalari bayon etilishi, turli marosimlarni o‘tkazish tartibi, marosimlarda yurish-turish, so‘zlab o‘ti­rish madaniyati xaqida turli tavsiyalar, maslaxatlar berilishi lo­zim. Donishmand Yusuf Xos Xojib xam insonning turli marosim, yig‘inlar uchrashuv, ziyofatlarda o‘zini tutish, xulq odob qoidalariga rioya etishi xaqida xam fikr yuritib, insonning mezmonlik va mexmonnovozlik qoidalari, shartlari, tartib intizomlari xaqida xam muxim o‘gitlarni be­radi.
Xalqni ijtimoiy jixatdan ximoyalash xamda ma’naviy isloxatlar o‘tkazish, ya’ni ota-bobolarimiz qadryatlariini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish kabi vazifalarni amalga oshirish yulida Respublikamiz­da katta ishlar amalga oshirilmokda.Ayniksa,I.A.Karimovning "Mil­liy istiqlol mafkurasini yaratish va xayotga tadbik etish" xaqidagi fikrlarini biz tarbiyachi - muallimlarning xam xarakat dasturi­miz. CHunki, iste’mol mafkurasi biz shu vaqtgacha amal qilib kelgan mafkuradan farq qilib, u xalqimizning azaliy an’analariga udumla­riga 6 diniga va tiliga, ruxiyatiga, umuminsoniy qadryatlariga sadoqat, kelajakka ishonch, mexr oqibat, insof, adolat, ma’rifat tuyg‘ulari­ni kishilar ongiga signdirishga asoslangandir. Xaqikatdan, Respubli­kaizni taraqqiyot darajasida ko‘taradigan chinakam komil insonni shaqllantirish - bu uning ma’naviyatini shakllantirishdir.


Foydalanilgan adabiyotlar

1. I. A. Karimov. Milliy armiyamiz – mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir. – Toshkent, ”O’zbekiston”, 2003 y.


2. I. A. Karimov. «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz». Toshkent, «O’zbekiston», 2000 y.
3. «Qobusnoma». Toshkent, «O’qituvchi», 1967 y.
4. Qurbonov S., Soliev T. «Yangicha tafakkur va hozirgi dunyo». Toshkent, «O’zbekiston», 1991 y.
5. G’aybullaev N. Va boshqalar. Pedagogika. – T., 2000 y.
6. G’ijduvoniy A. «Vasiyatnoma». Toshkent. Adab va san’at nashri, 1993 y.
Yüklə 45,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin