H.Husniddinxoʻjayev va boshqalar. Navoiy va Jomiy
Buni asosan monumental haykaltaroshlik asarlarida koʻrish mumkin boʻlsa ham, dastgohli asarlarda ham ushbu jihatlar yetakchilik qilar edi. Ammo shunga qaramasdan bu davrda D.Roʻziboyev, H.Husniddinxoʻjayev, J.Quttimurodov kabi haykaltaroshlar oʻz ijodlari bilan Oʻzbekiston haykaltaroshlik san’atiga muhim hissa qoʻshdilar.
3. Mustaqillik yillarida tasviriy san’at sohasidagi muhim oʻzgarishlar
O‘zbekistonning mustaqilligi milliy tasviriy san’atimiz taraqqiyotiga katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Bu davrda tasviriy san’atning rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika turlari yanada rivojlandi. San’atning janrlarida o‘nlab rassom va haykaltaroshlarning erkin ijodiy faoliyati keng tus oldi. Sobiq Ittifoq davrida ijodkorlar yagona "sotsialistik realizm" yo‘nalishida ijod qilgan bo‘lsalar, hozir ular hech ikkilanmasdan o‘zlarini qiziqtirayotgan avangardizm, romantizm, impressionizm, abstraksionizm va boshqa qator ijodiy yo‘nalishlarda va mavzularda yuksak badiiy saviyadash asarlarni yaratmoqdalar. Bu yutuqlarning qoʻlga kiritilishida shubhasiz tasviriy san’at, uning rivojlanishi uchun davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan koʻplab qaror va farmonlarining hayitga joriy etilishi boʻldi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqida”gi Farmoni, 1997 yil, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy xunarmandchiliklari va amaliy san‘atini yanada rivojlantirishni davlat yuli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 1997 yil 31 mart, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining «Ta‘lim toʻ gʻrisida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, T. «Oʻzbekiston» 1997 yil, shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda tasviriy san’atning taraqqiyotida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining tashkil etilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Akademiya qoshida Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti, san’atshunoslik ilmiy-tadkdqot instituti, ko‘plab rassomchitik, dizayn kollejlari, "San’at" jurnali faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va deyarli barcha viloyatlarda, Respublika rassomlar uyushmasining bo‘limlari samarali ish olib bormoqda.
Milliy rassomchilik va dizayn institutida, Tasviriy san’at yo‘nalishlaridagi kollejlarda bugungi jahon ta’lim standartlariga mos keladigan milliy kadrlar yetishib chiqmoqda va ular O‘zbekiston san’atini yanada baland bosqichga olib chiqishi shubhasizdir.
Shuni alohida qayd etish lozimki, mustaqillik yillarida tasviriy san’at sohasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ko‘plab hukumat qaror va farmonlari e’lon qilindi. Bundan tashqari koʻplab iste’dodli yoshlar jahonning koʻzga koʻringan badiiy ta’lim dargohlarida oʻqib, oʻz bilimlarini oshirib qaytmoqdalar.
Mustaqillik yillarida ijod qilayotgan rassom va haykaltaroshlarimizning yutuqlari shundaki, ular birinchidan erkin ijod yo‘liga o‘tdilar, ikkinchidan milliy badiiy an’analarni davom ettirish, milliylik va umuminsoniy qadriyatlarning uygʻunligini ta’minlash borasida yangi, zamonaviy, ilgʻor tasviriy texnologiyalarni qo‘llab, muvaffaqiyatli asarlarni yaratmoqdalar.
Mustaqillik ne’matidan bahramand bo‘lgan keksa, o‘rta va yosh avlod rassomlarimiz ijodida ham ijodiy ko‘tarinkilik ko‘zga tashlanadi. Buni M.Saidov, I.Ko‘ziboyev, B.Boboyev, V.Burmakin, M.Yo‘ldoshev, J.Quttimurodov, T.Mirjalolov, T.Quryozov, A.Ikromjonov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Mirzayev, Z.Faxriddinov, R.Xudoyberganov, N.Oripova, A.Mo‘minov, A.Nuriddinov kabi rassom va haykaltaroshlar ijodida yaqqol ko‘rish mumkin.
Milliy istiqlol gʻoyalari bilan sugʻorilgan portret janridagi asarlar qatoriga Amir Temur, Alisher Navoiy, Jatoliddin Manguberdi, Kamoliddin Behzod, Nodirabegim, Bibixonim, Spitamen portretlarini kiritish mumkin.
Soʻnggi yillarda haykaltaroshlik san'ati mafkuraviy- gʻoyaviy, ma'naviy ma'rifiy sohalarda millatimiz hayotidagi oʻzgarishlarga tasviriy va amaliy san'atning boshqa turlari bilan bir qatorda oʻzining katta hissasini qoʻshib kelmoqda.
Mustaqillik yillarida yaratilgan haykaltaroshlik san'ati asarlarida yangi gʻoyaviy-mafkuraviy, oʻzlikni anglash, milliy hamda tarixiy mavzular oʻz aksini topdi. Vatanimizning koʻplab shaharlarida yirik badiiy yodgorlik va haykallar oʻrnatildi. Oʻzbek millatining tarixini, ajdodlarning boy me'roslarini va madaniy yuksalishlarini monumentalchi haykaltaroshlar chuqur oʻrganib, ajdodlarimizning badiiy jihatdan yuksak darajadagi va ulugʻvor qiyofalarini yaratishga muvaffaq boʻlishdi.
