Huquq buzarlik prafilaktikasi obyektlariga nisbatan ta’sir ko’rsatish



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə1/3
tarix05.02.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#123040
  1   2   3

HUQUQ BUZARLIK PRAFILAKTIKASI OBYEKTLARIGA NISBATAN TA’SIR KO’RSATISH
Biz yuqorida maxsus profilaktik chora-tadbirlar o‘ziga xos iqtisodiy, moddiy, tashkiliy-boshqaruv, huquqiy va tarbiyaviy xususiyatlarga ega, deb ta’kidlab o‘tdik. Shuningdek bu chora-tadbirlar o‘ziga xos ravishda ma’lum bir maqsadga erishishga qaratilgandir. Aholi o‘rtasida narx-navoning oshishi va pulning qadrsizlanishi natijasida yuzaga keladigan ma’lum bir salbiy holatlarning avj olmasligi uchun, aholining kam ta’minlangan qatlami moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlat tomonidan oylik ish haqining doimiy ravishda oshirib borilishi shular jumlasidandir.
Shuningdek, maxsus profilaktika choralarini qo‘llanilishida tashkiliy- boshqaruv tadbirlarini amalga oshirish va shu asosida davlat organlarining faoliyat yo‘nalishlarini takomillashtirish yoki boshqaruvni tashkil etuvchi yangi idoralarni tashkil etish hamda jinoyatchilikning oldini olish faoliyatini tako- millashtirib borishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan maxsus chora-tadbirlar qo‘llashga ham alohida e’tibor berish lozim. Shu bois jinoyatchilikning oldini olishda faoliyat ko‘rsatayotgan idoralar tarkibida zarur (uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning hududlararo boshqarmalari, ichki ishlar organlari qoshida narkotik vositalar bilan g‘ayriqonuniy ravishda shug‘ullanishga qarshi kurash bo‘limlari, soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti kabi) yo‘nalishdagi xizmat tarmoqlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Viloyat markazlari va yirik shaharlarda faoliyat ko‘rsatish uchun tashkil etilgan huquq-tartibot organlarining maxsus qismlari yoki mulk daxlsizligini ta’minlash maqsadida maxsus qo‘riqlash xizmatlarining tashkil etilishi ham shular jumlasiga kiradi.
Huquqiy chora-tadbirlar ham jinoyatchilikning oldini olishda katta ahamiyatga ega va ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  1. huquqbuzarliklarning sodir etilishi oqibatida yuzaga keladigan javobgarlik va unga tortishning huquqiy asoslari hamda tartibini belgilash;

  2. jinoyatchilikka qarshi kurashga jamoatchilik, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralarini keng jalb etishga imkoniyatlar yaratish;

  1. jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda davlat boshqaruvini takomillashtirib borish.

