I bob. Demografik tahlilga kirish


DEMOGRAFIK KO’RSATKICHLARNI STANDARTLASHTIRISH



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə23/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
1. Demografik Tahlil

DEMOGRAFIK KO’RSATKICHLARNI STANDARTLASHTIRISH


1. Demografik koeffitsientlarni standartlashtirish haqida umumiy tushuncha
Demografik koeffitsientlar hajmi tarkibiy omillarga, ya’ni erkaklar va ayollar soni nisbatiga, shahar va qishloq aholisi nisbatiga, nikohdagi va nikohsizlar nisbatiga va h.k.ga bog‘liq. Umumiy koeffitsientlar miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan eng kuchli omillardan biri aholining yosh tarkibi hisoblanadi.
Tarkibiy omillarning umumiy koeffitsientlar miqdoriga ta’sirini aholi soni bir xil, lekin aholining yosh tarkibi turlicha bo‘lgan uchta mamlakat ko‘rib chiqiladigan quyidagi gipotetik misol yordamida aks ettirish mumkin (5.1-jadval).
5.1-jadval
O‘limning umumiy koeffitsienti o‘lchamiga yosh tarkibning ta’siri

Yosh (yil)

Mamlakat

A

B

V

O‘rtacha yillik aholi (kishi)

0-4

1500

500

500

5-39

4000

5000

4000

40 va undan yuqori

500

500

1500

Guruhda o‘lim holatlari soni

0-4

120

40

50

5-39

40

50

20

40 va undan yuqori

40

40

60

O‘limning yosh guruhlari koeffitsientlari (‰)

0-4

80

80

100

5-39

10

10

5

40 va undan yuqori

80

80

40

O‘limning umumiy koeffitsienti




33,3

21,7

21,7

Manba: Palmore J.A., Gardner R.W. Measuring Mortality, Fertility and Natural Increase: A Self-Teaching Guide to Elementary Measures. Honolulu. 1983. P. 7-17.
A va B mamlakatlarda o‘lim ko‘rsatkichlarining yosh koeffitsientlari bir xil. Biroq A mamlakatda o‘limning umumiy koeffitsienti B mamlakatdagidan ko‘ra bir yarim baravardan ortiq katta. Bu A mamlakatda 0-4 yoshdagi bolalar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlari ulushi katta ekanligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri natijasi hisoblanadi. Ushbu guruh uchun o‘lim ko‘rsatkichlarining yosh ko‘rsatkichlari qiymatining yuqori ekanligi xos (ayniqsa, 0 yoshdagilar guruhida).
Ikkinchi tomondan, B va V mamlakatlar o‘limning umumiy koeffitsientlari bir xil, lekin yosh koeffitsientlari jiddiy fark qiladi. V mamlakatda katta yoshdagilar ulushi ancha yuqori (bu yerda o‘lim ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘lishini kutish mumkin). Biroq ushbu mamlakatda katta yoshdagilar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlarining yosh ko‘rsatkichi A va B mamlakatlardagidan ko‘ra ikki baravar pastdir. Shu tufayli V mamlakat, garchi uning aholisi qariroq bo‘lsada, B mamlakat bilan bir xil o‘limning umumiy koeffitsientiga ega.
Aniqki, bu shartli mamlakatlarda o‘limning umumiy koeffitsientlari haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslab bo‘lmaydi. Umuman olganda, tarkibiy omillar harakati turli hududlar yoki turli davrlar demografik ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni amalda taqqoslab bo‘lmaydigan sabablardan biri hisoblanadi (agar vaqt o‘tishi bilan aholining turli tarkibida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lsa).
Xuddi shunga o‘xshash vaziyatga sotsiologlar tadqiq etilayotgan guruhning turli qismlari turli tarkibga ega bo‘lgan holda ham uchraydi. Misol uchun, turli yosh tarkibiga ega bo‘lgan O‘zbekistonning turli mintaqalari turlicha elektoral xohish-istaklar yoxud u yoki bu qadriyatlarga turlicha yo‘nalganlik darajasi namoyish etishi ehtimoli yuqori.
Shu sababli tarkibiy omillar ta’sirini, avvalo, yosh tarkibida, buzib ko‘rsatishni bartaraf qilishga imkon beradigan turli usullardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bunday usullardan biri tarkibiy omillar ta’sir ko‘rsatmaydigan yoki juda kam ta’sir ko‘rsatadigan maxsus va xususiy koeffitsientlardan foydalanish hisoblanadi.
Tarkibiy omillar ta’sirini bartaraf qilishning yana bir usuli demografik koeffitsientlarni standartlashtirish hisoblanadi. Uning qo‘llanishi umumiy koeffitsientlarni bir tomondan, demografik jarayon intensivligini, ikkinchi tomondan esa jami aholi tarkibida mos keluvchi subaholi soni yoki ulushini ifodalaydigan ko‘paytiruvchilarga ajratishga asoslanadi.
Oldingi paragrafda keltirilgan maxsus, xususiy va umumiy koeffitsientlar o‘rtasidagi nisbatlardan kelib chiqadiki, bularning oxirgisi xususiy yoki maxsus koeffitsientlarning chamalangan yig‘indisi hisoblanadi. Bunda xususiy yoki maxsus koeffitsientlar jarayon intensivligini (yoki mos keluvchi o‘rtacha xulq-atvorni) tavsiflaydi, mos keluvchi subaholi soni yoki ulushi esa tarkibiy omilni tavsiflaydi.
Standartlashtirishning mohiyati shundan iboratki, real umumiy koeffitsientlar quyidagi ishlarni amalga oshirish natijasida olinadigan ma’lum bir shartli aholi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi.
Ma’lum bir (real yoki sun’iy loyihalangan) aholida demografik jarayon intensivligi yoki uning tarkibi standart deb olinadi. So‘ngra taqqoslanayotgan aholining har biri uchun agar unda ushbu jarayon intensivligi yoki uning tarkibi standart aholisi bilan bir xil bo‘lganida ushbu aholida ko‘rib chiqilayotgan jarayon umumiy koeffitsientlari qanday bo‘lishini ko‘rsatadigan standartlashtirilgan umumiy koeffitsient hisoblab chiqiladi. Bunda aynan nima (intensivlik yoki tarkib) standart deb qabul qilinishiga qarab, turli standartlashtirish usullari qo‘llanadi.
Standartlashtirish usuli ilk marta ingliz statistik va demograf olimi U.Farr (W. Farr, 1807-1883) tomonidan o‘lim ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda taklif etilgan va qo‘llanilgan.
Hozirgi paytda uch xil standartlashtirish usuli foydalaniladi: bevosita standartlashtirish, bilvosita standartlashtirish va teskari standartlashtirish, quyidagi biz ularni ko‘rib chiqishga kirishamiz.
 

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin