Hjhlkhlkhlkhlk



Yüklə 246,03 Kb.
səhifə4/4
tarix26.12.2017
ölçüsü246,03 Kb.
#36005
1   2   3   4

DROP


Ma’lumotlar bazasidan jadvalni yo’qotish juda oson. Bunda faqat biz DROP TABLE buyrug’ini ishlatishimiz mumkin. Buning natijasida shu jadvalning barcha ma’lumotlari o’chiriladi.

Ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish operatorlari

YUqorida aytib o’tildi - DML ma’lumotlar ustida manipulyatsiya qilish ya’ni ma’lumotlar ustida ish olib borish uchun mo’ljallangan. Uning ayrim operatorlarini xuddi ingiliz tilidagi oddiy gap kabi o’qish mumkin. Bu operatorlarini tushinish ham oson. Ammo uning boshqa operatorlari esa aksincha, juda murakkab. CHunki SQL ma’lumotlar bilan ishlashga katta imkoniyatlar beradi. Agar DML operatorida ifodalar, predikatlar yoki quyi so’rovlar to’plami qatnashsa, u holda bu operator qanday vazifani bajarish uchun muljallangan ekanligini tushinish juda qiyin bo’lishi mumkin.



Qiymatli ifodalar. Ikki yoki undan ortiq qiymatlar kombinatsiyasini hosil qilish uchun qiymatli ifodalardan foydalanish mumkin. Turli tipdagi ma’lumotlarga mos holda ifodalar qo’ydagi ko’rinishlarga ega: son, satr (simvollar ketma ketligi), sana-vaqt, interval, mantiqiy, foydalanuvchi kiritgan tip, yozuv va kolleksiya. Mantiqiy, foydalanuvchi kiritgan tip, yozuv va kolleksiya SQL tiliga SQL:1999 standarti bilan birga paydo bo’ldi.

Son qiymat ifodalar. Sonli qiymatlar kombinatsiyasini hosil qilish uchun qo’yish (+), ayirish (-), ko’paytiruv (*) va bo’lish (/) operatorlardan foylalaniladi.

SQL tilida jadval yaratish

DELPHI muxitining InterBase SQL-serverida jadval yaratish SQL-komandasi quyidagi umumiy ko’rinishga ega:

CREATE TABLE table

( [, | ...]);

gde


table – jadval nomi,

- maydon ta’rifi,

- chegaranishlar va kalitlar ta’rifi.

Maydon ta’rifi maydon nomi, maydon turi va maydon chegaranishlaridan iborat bo’ladi



= col {datatype | COMPUTED BY () | domain}

[DEFAULT {literal | NULL | USER}]

[NOT NULL] []

[COLLATE collation]

Bu yerda

col – maydon nomi;

datatype – ma’lumotlar SQL-serverdagi turi (InterBase uchun quyidagi turlar mavjud - SMALLINT, INTEGER, FLOAT, DOUBLE PRECISION, DECIMAL, NUMERIC, DATE, CHAR, VARCHAR, NCHAR, BLOB), simvolli turlar CHARACTER SET – mamlakat tilini aniqlovchi simvollar ketma ketligiga ega bo’lishi mumkin. Rus tili uchun bu ketma ketlik - WIN1251;

COMPUTED BY () – xisoblanuvchi maydon ta’rifi, bu yerda - yagona qiymat qaytaruvchi to’g’ri SQL ifoda;

domain – bazada aniqlangan domen nomi;

DEFAULT – ko’zda tutilgan qiymatni ko’rsatuvchi konstruksiya;

NOT NULL – maydon bo’sh bo’lishi mumkin emasligini ko’rsatuvchi konstruksiya;

COLLATE – tartiblash yo’nalishini ko’rsatuvchi ifoda (BLOB turidagi maydonlar uchun qo’llanilmaydi). Ruscha simvollar WIN1251 qatori 2 yo’nalishga ega - WIN1251 va PXW_CYRL. Katta xarflarni o’z ichiga oluvchi to’g’ri tartiblash uchun PXW_CYRL yo’nalishni tanlash lozim.