Ushbu chora-tadbirlar bilan bir qatorda huquq-tartibot va huquqni muhofaza qilish organlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarning kasb mahoratini oshirish ham talab etiladi. Bu esa jazoni ijro etish muassasalarida qayta tarbiyalash samarasini oshiradi, retsidiv jinoyatchilikning oldini olish imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Bunday chora-tadbirlarni qay tarzda amalga oshirish qoidalari va tartiblari tegishlicha jinoyat-huquqiy, protsessual normalar va jinoiy jazolarni ijro etishga doir qonun hujjatlarida qayd etilgan. O‘ziga xos bunday qonunchilik tizimi ji­noyatchilikning oldini olishni tashkil etishda muhim normativ manba hisob­lanadi.
Huquqbuzarliklarning oldini olishda jamoat uyushmalarining asosiy vazifalari
Jinoyatchilik va, umuman, barcha turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlat organlari va jamoat tashkilot- larining hamkorlikda ish olib borishini taqozo etadi. Shu bilan birga, ushbu faoliyat yo‘nalishini tashkil etish va amalga oshirishda davlatning mahalliy boshqaruv organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, fuqarolarning ko‘ngilli guruh va uyushmalari mas’uliyatga egadirlar.
Umuman olganda, jinoyatchilikka qarshi kurash umumxalq ishi ekanligini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining yuqori bo‘lishi profilaktika ishlari samarasini yanada oshiradi.
Davlat tomonidan chiqariladigan huquqiy normalar jinoyatchilikka qar­shi kurashni amalga oshiruvchi idoralar faoliyatining tashkiliy asoslarini yaratadi hamda vakolatlarini belgilab beradi. Masalan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, jamiyat a’zo- larining huquq va erkinliklarini atroflicha ta’minlashga qaratilgandir. Shu­ningdek, davlat boshqaruvida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash huquqiy- demokratik davlatning muhim belgisi ekanligini e’tibordan chetda qoldirish aslo mumkin emas. O‘zbekistonda davlat boshqaruvini tashkil etishda bunga alohida e’tibor berilmokda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1999-yil 14-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun jamoatchilikning davlat boshqaruvidagi ishtirokini sezilarli darajada kengaytirdi. Ushbu qonunning 1-moddasida ta’kidlan- ganidek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi konstitutsiya va qonunlar asosida, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan turmush an’analari, urf-odatlar, milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida fuqarolar tomonidan mustaqil ravishda boshqaruvni tashkil etishga keng yo‘l ochib beradi.
Qonunning 12-moddasiga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini va ularning ken- gashlari huquqni muhofaza qilish organlariga jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning O‘zbekistonda bo‘lishi va fuqarolikni qayd etish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish hamda voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish kabilarda yaqindan yordam beradilar. Ushbu modda asosida fuqarolar yig‘ini va uning kengashi oilaviy nizolarni bartaraf etishda zarur tadbirlarni amalga oshiradilar. Eng muhimi, fuqarolar yig‘inlari kengashi raislari (oqsoqollar)ga tegishli aholi yashash joylarida ijtimoiy masalalarni hal etishda ma’lum bir vakolatlar berilgan.
Ko‘rinib turibdiki, fuqarolarni davlat boshqaruviga aynan shu, ya’ni fuqarolar yig‘inlari orqali jalb etish muhim ahamiyat kasb etmoqdi. Ta’kidlash joizki, davlatning mahalliy boshqaruv organlari tizimida amalga oshirayotgan islohotlar jinoyatchilikning oldini olish va, umuman, jamiyat a’zolarini g‘oyaviy jihatdan tarbiyalashda samarali yo‘l hisoblanadi.
Davlat boshqaruvining bu shaklda tashkil etilishi jamoatchilikni huquq- tartibot va huquqni muhofaza qilish faoliyatiga jalb etishga qulayliklar yaratadi. Aholining mahallalar asosida ijtimoiy birlashishi Markaziy Osiyo xalqlari hayotida muhim o‘rin egallab kelgan. Aynan mahalla boshqaruvi asosida ijtimoiy muammolarni yechish tajribasi asrlar davomida shakllangan. Shuning uchun ham davlat mustaqilligining birinchi kunlaridanoq ushbu masalaga katta e’tibor qaratildi, shu asosda «Mahalla» xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Bu jamg‘armani tuzishdan maqsad - birinchidan, bozor munosabatlariga o‘tishda aholini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan bo‘lsa, ikkinchidan, mahallani ichki tizimi va faoliyat yo‘nalish- larini takomillashtirishning moddiy jihatdan ta’minotini yaxshilashdan iborat.
Jinoyatchilikning oldini olishda esa, aytib o‘tilganidek, mahalla, u qaysi aholi yashash joyida bo‘lmasin (shahar, qishloq, ovul kabi), muhim imkoniyatlar markazidir. Mahalla posbonlari, profilaktika inspektorlari ishini tashkil etishda mahalla tizimi orqali ish ko‘rish maqsadga muvofiqligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham jinoyatchilikning oldini olishda biz yuqorida ko‘rib chiqqan profilaktika ta’sir choralari va amalga oshiriladigan barcha tadbirlarni jamoatchilikning aynan shu shakli orqali yo‘lga qo‘yish hamda kriminologik tadqiqotlarni ushbu yo‘nalishda tashkil etishning ilmiy tavsiyalarini yaratish lozim.
Huquqbuzarliklarning oldini olishda ommaviy axborot vositalarining tutgan o‘rni
Har bir jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-ruhiy, madaniy-ma’rifiy hamda maxsus yo‘nalish- larda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalishlardagi profilaktika ta’sir choralari turli miqyosda o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib asosan umumiy hamda yakka tartibdagi profilaktika ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, profilaktika ta’sir choralarining viktimologik, ya’ni o‘zini o‘zi jinoyat yo‘lidan qaytarish asosida yuzaga keladigan profilaktika hamda maxsus profilaktika kabi ta’sir choralari ham mavjud.
Umumiy, ayniqsa, yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarni olib borishda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish katta ahamiyatga ega. Ommaviy axborot vositalari nafaqat shaxsga, balki jamiyatning barcha a’zolariga birdek ta’sir etish imkoniyatiga ega.
Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali u yoki bu shaxs ma’lum bir e’tiqodlar asosida shakllangan guruhlarning a’zolari va, umuman, aholi o‘rtasida o‘zini tutishi, xulqini yaxshilashi, yomon odatlardan voz kechish kabi holatlarga e’tiborini jalb etishi mumkinligi jinoyatchilikning oldini olishga yordam berishini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Shu bois profilaktika ishlarini tashkil etishda ommaviy axborot vositalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim. Eng muhimi, ommaviy axborot vositalaridan jinoyatchilik va u bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda foydalanishni kriminologiya nuqtai nazaridan tahlil etish hamda zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratish darkor.
Huquqbuzarliklarning oldini olishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari faoliyatlarining
samarasini oshirishi xususida ba’zi mulohazalar mavjud. Mavjud huquqiy adabiyotlarning tahlili quyidagi mulohazalarni bildirish imkonini beradi.
Jumladan, ommaviy axborot vositalarini ichki ishlar organlari faoliyati­da qo‘llash ikki yo‘nalishda olib borilishi mumkin: 1) aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida olib boriladigan tadbirlar jarayonida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; 2) aholini aniq bir jinoyat ishini fosh qilishga jalb qilish va shu orqali jinoyatlarning oldini olishga zamin yaratish.
Umumiy profilaktik chora-tadbirlarni o‘tkazishda ommaviy axborot vositalaridan quyidagi yo‘nalishlarda foydalanish mumkin: a) jinoyatlar sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish, ularni bartaraf qilish va ularga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashda; b) ma’lum bir shaxslarning jinoyat sodir etish usullaridan ommani ogoh etishda; d) jinoyat uchun jazo muqarrar ekanligini namoyish etishda; e) huquq-tartibotni bu- zuvchilar va huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarning nojo‘ya xatti- harakatlarini qoralash va shu orqali aholini ularga nisbatan beg‘am bo‘lmaslikka chorlash maqsadida; f) fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishda; g) huquqbuzarliklarning oldini olishdagi ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilishda; j) huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyati bilan band bo‘lgan adliya idoralari va jamoat tashkilotlarining mavqeini ko‘tarishda va boshqalar.

Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin