Ayol boshi.Dalvarzintepa.II-asr.
Orqada tasvirlangan bosh esa nihoyatda emotsional holatda va koʻzlari jonli tarzda tasvirlangan.
Shunday qilib Oʻzbekiston hududida yashagan qadimgi xalqlar san’ati turli tarixiy bosqichlarda oʻzining turlicha rivojlanish va turgʻunlik davrlarini boshdan kechirganligining guvohi boʻlamiz. Bir soʻz bilan aytganda xalqimizning qadimiy tsaviriy sanati tarixida haykaltaroshlik ham alohida oʻrin tutib, bugungi san’atimizning baquvvat tag zaminga ega ekanligini koʻrsatadi.
Hozirgi Oʻzbekiston hududida XV asrdan to XX asr boshlariga qadar qator xonliklar mavjud boʻlib, ulardagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahvol bir-birlaridan deyarli farq qilmas edi. Bu davr tasviriy san’ati taraqqiyotiga islom dinining ham nisbatan cheklovchi ta’siri sezilib turgan.
XX asrning birinchi choragida tasviviy san’atning rangtasvir, grafika turlarining rivoji Samarqandda va Toshkentda yashagan bir qancha rus millatiga mansub rassomlarning ijodi bilan bogʻliq boʻlgan edi. Sababi bu davrda Rossiyada Oktyabr toʻntarishi yuz bergan va bir qancha rus rassomlari Oʻzbekistonga kelib oʻz ijodiy faoliyatlarini boshlashgan, hamda mahalliy yoshlarga bu san’at sirlarini oʻrgatishga harakat qilgan edilar. Haykaltaroshlik san’ati ham keyinchalik ushbu koʻrinishda rivojlandi deyish mumkin. XX asrning ikkinchi yarmida A.Ivanov, F.Grishchenko kabi haykaltaroshlar ijodi mahalliy yoshlar-M.Musaboyev, H.Husniddinxoʻjayev, J. Quttimurodov kabi ijodkorlar bilan hamohang ravishda rivojlandi.
Bu davrga oʻziga xos yuqori badiiy saviyada ishlangan haykaltaroshlik asarlaridan biri Xuusniddinxo‘jayev, V.Lunev, M.Bulatovlarning 1970 yilda yaratilgan "Navoiy va Jomiy" nomti monumentlaridir.
Navoiy va Jomiyga bagʻishlangan ushbu asar haykaltaroshlikning monument turiga kiradi. (Monument — yirik o‘lchamda yodgorlik haykalidir). U sun’iy toshdan o‘yib ishlangan va Samarqandda o‘rnatilgan. Asarda mualliflar ustoz va shogird obrazini yaratganlar. Unda ustoz va shogird obrazi shunchaki tasvirlanibgina qolmasdan, ular orqali oʻzbek va tojik xalqlarining tarixiy do‘stligi ramziy tarzda talqin etitadi. Bunga haykaltaroshlar ikki kishi qomatining pastki qismini o‘zaro tutashib ketgandek tarzda tasvirlash orqali erishganlar.
Monumentni kuzatar ekansiz, ulugʻ siymolar — Navoiy va Jomiylarning yliq munosabatlari xayolingizdan o‘gadi va haykaltaroshlarning mahoratiga qoyil qolasiz.
XX asrning ikkinchi yarmida A.Ivanov, F.Grishchenko kabi haykaltaroshlar ijodi mahalliy yoshlar-M.Musaboyev, H.Husniddinxoʻjayev, J. Quttimurodov kabi ijodkorlar bilan hamohang ravishda rivojlandi. XX asr Oʻzbekiston haykaltaroshlik san’ati haqida gapirganda albatta bu davr mafkurasi, undagi gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishlarning san’atdagi ifoda etilishi kabi murakkab jihatlarni aytib oʻtish oʻrinli, albatta. Shuning ushun ham yaratilgan koʻplab haykaltaroshlik asarlari oʻz mazmun-mohiyati bilan oʻsha davrda hukm surgan madhiyabozlik, soxta vatanparvarlik kabi qarashlarga xizmat qilar edi.
Dostları ilə paylaş: |