Maydon yoki jadval chegaranishlariga quyidagilar kiradi:

PRIMARY KEY – birlamchi kalit chegaralanishi;

CHECK – maydon qiymatlariga qo’yiladigan shartlar;

UNIQUE – maydon qiymatlari unikal ya’ni qaytarilmaslik sharti;

FOREIGN KEY – tashqi kalit chegaralinishi;

Misol A: Maydon uchun PRIMARY KEY konstruksiyasi qo’llangan sodda jadval

CREATE TABLE REGION (

REGION REGION_NAME NOT NULL PRIMARY KEY,

POPULATION INTEGER NOT NULL);

Ma’lumotlar bazasida REGION_NAME domeni aniqlangan bo’lishi kerak, masalan quyidagicha:

CREATE DOMAIN REGION_NAME

AS VARCHAR(40) CHARACTER SET WIN1251 COLLATE PXW_CYRL;
 
 

Misol B: UNIQUE chegaralinishli jadval

CREATE TABLE GOODS (

MODEL SMALLINT NOT NULL UNIQUE,

NAME CHAR(10) NOT NULL,

ITEMID INTEGER NOT NULL, CONSTRAINT MOD_UNIQUE

UNIQUE (NAME, ITEMID));


 
 

Misol C: Birlamchi kalit, tashqi kalit, CHECK konstruksiyasi, xamda simvolli massiv qatnashgan jadval ta’rifi

CREATE TABLE JOB (

JOB_CODE JOBCODE NOT NULL,

JOB_GRADE JOBGRADE NOT NULL,

JOB_REGION REGION_NAME NOT NULL,

JOB_TITLE VARCHAR(25) CHARACTER SET WIN1251 COLLATE PXW_CYRL NOT NULL,

MIN_SALARY SALARY NOT NULL,

MAX_SALARY SALARY NOT NULL,

JOB_REQ BLOB(400,1) CHARACTER SET WIN1251,

LANGUAGE_REQ VARCHAR(15) [5],

PRIMARY KEY (JOB_CODE, JOB_GRADE, JOB_REGION),

FOREIGN KEY (JOB_REGION) REFERENCES REGION (REGION),

CHECK (MIN_SALARY < MAX_SALARY));

Bu misolda kasblar xaqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan jadval yaratiladi. Maydon turlari JOBCODE, JOBGRADE, REGION_NAME va SALARY domenlariga asoslangan. VARCHAR(15) turidagi beshta elementdan iborat LANGUAGE_REQ aniqlangan. BLOB turi 1- ostturiga(matnli blob) segment xajmi 400 ga teng JOB_REQ maydoni kiritilgan. Uchta JOB_CODE, JOB_GRADE va JOB_REGION maydonlaridan iborat birlamchi kalit aniqlangan. Bundan tashqari REGION jadvalining REGION maydoniga ilova kiluvchi tashqi kalit (JOB_REGION) kiritilgan. Va nixoyat ikki maydon qiymatlari munosabatini belgilovchi CHECK, ifodasi qatnashgandir.



Misol D: Xisoblanuvchi maydonli jadval

CREATE TABLE SALARY_HISTORY (

EMP_NO EMPNO NOT NULL,

CHANGE_DATE DATE DEFAULT "NOW" NOT NULL,

UPDATER_ID VARCHAR(20) NOT NULL,

OLD_SALARY SALARY NOT NULL,

PERC_CHANGE DOUBLE PRECISION DEFAULT 0 NOT NULL

CHECK (PERC_CHANGE BETWEEN -50 AND 50),

NEW_SALARY COMPUTED BY

(OLD_SALARY + OLD_SALARY * PERC_CHANGE / 100),

PRIMARY KEY (EMP_NO, CHANGE_DATE, UPDATER_ID),

FOREIGN KEY (EMP_NO) REFERENCES EMPLOYEE (EMP_NO));

Bu misolda qiymati OLD_SALARY va PERC_CHANGE maydonlar qiymatlari orqali xisoblanuvchi maydon NEW_SALARY qatnashgan jadval yaratiladi.