Istiqlolning dastlabki yillaridagi haykaltaroshlik san'ati asarlaridan biri poytaxtning Milliy bogʻida oʻrnatilgan mutafakkir shoir, oʻzbek tilining asoschisi Alisher Navoiy bobomiz obrazi bilan bogʻliq(1991). Ushbu haykal mualliflari haykaltaroshlar E.Aliev, N. Bandeladze, V. Degtyarovdir. Ushbu muxtasham san'at asari milliy sharqona uslubda bronzadan ishlangan boʻlib u Milliy bogʻning eng baland qismiga joylashtirilgan va bo gʻning barcha nuqtalaridan yaqqol koʻrinib turadi. San'at asarida mutafakkirning fozillik alomatlari oʻz ifodasini topgan. Ramziy ma'noda barpo etilgan me'moriy unsur- gumbaz esa, uning mahobatli qiyofasini yanada buyuklashtirgan. Haykal ishlanishi uslubiga koʻra, yaxlitlik tarzda bajarilgan va mayda boʻlaklarga e'tibor kam qaratilgan. Faqatgina koʻkrak va yuz qismida, hamda liboslar burmalaridagina ayrim boʻlaklar maydaroq ishlanganki, ushbu detallar orqali mualliflar shoirdagi keksalik alomatlarni toʻliq ochib berganlar. Uzoq masofadan turib, shoirdagi keksalik alomatini yana hassa vositasi orqali idrok etish mumkin. Lekin, haykalga yaqinlashgan sari, hassadagi bu xususiyatlar ikkinchi darajaga oʻtib, yuz qismdagi shoirning ma'noli chehrasi, uning naqadar buyukligi yaqqol koʻrinadi..
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy obrazini yaratish yurtimizning koʻplab haykaltaroshlarini doimo qiziqtirib kelgan va bugungi kunda ham uning obraziga murojaat etish haykaltaroshlik san'atida toʻxtalgani yoʻq.
2001 yilda Navoiy shahri markazida ulugʻ shoirning 560 yilligi munosabati bilan A.Rahmatullayev va P.Podosinnikov tomonidan yaratilgan 9 metrli haykalning oʻrnatilishi bunga yaqqol misoldir.
Tasviriy san'atning haykaltaroshlik turi haqida gap borganda, uning naqadar mashaqqatli, nechogʻli mushkul ish ekanligini aytib oʻtish oʻrinli. Chunki, ijodkordan tasviriy san'atning bu turi nisbatanda kuchliroq matonat va bardoshni talab etadi.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek “Binobarin biz davlatimiz kelajagini o’z qobimizda o’ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz.Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquq va erkinliklarini, fikirlar rang-barangligini o’z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz.Biz butun ma’rifatli dunyo bilan tinch-totuv, erkin va farofon hayot kechirish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz”.
Haykaltaroshlik san’atida ham inson, uning jismi, xis-tuyg‘u, hayol-о‘ylari, orzu-istaklari ifodasi asosiy mavzu bо‘ldi. San’atkorlar bu davrda inson qiyofasini yanada haqqoniy kо‘rsatishga, uning ruhiy xolatidagi murakkabliklarni va uning yangi qirralarini yoritishga intildilar. Inson hayoti, uning turmush tarzini tо‘laqonli talqin etish shu davr asarlari uchun muhim yо‘nalish bо‘lib qoldi. Hayot murakkabligi, uning ichki ziddiyat va kurashlari rassom va haykaltaroshlar nazaridan chetda qolmadi. Ozodlik, tenglik g‘oyalari kuylandi, shakllanib kelayotgan burjuaziyaning kirdikorlari tanqid ostita olindi. San’at sintezi masalasi bu davrga kelib yangicha talqin etila boshlandi. Tabiat relyefi shu davrda yaratilgan me’morlik majmualarida hisobga olindi. Me’morlik binolari kо‘cha, maydon va tabiat bilan yanada uyg‘unlashdi. Suv kaskadlari va favvoralarga qiziqish ortdi. Endilikda san’at turi va janrlari orasidagi nisbatlar ham о‘zgardi. Uning yangi tur va janrlari yuzaga keldi. Mavjud an’anaviy syujetlar bilan birga, hayotiy voqealarga bag‘ishlangan asarlar ham keng miqyosda badiiy hayotga kira boshladi. Maishiy, manzara va natyurmort janrlari mustaqil san’at turlariga aylandi. Insonning ichki dunyosiga qiziqishning ortishi portret san’atini yangi pog‘onaga kо‘tarilishiga olib keldi. Grafika rivojlandi. Haykaltaroshlik imkoniyatlari yanada ortib u me’morlik ansambllariga keng kо‘lamda kirib keldi, park-bog‘ san’atida keng qо‘llanildi. Dekorativ rangtasvir interyerlarning komponenti sifatida davr ruhini aks ettiruvchi muhim vositaga aylandi. Bu davrga kelib, ijodiy metod, san’atning badiiy tili ham boyidi, rang-baranglik kasb etdi. Yaratilgan kompozitsiyalarning hayotiy va tabiiy kо‘rinishiga erishish uning emotsional jihatini oshirishda muhim omil bо‘ldi. San’atkorlar ijodida rang, nur-soya, faktura masalalari muhim о‘rinni egalladi.
Kurs ishini bajarish jarayonida shunday yakuniy xulosaga ega bo’ldimki, haykaltaroshlik, me’morchilik, tasviriy va amaliy san’at har bir xalq, har bir davr, har bir millatda o’z an’ana, geografik o’rni, jamiyatdagi iqtisodiy va siyosiy ko’rinishlaridan qat’iy nazar, kishilarda go’zallikni his qilish, atrof-muhitni estetik idrok etish kabi vazifalarni bajargan.
Men kurs ishini bajarish jarayonida o’z oldimga qo’ygan maqsadimga erishdim.
Dostları ilə paylaş: |