8.4.Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish

Ma’lumotlar bazasini (MB) ishlab chiqish (loyihalash)ning asosiy maqsadi uning mantiqiy tuzilishini aniqlashdan iboratdir. MBni ishlab chiqish predmet sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. Bu tavsiflash MBga kiruvchi hamma ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi hujjatlar majmuini va predmet sohasini ifodalovchi ob’ekt va jarayonlar haqidagi boshqa ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

MBni yaratishni uni loyihalashdan boshlash lozim. Loyihalash natijasida relyatsion bazaning tuzilishi, ya’ni relyatsion jadvallar tarkibi, ularning tuzilishi va mantiqiy aloqadorligi aniqlanadi. Relyatsion jadvalning tuzilishi esa uning ustunlari tarkibi, ularning ketma-ketligi, ustun ma’lumotlarining turi va o’lchami, shuningdek jadval kaliti bilan aniqlanadi.
Predmet sohasini tahlil qilish

Ixtiyoriy tipdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichi predmet sohasini aniqlash bo’lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so’rovlari tahlil qilinadi, axborot ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o’tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilish umumiy bosqich bo’lib, MB ishlashini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalardan bog’liq emas.

Predmet sohasini tahlil qilishni uch pog’onaga bo’lish maqsadga muvofiq:

·konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;

·axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;

·predmet sohasining konseptual modelini qurish va MBni konseptual sxemasin loyihalashtirish.

Konseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda qyidagi masalalarni hal qlish kerak:

·foydalanuvchilarning MBga bo’lgan talablarini tahlil qilish (konsepsial talablar);

·MBdan o’rin olishi lozim bo’lgan axborotlarga ishlov berish bo’yicha mavjud masalalarini aniqlash (tadbikni tahlil qilish);

·kelajakda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlash (perespektiv tadbiqni tahlil).

·tahlil natijalarini hujjatlashtirish.

Ishlab chiqarilayotgan MBga foydalanuvchilarning talablari so’rovlar bilan ularning intensivligi ko’rsatilgan ro’yxat va ma’lumotlarning hajmidan iborat. MBni ishlab chiqaruvchilar bu ma’lumotlarni uning bo’lajak foydalanuvchilari bilan suhbat o’tkazish natijasida aniqlaydilar. SHu yerda axborotlarni kiritishga, yangilashga va o’zgartirishga bo’lgan talablar ham aniqlanadi. Mavjud va perespektiv tadbiqlarni tahlil qilish natijasida foydalanuvchilar talablari aniqlashtiriladi va to’ldiriladi.

Turli predmet sohalarini tahlil qilishda so’rovnomaning taxminiy tarkibini quramiz:

1-misol. Institut talabalarini hisobga olish uchun MBni ishlab chiqish taklif qilinayapti.

Predmet sohasining tahlil qilish:

1.Institutda qancha talaba ta’lim oladi?

2.Institutda qancha fakultet va kafedralar bor?

3.Fakultet bo’limlari va kurslari bo’yicha talabalar qanday taqsimlanagan?

4.O’ar bir kursda har bir mutaxassislik bo’yicha qancha fanlar o’qitiladi?

5.Institutda qancha o’qituvchi bor?

6.Boshqa shahardan kelgan qancha talaba yotoqxonada, xususiy xonadonlarda (ijarachi sifatida) yashaydi?

8.Ma’ruza va amaliy mashQulotlar o’tkazish uchun qancha auditoriyalar, hamda qancha laboratoriyalar bor?

8.Va boshqa.

Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi poQonasi axborot ob’ektlarini tanlash, har bir ob’ekt uchun zarur xossalarini berish, ob’ektlar orasidagi aloqalarni aniqlash, axborot ob’ektlariga qo’yiladigan cheklashlarni aniqlash, axborot ob’ektlari orasidagi aloqalarning turlarini va axborot ob’ektlarining tasifnomalarini aniqlashdan iborat.

Masalan, axborot ob’ektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berish kerak bo’ladi.:

1.MBda saqlanishi lozim bo’lgan ma’lumotlarni qanday sinflarga ajratish mumkin?

2.O’ar bir ma’lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?

3.O’ar bir ma’lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin?

4.Tanlangan tasifnomalar to’plamlariga qanday nomlarni berish mumkin?

Axborot ob’ektlarini aniqlash itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili va iste’molchilar bilan suhbat o’tkazish asosida amalga oshiriladi. Axborot ob’ektlarning tavsifnomalari ham xuddi shu usullar bilan aniqlanadi.

Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala-nuvchilarning axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga olgan holda predmet sohasini tuzilmalashtirish uchun konseptual model qo’llaniladi.

Har bir MB miqyosida konseptual talablar konseptual modelda umumlashtiriladi. Konseptual model abstrak vositalar yordamida quriladi va predmet sohasidagi hamma axborot ob’ektlarini qurish imkoniyatini beradi. Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz biz tanlagan modelga bog’liq bo’ladi. Minimal imkoniyatlarga ega bo’lgan model ma’lumotlar va ular orasidagi o’zaro aloqalarni berish imkoniyatini ta’minalashi zarur. Konseptual modelning semantik quvvati uning yordamida aniqlanishi mumkin bo’lgan qo’shimcha xarakteristikalarning sonini ortishiga mos ravishda ortadi.

Ma’lumki, har bir model ma’lum bir cheklanishlarga ega bo’lib, o’zida faqat ma’lum bir xossalarni aks ettiradi. SHu sababli konseptual loyihalashtirish uchun model tanlashda, real dunyoni o’zida to’liq aks ettiradigan ideal modelni topish juda katta muammo ekanligini hisobga olish zarur. Avvalambor predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo’lgan foydalanuvchining talablari modelni tanlash uchun asos bo’ladi. Boshqa muhim talab sifatida konseptual modelning MBBTdan boQliq emasligi, chunki u konseptual sxema qurilgandan so’ng tanlanishi kerak. Predmet sohasini tahlil qilishda qo’llaniladigan model xilma-xil bo’lishi mumkin.




Mantiqiy loyihalash.

MB yaratishning eng zaruriy va mas’ulyatli bosqichlaridan biri - bu mantiqiy loyihalashtirishdir. Uning asosiy masalasi tanlangan MBBT uchun mo’ljallangan holda MB mantiqiy sxemasini ishlab chiqishdan iborat. Mantiqiy loyihalashtirish bosqichi konseptual loyihalashtirishdan farqli ravishda, u komp’yuterning dasturiy vositasini to’liq hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ish mazmuni bo’yicha mantiqiy loyihalashtirish axborot tizimini va uni tashkil etuvchi qismlarni real MBBTiga mos shaklda modellashtirishdan iborat.

Mantiqiy loyihalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

1.Aniq bir MBBTni tanlash

2.Konseptual sxemani mantiqiy sxemaga o’tkazish

3.Zarur kalitlarni tanlash

4.So’rov tilini tavsiflash

Aniq bir MBBTni tanlash protsedurasini batafsil qaraymiz. MB loyihasini amalga oshirish uchun MBBTni tanlash juda katta mas’uliyat talab qiladi. Bu bir tomondan MBBTlarning juda ko’pligi bo’lsa, ikkinchi tomondan ko’p sonli xarakteristikalar bo’yicha MBBTni baholash va ularning orasidan aynan shunday tizimni tanlash kerakki, u foydalaniuvchi va ishlab chiqaruvchilar talablarini to’liq qanoatlantirishi mumkin bo’lsin. CHunki MBda axborotdan foydalanish va ishlov berishi samaradorligi MBBTning qanchalik to’Qri tanlashdan boQliq bo’ladi.

MBBTni tanlashning asosiy me’yorlaridan biri-bu ma’lumotlarni ishlatadigan ichki modelining konseptual sxemasini tavsiflash uchun qanchalik samarador ekanligini baholashdan iborat. SHaxsiy komp’yuterlar uchun mo’ljallangan MBBTlarning ko’pchiligi, odatda ma’lumotlarning relyatsion yoki tarmoq modeliga tayangan holda ishlaydi. Zamonaviy MBBTlarning juda katta qismi relyatsion model asosida yaratilgan. Agar relyatsion tizim tanlangan bo’lsa, u holda MBning konseptual sxemasini relyatsionga akslantirish (o’tkazish) oldinda turibdi.

Ishning mazmuni bo’yicha ma’lumotning tanlangan modeli (relyatsion, tarmoq va iyerarxik) ma’lumotlar tizilmasini tavsiflash uchun vosita beradi. Protseduralar MBBT yadrosiga kiradigan ma’lumotlarni tavsiflash tilida bajariladi.

MBBTning ikkinchi tarkibiy qismi ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish tildan iborat. Undan MBni turli tadbiqlar uchun ishlatishda foydalaniladi. Ko’p hollarda ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish tili (MMT) dasturlashtirish tilga o’rnatilgan (kiritilgan) bo’ladi. MMT turli imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin: quyi pog’onadagi til va yuqori poQonadagi til. Odatda quyi pog’onadagi til protsedurali, yuqori poQonadagisi esa deklarativ til bo’ladi. Protsedurali tillardan foydalanish ma’lum tayyorgarlikni talab qiladi, deklarativ til bo’lsa ko’prok professional bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yarokli. SHuning uchun ma’lum MMTga ega MBBTni tanlash maxsus tayyorgarligi bo’lmagan foydalanuvchi uchun juda muhimdir. Bundan tashqari MBBTga servis dasturlar va amaliy masalalarni yechish uchun vositalar kiradi.

Axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash.

Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi poQonasi axborot ob’ektlarini tanlash, har bir ob’ekt uchun zarur xossalarini berish, ob’ektlar orasidagi aloqalarni aniqlash, axborot ob’ektlariga qo’yiladigan cheklashlarni aniqlash, axborot ob’ektlari orasidagi aloqalarning turlarini va axborot ob’ektlarining tasifnomalarini aniqlashdan iborat.

Axborot ob’ektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz:

1.MBda saqlanishi lozim bo’lgan ma’lumotlarni qanday sinflarga ajratish mumkin?

2.O’ar bir ma’lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?

3.O’ar bir ma’lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin?

4.Tanlangan tasifnomalar to’plamlariga qanday nomlarni berish mumkin?

Axborot ob’ektlarini aniqlash -itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili va iste’molchilar bilan suhbat o’tkazish asosida amalga oshiriladi. Axborot ob’ektlarning tasifnomalari xam xuddi shu usullar bilan aniqlanadi.

Keyin axborot ob’ektlari orasidagi aloqalarni aniqlaymiz. Bu jarayon borishida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz:

1.Axborot ob’ektlari orasidagi aloqalar turi qanday?

2.har bir tur aloqalarga qanday nom berish mumkin?

3.Keyinchalik foydalanish mumkin bo’lgan qanday turdagi aloqalar bo’lishi mumkin?

4.Aloqa turlarining biror bir kombinatsiyasi ma’noga egami?

Ob’ektlarga, ularning tasiflariga va aloqalariga cheklanishlar berishga harakat qilamiz. Buning uchun quyidagi savollarga javob berish zarur:

1.Sonli tavsifnomalar uchun qiymatlarning o’zgarish sohasi qanday?

2.Bir axborot ob’ektning tavsiflari orasidagi qanday funksional boQlanishlar bor?

3.Har bir tur aloqalarga qanday turdagi akslantirishlar mos keladi?

Axborot ob’ektlarining o’zaro aloqasiga misol sifatida TALABA, SINOV_Daftari, FAKULTET, O’QITUVCHI axborot ob’ektlarini qarash mumkin.




TALABA, SINOV_DAFTARI, FAKULTET,

O’QITUVCHI axborot ob’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqa
Axborot tuzilmalarini qurish

Premet sohasini tahlil qilishning oxirgi bosqichi uning axborot tuzilmalarini (yoki konseptual sxemalarni) loyihalashtirishdan iboratdir. Predmet sohasini tavsiflash yoki konseptual sxemalarni loyihalashtirishni, bu maqsadlar uchun maxsus yaratilgan modellardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin.

Ko’p hollarda konseptual sxemalarni qurish uchun ananaviy agregatsiya va umumlashtirish usullaridan foydalaniladi. Agregatsiya qilishda axborot ob’ektlari (ma’lumotlar elementlari) ularning orasidagi semantik aloqalarga mos ravishda bir ob’ektga birlashtiriladi. Masalan. “DEAWOO” turdagi avtobus yo’lovchilarni jo’nash punktidan kelish punktiga tashiydi. Agregatsiya usuli bilan quyidagi atributlarga ega bo’lgan REYS axborot ob’ektini hosil qilamiz. "avtobus turi; "jo’natish punkti", "kelish punkti", "avtobus reysi"

AVTOBUS REYSI axborot ob’ekti


Axborot ob’ektlarini (ma’lumotlar elementlarini) birlash-tirishda ularni sinfdosh ob’ektlarga birlashtiriladi.




Axborot ob’ektlarini sinfdosh ob’ektlarga birlashtirish.

Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala-nuvchilarning axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga olgan holda predmet sohasini tuzilmalashtirish uchun konseptual model qo’llaniladi.

Har bir MB miqyosida konseptual talablar konseptual modelda umumlashtiriladi. Konseptual model abstrak vositalar yordamida quriladi va predmet sohasidagi hamma axborot ob’ektlarini qurish imkoniyatini beradi. Obrazli aytganda konseptual model xuddi predmet sohasining “yuqorisiga ko’tarilib” va uning har bir elementini qurish imkoniyatini beradi. Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz biz tanlagan modeldan bog’liq bo’ladi. Minimal imkoniyatlarga ega bo’lgan model ma’lumotlar va ular orasidagi o’zaro aloqalarni berish imkoniyatini ta’minalashi zarur. Konseptual modelning semantik quvvati uning yordamida aniqlanishi mumkin bo’lgan qo’shimcha xarakteristikalarning sonini ortishiga mos ravishda ortadi.

Ma’lumki, har bir model ma’lum bir cheklanishlarga ega bo’lib, o’zida faqat ma’lum bir xossalarni aks ettiradi. SHu sababli konseptual loyihalashtirish uchun model tanlashda, real dunyoni o’zida to’liq aks ettiradigan ideal modelni topish juda katta muammo ekanligini hisobga olish zarur. Avvalambor predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo’lgan foydalanuvchining talablari modelni tanlash uchun asos bo’ladi. Boshqa muhim talab sifatida konseptual modelning MBBTdan boQliq emasligi, chunki u konseptual sxema qurilgandan so’ng tanlanishi kerak.

MB tizimini qurish masalasi quyidagi hollarda paydo bo’ladi:

1.Agar turli tadbiqlar qandaydir miqdorda umumiy axborot ob’ektlarini talb qilsak, ammo hamma axborot ob’ektlari va ular orasidagi xamma aloqalarni bitta MBda amalga oshirib bo’lmasa.

2.Agar axborot ob’ektlari umumiy aloqaga, munosabatga va atributlarning umumiy turiga ega bo’lsa.

MB tizimining axborot tuzilmasini ko’rishga misol sifatida avtomobilsozlikda ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini axborot ta’minoti tizimining MB uchun axborot tuzilmasini ko’rish jarayonini qaraymiz.

Ushbu predmet sohasini tahlil qilish jarayonida quyidagi axborot ob’ektlari ajratildi:

1.Fizik effektlar. Ushbu predmet sohasidagi fizik effektlar texnik ob’ektlarning ishlash (harakatlanishi) tamoyili sifatida ko’rsatiladi.

2.Texnik qarorlar.

Bu qurilma, ishlash usuli yoki modda.

3.Mahsulot.

Masalan, dvigatel.

4.Mahsulotni oluvchi ob’ekt.

Masalan, dvigatel avtomashinaga o’rnatiladi.

5.Usullar va uslubiyat.

6.Asboblar va stendlar.

8.Texnologik jarayonlar va uskunalar.

8.Tashkil qilish va mutaxassislar.

9.Me’yorlar.

Bu ob’ektlar orasidagi aloqalar qarab chiqilib ma’lumotlarning aloqalarini aniqlovchi va tasvirlovchi jarayonlar yoki hodisalar ajratiladi.


Cavollar

1.Tizilmalashtirilmagan va tizilmalashtirilgan axbortlarga misollar toping va ularning farqini tushuntirib bering.

2.Ma’lumotlar bazasi nima?

3.Ma’lumotlar bazasining maydon, yozuv va fayl elementlariga tushuntirish bering.

4.Maydonga tavsif bering.

5.Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi qanday vosita vazifasini bajaradi?

6.Qanday MBBTlarini bilasiz?

8.SQL nima va uni yangi standarti qachon qabul qilingan?

8.DDL nima va u qanday vazifani bajaradi?

9.DML nima va u qanday vazifani bajaradi?



10.DQL nima va u qanday vazifani bajaradi?





Yüklə 246,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin